4.
Tabiatda jinsni boshqarish imkoni bormi?
Qo‘llash.
Quyida berilgan jadvalni daftaringizda to’ldiring.
Otangizdagi belgilar
O’zingizdagi belgilar
Onangizdagi belgilar
Tahlil.
Agar tillarang tovuq gomozigotali kumush rang xo’roz bilan chatishtirilsa,
jo’jalarning rangiga qarab jinsni aniqlash mumkinmi?
Sintez.
Erkak jins gomogametali organizmlarni ko’rsating. Chumchuq, quyon, kaptar, ayiq,
yo‘lbars, drozo�ila, tulki, qaldirg‘och, musicha, tut ipak qurti kapalagi.
Baholash.
Tabiatda jinslar nisbati 1:1 bo’lishi ayrim hollarda buziladi. Siz bunday holatni qanday
baholaysiz?.
4.5 BELGILARNING JINSGA BOG‘LIQ HOLDA IRSIYLANISHI
Tayanch bilimlarni sinang.
Tabiatda organizmlarda jinsiy farqlarni paydo bo’lishi
qanday ahamiyatga ega?
Mendel olib borgan tajribalarda qaysi belgili o‘simlikni urug‘chi, qaysi belgili o‘simli-
kni changchi sifatida olinishidan qat’iy nazar birinchi avlodda bir xil natija ya’ni donning
sariq rangi yashil rangi ustidan, gulning qizil rangi oq rangi ustidan dominantlik qilishi
aniqlangan. Biroq keyinchalik ayrim jinsli organizmlami chatishtirish bo‘yicha o‘tkazilgan
tajribalar ba’zi holatlarda belgilar jinsga birikkan holda avloddan-avlodga har xil natija
berishini ko‘rsatdi
Belgilarning jinsiy xromosomaga birikib irsiylanishi.
Morgan tomonidan drozo-
�ila meva pashshasida ko’zring rangini irsiylanish qonuniyatlarini o’rganish orqali tahlil
qilingan.
Drozo�ila pashshalarida ko’zning rangi X xromasomaga birikib irsiylanadigan belgi
bo’lib, ko’zning qizil rangini yuzaga chiqaradigan (A) geni, oq rangini yuzaga chiqaradigan
(a) geniga nisbatan dominantlik qiladi.
Chatishtirish uchun olingan urg‘ochi qizil ko‘zli gomozigota drozo�ila genotipi X
A
X
A
,
oq ko‘zli erkakniki X
a
Y bo‘ladi. Ularni o‘zaro chatishtirish natijasida F
1
dagi urg‘ochi va er-
111
Biologiya 10
kak drozo�ilalarning ko‘zi qizil bo‘ladi. F
2
dagi
urg‘ochi drozo�ilalarning ½ qismi gomozigo-
ta, ½ qismi geterozigota holatda qizil ko’zli
bo’ladi. Erkaklarining ½ qismi qizil ko‘zli, ½
qismi oq ko‘zli bo‘ladi.
Agar chatishtirish uchun qizil ko’zli get-
erozigotali ko‘zli urg‘ochi pashshalar bilan
oq ko‘zli erkak pashshalar olinsa, urg‘ochi
pashshalarning ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi
oq ko‘zli bo‘ladi, erkaklarining ½ qismi qizil
ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi.
Agar chatishtirish uchun oq ko‘zli
urg‘ochi pashshalar bilan qizil ko‘zli erkak
pashshalar olinsa (resiprok chatishtirish), F
1
da hosil bo‘lgan erkak drozo�ilalar oq ko‘zli,
urg‘ochi drozo�ilalar qizil ko‘zli bo‘ladi. F
2
dagi urg‘ochi drozo�ilalarning ½ qismi qizil
ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi, erkaklarin-
ing ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli
bo‘ladi.
Agar urg‘ochi organizm geterogametali
bolsa, jinsiy xromosomalar Z va W bilan belgilanadi va jins bilan birikkan belgilarning
irsiylanishi boshqacha usulda amalga oshadi. Masalan, tovuq va xo’rozlarning patini chi-
por bolishi dominant, qora rangda bolishi retsessiv genlarga bogiiq. Ular Z xromosoma-
da joylashgan. Agar
qora patli (Z
b
W) tovuq
bilan
chipor (Z
B
Z
B
) patli xo‘roz chatishtirilsa
chatishtirilsa F
1
avloddagi tovuq va xo‘rozlaming pati chipor rangda boiadi.
112
Biologiya 10
F
2
parrandalarni barcha xo‘rozlari chipor, tovuqlarning 25 foizi chipor, 25 foizi
esa qora patli boiadi. Nisbat 3:1 yoki 75% parrandalar chipor patli, 25% qora patli
hisoblanadi.
Masalan, tovuq va xo‘rozlarning pati chipor bo‘lishi dominant, qora rangda bo‘lishi
retsessiv genlarga bog‘liq. Ular X xromosomada joylashgan. Agar qora patli (b) tovuq
bilan chipor (B) patli xo‘roz chatishtirilsa F1 avloddagi tovuq va xo‘rozlarning pati chipor
rangda bo‘ladi. F1 dagi xo‘roz va tovuqlar o‘zaro chatishtirilsa
Retsiprok chatishtirishda, ya’ni chipor tovuq bilan qora xo‘roz chatishishidan olingan
F1 parrandalarning tovuqlari qora, xo‘rozlari chipor rangda bo‘ladi. Ularning ikkinchi
avlodida tovuq va xo‘rozlarning ½ qismi chipor, ½ qismining pati qora rangda bo‘ladi.
Odamda 60 ga yaqin genlar X xromosoma bilan birikkan holda irsiylanishi aniqlan-
gan.
Qandsiz diabet, D vitamini bilan davolanmaydigan raxit, ikkinchi kurak tishi
yo‘qligi, tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi,g
emo�iliya, daltonizm,
na moz shomko‘rlik
bunga
yorqin misoldir.
Qon ivimasligi — gemo�iliya kasalligi asosan o’g‘il bolalarda uchraydi. Gemo�iliya bi-
lan kasallangan bolalar nimjon bo’lib ayrin hollarda vafot etadilar. Kasallik avloddan-av-
lodga geterozigota genotipli ayollar orqali beriladi. Ularning genotipi quyidagicha belgi-
lanadi.
genotip
fenotip
Sog’lom
qiz
Tashuvchi
qiz
Kasal
qiz
Sog’lom
o’g’il
Kasal
o’g’il
Farzandlarning barchasi
sog’lom. Lekin qizlarning
barchasi tashuvchi.
Farzandlarning 75%
sog’lom. Lekin qizlarning
50% tashuvchi, o’gil bo-
lalarning 50% kasal.
Farzandlarning 50%
sog’lom, qizlarning 50%
tashuvchi, o’gil bolalarning
50% kasal.
113
Biologiya 10
Daltonizm geni ham gemo�iliyaga o’xshab irsiylanadi.
Ona daltonizm bo’yicha tashuvchi,
otasi sog’lom bo’lgan oilada kasallikni ir-
siylanishi quyidagicha bo’ladi
.
Agar ona tashuvchi ota kasal bo’lsa,
kasallik avlodlarda quyidagicha namoyon
bo’ladi.
Ayrim holatlarda belgilar Y xromosomada
joylashgan genlar orqali irsiylanadi. Masalan,
odam qulogidan tuk o‘sib chiqishini (
giper-
trixoz) ni
belgilovchi gen,
ixtioz,
tishlarni kat-
ta- kichikligi, hamda erkaklik kuch quvvati Y
xromosomada joylashgan genlar ta’sirida rivo-
jlanib, otadan faqat o’g‘il bolalaiga beriladi.
Odatda hujayraning meyoz bo‘lin-
ish jarayoni normal kechsa autosomalar
ham, jinsiy xromosomalar ham gametalar-
ga teng taqsimlanadi. Ayrim hollarda jin-
siy xromosomalar meyoz jarayonida hu-
jayralarga notekis taqsimlanishi mumkin.
Oqibatda bir gametaga ikkita X xromosoma tarqa-
lib, ikkinchi gametada esa X xromosoma bo‘lmay-
di. Bunday tuxum hujayralar X xromosomali yoki
Y xromosomali spermatozoidlar bilan urug‘lan-
ganda 4xil tipdagi zigotalar hosil bo’ladi.
Mazkur holatda jins bilan bog‘liq belgilar qanday irsiylanadi?
Yuqorida o’rganilgan oq ko‘zli urg’ochi drozo�ila bilan qizil ko‘zli егкак drozo�ilani
chatishtirilsa X xromosoma gametalarga notekis tarqalganda esa uchta XXX xromosom-
aga ega drozo�ila o’ta yirik gavdali urg‘ochi bo‘lib, ular nobud bo’ladi. Ikkita X va bitta
Y xromosomali XXY zigotadan rivojlangan drozo�ila егкак emas, u urg‘ochi jinsli ko‘zi
oq bo‘ladi. Bitta X xromosomali drozo�ilada Y xromosoma yo‘q bo’lsada, qizil ko‘zli er-
kak bo‘ladi. Genotipi faqat Y xromosomali еrкак organizm ham nobud bo`ladi. Bunday
holat Y xromosoma hamma vaqt drozo�ilada erkaklik jinsi uchun indikatorlik vazifasini
o‘tamasligini ko’rsatadi.
Demak, X ga birikib irsiylanadigan belgilar onadan qizlarga va o’g’il bolalarga, otadan
faqat qizlarga beriladi. Y ga birikib irsiylanadigan belgilar otadan faqat o’g’il bolalarga
beriladi.
114
Biologiya 10
Do'stlaringiz bilan baham: |