89
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy
zararning hisobini tahlil qilish.(4soat)
Mashg‘ulotning maqsadi:
Ishlab chiqarishda baxtsiz
hodisalar oqibatida yuzaga
kelgan iqtisodiy zararning hisobini tahlil qilish va jarohatlanish ko‘rsatkichlarini
aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Mashg‘ulotning rejasi:
1.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning sabablari.
2.
Jarohatlanishlar va kasallanishiami tahlil qilish usullari.
3.
Mehnatni muhofaza qilishdagi iqtisodiy samaradorlik.
4.
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar keltirilgan zararning iqtisodiy hisobini
tahlil qilish.
5.
Ishlab chiqarishda baxtsiz keltirilgan zararning iqtisodiy hisobini aniqlashga
doir namunaviy misol.
6.
Amaliy mashg‘ulotni bajarishga doir variantlar.
7.
Sinov savollari.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
moddiy zarar, jamiyat, davlatimiz iqtisodiyoti,
malakali kadrlar, nafaqa miqdori, o‘rtacha kunlik ish haqi,
ishga yaroqsiz kunlar,
xarajatlar, ma’naviy va ijtimoiy zararlar yig‘indisi.
1.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning sabablari
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning barcha sabablarini
shartli ravishda quyidagilarga birlashtirish mumkin: texnik, tashkiliy, sanitariya-
gigienik, psixofiziologik, iqtisodiy va xodimning aybi bilan yuz beradigan kasalliklar.
Texnik sabablar:
uskuna va moslamalarning, to‘siq qurilmalarning, tormoz
tizimining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik tizimining zich emasligi tufayli kelib
chiqadi.
Tashkiliy sabablar: ish joylarining uskuna, moslama
va yordamchi asboblar
bilan yetarli ta’minlanmaganligi, yuk ko‘tarish vositalari, bog‘lab qo‘yuvchi
moslamalarning yo‘qligi, yo‘l-yo‘riqning o‘z vaqtida berilmaganligi va mehnat
muhofazasi bo‘yicha o‘qitish ishlarining sust olib borilganligi,
mehnat xavfsizligi
bo‘yicha ko‘rsatmalarning yo‘qligi, ishchilarning o‘z vaqtida maxsus kiyimlar bilan
ta’minlanmaganligi, dam olish va mehnat qilish tartibining bo‘zilishi tufayli kelib
chiqadi.
Sanitariya-gigiena sabablariga: ish joyidagi noqulay mikroiqlim (harorat,
havoning namligi va harakat tezligi parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq
kelmasligi), yoritilganlik darajasining QM va
Q talablariga javob bermasligi, ish
joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarning (yechinish, yuvinish-
cho‘milish xonalari, hojatxona va boshq.) yo‘qligi natijasida kelib chiqadi.
90
Ruhiy holat sabablarga: ishning hamisha bir xilligi,
qattiq jismoniy mehnat
tufayli zo‘riqishi, kishi organizmiga ish joyining ruhiy anatomik fiziologik Jihatdan
mos kelmasligi, charchashi, jamoatchilik orasidagi nosog‘lom
muhit tufayli kelib
chiqadi.
Iqtisodiy sabablar: mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash,
shuningdek, oylik maoshlami o‘z vaqtida bermaslik va ishchilarning yuqori ish
unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash
tadbirlariga yetarli
mablag‘ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi.
Ishchining aybi bilan sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar qatoriga: ishchining
intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: