Biologiya 17 14-04-2022. indd



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   143
Bog'liq
10 sinf

6 – topshiriq
. Rasm asosida topshiriq ishlab chiqing..
7 – topshiriq
Quyidagi sxema asosi-
da topshiriq tuzing
.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring. 
1.Belgilarning jinsga birikkan holda irsiylan-
ish mexanizmini sxematik tarzda ifodalang. 
2. Resseprok (taxliliy) chatishtirishda bel-
gilarning irsiylanish qonuniyatlari o’zgarad-
imi? 3. Y xromosomaga birikib irsiylanishda 
avlodlarda belgilar qanday namoyon bo’la-
di?
4.7 O‘ZGARUVCHANLIK
Tayanch bilimlarni sinang.
Tirik organizmlarning xususiyati sifatida o`zgaruvchanli-
kning evolutsiyadagi ahamiyatini izohlang. 
Ota-onada mavjud bo‘lmagan belgilarning avlodlarda namoyon bo‘lishi 
o‘zgaruvchanlik
deyiladi. O‘zgaruvchanlik tufayli organizmlarning xilmaxilligi ta’minlanadi. 


117
Biologiya 10
O‘zgaruvchanlik fenotipik (irsiylanmaydigan) va genotipik (irsiylanadigan) bo‘ladi.
Fenotipik o‘zgaruvchanlik
ontogenetik vamodi�ikatsion o‘zgaruvchanlikka bo‘linadi. 
Ontogenetik o‘zgaruvchanlik
tirik organizmning rivojlanish jarayonida sodir bo‘ladi. Yosh 
go‘dakning hayot davomida o’zgarishlarga uchrashi va kichik urug‘dan baquvvat darax-
tning hosil bo‘lishi ontogenetik o‘zgaru-
vchanlik sababli amalga oshadi.
Modi�ikatsion o‘zgaruvchanlik
tashqi muhit omillari ta’siri-
da vujudga keladi. Sersuv, mineral oziqqa boy tuproqda o‘sgan 
qoqio‘t barglari yirik, gul diametri katta, gulbandi uzun bo‘ladi. 
Aksincha qurg‘oqchil, ozuqasi kam, taqir tuproqda o‘sadigan 
qoqio‘t barglari mayda, guli kichik, gulbandi kalta bo‘ladi. Le-
kin ikkala holdagi o‘simlik urug‘larini yig‘ishtirib olib, barcha 
sharoitlari mavjud tuproqqa ekilsa, hamma o‘simliklar bir xil 
rivojlanadi.
Himolay quyonlari 30
0
Cli sharoitda boqilsa, juni oq 
rangda bo‘ladi. Agar quyonlar 18
0
C haroratda boqilsa, 
uchki qismlar - oyoq, tumshuq va quloqlari qora rangda, 
qolgan qismi oq rangda bo‘ladi.
Agar Himolay quyonining orqa 
tomonidagi yungini qirib tashlab, 
muz qo‘yilsa, quyonning orqa to-
monidan qora yung o‘sib chiqadi. 
Yungi olingan qismiga issiq ta’sir et-
tirilsa, oq yung o‘sib chiqishini kuzatish mumkin.
Genotip o‘zgarmaganligi uchun modi�ikatsion o‘zgaruvchanlik nasldan naslga beril-
maydi. Bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga chiqa-


118
Biologiya 10
ra olish chegarasi
reaksiya normasi
deyiladi. Modi�ikatsion o‘zgaruvchanlikning evo-
lutsion ahamiyati shundan iboratki, u organizmlarga o‘z ontogenezida tashqi muhit
omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi. Reaksiya normasi keng bo‘lgan organizm-
lar tabiiy tanlashda qulaylikka ega bo‘ladi. Modi�ikatsion o‘zgaruvchanlik tufayli or-
ganizmlarning bo‘yi, massasi, pigmentatsiyasi va shunga o‘xshash ko’plab belgilari 
xilmaxil bo‘ladi. Xilmaxillikning kelib chiqishi organizmda biokimyoviy va fermentativ
reaksiyalarning o‘zgarishiga bog‘liqdir. 
Modi�ikatsion o‘zgaruvchanlik quyidagi xususiyatlarga ega:
• Irsiylanmaydi;
• Tashqi muhit ta’siriga bog‘liq;
• Guruhli xarakterga ega, ko’pchilik organizmda sodir bo‘ladi;
• O‘zgaruvchan sharoitda yashovchanlikni ta’minlaydi;
Modi�ikatsion o‘zgaruvchanlik tibbiyotda katta ahamiyatiga ega. Ma’lum bir kasallik 
turli odamlarda har xil kechishi mumkin (buning sababi reaksiya normasining har xilli-
gidir). Bunday holatlar vrachlik amaliyotida juda ko‘p uchraydi. Belgilarning o’zgaru-
vchanligini o‘rganish usullarini ishlab chiqish bilan maxsus fan - biometriya shug‘ulla-
nadi. Belgilarning sifat o‘zgarishlarini aniqlash uchun u yoki bu belgilarni hisoblab, 
olingan natijaning shu guruhning umumiy soniga nisbatan qancha foizini tashkil 
etishi aniqlanadi (masalan, bironta guruhda kasal yoki sog‘ odamlar foizi aniqlanadi). 
Belgilarning miqdoriy o‘zgarishlarini aniqlash birmuncha qiyinroq, chunki ularn-
ing ko‘rsatkichlari keng doirada o’zgarishi mumkin. Buning uchun belgining o‘zga-
ruvchanligini aks ettiruvchi variatsion qator yoki belgining o‘zgaruvchanlik qatorini
tuzish talab qilinadi. Variantlar (masalan, ayrim shaxslar tanasi og‘irligi) ko‘payib
yoki kamayib borishi tartibida joylashtiriladi. Ma’lum tartibda joylashtirilgan variant-
lar yig‘indisi variatsion qator deyiladi. Lekin bir qator qilib joylashtirilgan variantlar 
yig‘indisi o‘zgaruvchanlik haqida to‘liq tasavvur bera olmaydi. Buning uchun vari-
antlarni guruhlarga bo‘lib chiqiladi. So‘ngra har bir guruhning o‘rtacha ko‘rsatkichi,
uchrash tezligi aniqlanadi. Variatsion qatordan foydalanib, belgining o‘zgaruvchanlig-
ini gra�ik ravishda tasvirlash mumkin. Variatsiyalarning tebranish kengligini va ayrim
variantlar uchrashi tezligi(chastotasi)ni aks ettiruvchi belgi o‘zgaruvchanligining 
gra�ik ifodalanishi variatsion egri chiziq deyiladi. Har xil variantlarning variatsion egri 
chiziqda joylashuvi Ketle qonuni asosida amalga oshadi. Bu qonunga binoan belgining
o‘rta variantlari chet variantlariga nisbatan ancha ko‘p uchraydi (- rasm). 
- rasm. Ketle qonunining gra�ik 
ko‘rinishida tasvirlanishi 
V - belgi variantlari;
P – belgi variantlarining uchrash tezligi
Belgining qanchalik rivojlanganligini ifodalash uchun
uning o‘rtacha miqdorini aniqlash lozim. Buning uchun har 
bir guruhning o‘rtacha ko‘rsatkichi shu guruhning uchrash 
tezligiga ko‘paytiriladi va bu ko‘rsatkichlarning hammas-
ini bir-biriga qo’shib, so‘ngra variantlarning umumiy so-
niga bo‘linadi. O‘rtacha arifmetik miqdorni aniqlash uchun
quyidagi formuladan foydalaniladi 

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish