Biologiya 17 14-04-2022. indd



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143
Bog'liq
10 sinf

Xromosoma mutatsiyalari
xromo-
soma qismlarining o‘zgarishi bilan sodir 
bo‘ladi.
Bu mutatsiyalarning to‘rt xil turi mav-
jud;
Deletsiya – xromosoma bir qismining 
yo‘qolishi;
Duplikatsiya – xromosoma ayrim qis-
mining ikki hissa ortishi;
Inversiya – xromosoma qismining 180
o
Cga 
aylanib qolishi;
Translokatsiya – nogomologik xromosoma 
qismlarining almashinishi.
Genom mutatsiyalari
xromosoma sonining 
o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Monosomiya
– xromosoma sonining bittaga 
yetishmasligi (2n-1);
Trisomiya
– xromosoma sonining bittaga or-
tishi (2n+1);
Polisomiya
– xromosoma sonining 2 
tadan ko‘p ortishi (2n+3), (2n+4);
Poliploidiya 
- xromosoma sonining 
karra nisbatda ortishi (n2), (n3), (n4).
Monosomiya
orqali tirik organizm-
dagi xromosomalarning funksiyasini 
aniqlash mumkin.
Go‘za va bug‘doyning xromosomalari sonini bittaga kamaytirish orqali ularning 
monosomik liniyalari yaratilgan. G‘o‘zada 2n=26 xromosoma bo‘lib, ularni bittaga ka-
maytirish orqali xromosomada qaysi jarayonga javob beradigan gen borligini aniqlash 
mumkin.
Trisomiya 
xromosoma sonining bittaga ortishi. Tamaki o‘simligida xromosoma soni 
2n=24, n=12. Olimlar tomonidan 25ta xromosomaga ega tamakining 12 xil kombinat-
siyasi hosil qilingan. Ularning barchasi bir-biridan farq qilgan va yashovchanlik daraja-


124
Biologiya 10
si keskin pasaygan. Odamda Daun sindromi 21-xromosomaning trisomiyasi tufayli kelib 
chiqadi. Meyoz jarayonida 21-juft xromosoma bir-biridan ajralmay bir qutbga tarqaladi. 
Natijada, 24ta xromosomaga ega tuxum hujayra normal spermatozoid (n=23) bilan urug 
‘lanib, 47 xromosomali zigotaning rivojlanishiga olib keladi. Daun odam uzoq yashamay-
di, ko‘pincha nasl bermaydi. 
Monosomiya va trisomiya holati hujayraning bo‘linish davrida xromosomalar qutblar-
ga teng taqsimlanmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Poliploidiya 
o‘simliklar olamida keng tarqalgan. Ma’lumki, somatik hujayralar va zigo-
ta diploid to‘plamga (2n) ega, jinsiy hujayralar gaploid to‘plamli (n) bo‘ladi. Poliploidiya-
da gaploid to‘plam soni karrali nisbatda ortadi: 3n – triploid, 4n – tetraploid, 5n – penta-
ploid, 6n – geksaploid va hakozo. Masalan xrizantemaning diploid to‘plamida 2n=18 ta 
xromosoma bor. Geksaploid turida 6n=54 ta xromosoma bo‘ladi. Xromosoma sonining 
karra nisbatda ortishi oqibatida hosili yirik, gul diametri katta o‘simliklar olingan.
1901-1903 yillarda golland olimi Gyugo de Friz mutatsiya nazariyasini aniqlagan.
Mutatsiya quyidagi xususiyatlarga ega:
1. To‘satdan paydo bo‘ladi;
2. Sifat jihatdan farq qiladi, irsiylanadi;
3. Mutatsiyalar foydali va zararli bo‘lishi mumkin;
4. Mutatsiyalarni aniqlash ehtimolligi tekshirilayotgan indidvidlar soniga bog‘liq;
5. O‘xshash mutatsiyalar takrorlanishi mumkin;
6. To‘satdan (spontan) paydo bo‘ladi, xromosomaning har qanday qismi mutatsiyaga 
uchrashi mumkin.
Demak, mutatsiyalar mutagen omillar ta’sirida vujudga keladi;
• Gen mutatsiyalari nukleotidlar izchilligining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi;
• Xromosoma mutatsiyalarida xromosoma qismlari o‘zgaradi;
• Genom mutatsiyalar xromosoma sonining o‘zgarishi bilan bog‘liq;
• Xromosoma nazariyasi Gyugo de Friz tomonidan ishlab chiqilgan.

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish