OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Farg’ona davlat universiteti
Zootexniya fakulteti
Agranomiya yo’nalishi 2 kurs 19-73 gurux talabasining tayyorlagan
Mavzu : Qoramolchilikda naslchilik ishlari
Bajardi : Umarova Dilbar
Mavzu :
Qoramolchilikda naslchilik ishlari
Qoramolchilikda naslchilik ishlari.
Sutdor sigirlarni baholash va tanlash.
Go‘sht yo‘nalishidagi sigirlarni baholash
1-Qoramolchilikda naslchilik ishlari.
Naslchilik ishlarining ahamiyati va vazifalari qishloq xo’jaligida hayvonlar ishlab chiqarish vositasi sifatida xizmat qiladi, shuning uchun uning sifati samaradorlik omili bo’lib hisoblanadi. Qishloq xo’jalik hayvonlari takomillashtirish, ulardan oliniadigan mahsulot miqdorini ko’paytirish va sifatini yaxshilashning asosi bo’ladi..Nasldor hayvonlar to’g’ri oziqlantirilib, saqlanganda yuqori mahsulot berish imkoniyatiga ega. Ko’pchilik hollarda qoramollar mahsuldorligining pastligi faqatgina oziqalar miqdori va sifatining talab darajasida bo’lmasligi, ikkinchidan esa ularniig nasl sifatlarining pastligi bilan bog’liqdir. Ayniqsa ko’pchilik zotli hayvonlarning mahalliy sharoitlarga to’liq mos kelmasligi, qabul qilingan ishlab chiqarish jarayonlari talablariga javob bermasligi bilan izohlash mumkin.
Sutchilik qoramolchiligida naslchilik ishlariniig asosiy yo’nalishi sigirlar sut mahsuldorligini oshirish, sut tarkibini yaxshilash va ularning texnologik
ko’rsatkichlarini talablar darajasiga yetkazish bilan baholanadi. Bundan tashqari naslchilik ishlarida ularning tanasining mustahkamligi kasalliklarga chidamligi, mahalliy oziqalarga moslashganligi e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Har bir muayyan xo’jalikda naslchilik ishlarining tizimi, aniq maqsadga
qaratilmog’i kerak. Qoramolchiliklarni yaxshilash jarayonida birinchi navbatda ularning miqdor ko’rsatkichlari inobatga olinib, sifat ko’rsatkichlarini esdan chiqarmagan holda olib boriladi. Sut qoramolchiligida: sigirlar tirik vazni, sut miqdori, sut tarkibidagi yog’ va oqsil miqdori, sut berish tezligi; go’shtdor qoramolchiligida esa tirik vazn, tez yetiluvchanlik va 1 kg vazn oshishiga sarflangan oziqa birligi asosiy mezonlar qilib olinadi. Sut qoramolchiligida seleksiya natijalari genetik omillar hisoblangan asosiy belgilarning o’zgaruvchanligi, hamda belgilarning nasldan naslga berilishi, qaytarilishi va korrelyasiya koeffitsientlari ko’rsatkichlariga bog’liq. Qator belgilarning nasldan naslga muqim berilishi hayvonlarni yoppa seleksiya qilganda ham ijobiy natijalar berishiga sabab bo’ladi. Ko’pchilik hollarda esa, belgining nasldan-naslga berilish koeffitsienti bilan tanlash samaradorligiga erishish orasida farq bo’ladi.
Tajribalar natijasi shundan dalolat beradiki, ba’zi podalarda o’zgaruvchanlik
koeffitsienti kichik bo’lgan hollarda ijobiy natijalarga erishilgan. Ba’zi hollarda esa o’zgaruvchanlik va tanlash jadalligi bir xil bo’lgan podalarda turli seleksiya
samaradorliga guvoh bo’lamiz. Shuning uchun muayyan sharoitda u yoki bu tanlash va juftlash usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Sut yo’nalishidagi qoramollarda o’zgaruvchanlik o’rtacha quyidagicha bo’ladi: sigirlar tirik vazni 12 15%; 305 kunlik sut 20-30% sut tarkibidagi yog’ miqdori 5-9%; oqsil 4-8%; sut berish tezligi 10-15%. Sutning sifat ko’rsatkichlari bo’lgan uning tarkibidagi yog’, oqsil ko’rsatgichlarining irsiyat koeffitsienti 0,5-0,8 ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich sutning miqdori bo’yicha yuqori bo’lmay 0,3-0,4, tirik vazni bo’yicha 0,37, sutga oziqa bilan javob berish 0,2-0,48 tashkil qiladi. Sigirlarning yelin ko’rsatkichlari (sut berish tezligi, yelin bo’lmalarining rivojlanish indeksi, bir sogim davomiyligi) kabilarda yuqoridagi ko’rsatkich 0,2-0,3 tashkil qilishi,bu borada yuqori mahsuldor, sut sog’ishda zarur ko’rsatkichlarni shakllanishida tashqi muhit ta’siri alohida o’rin tutishini e’tiborga olishini talab qiladi. Shuning uchun irsiyat kooffitsienti sigirlarning oziqlantirish, saqlash naslchilik ishlarining tashkil qilish, hayvonlarning yakka xususiyatlari inobatga olinadi, amalda irsiyat koffitsienti har bir xo’jalik uchun aniq raqamlardan foydalangan ma’qul.
Qoramollarda belgilarning qaytarilish koeffitsienti, katta o’zgarishlarga moyil. Bu ko’rsatkich ma’lum fenotipik belgilarning turli yoshda oziqlantirish, saqlash ta’sirida o’zgarishini belgilaydi. Belgilarning qaytarilish koffitsienti sutdorlik bo’yicha 0,59-0,73; sutning yog’liligi 0,49-0,74; oqsil bo’yicha 0,54-0,79; sigirlar sog’imining dastlabki 100 kunligidagi laktasiya davomida sutdorligi 0,8I-0,90; tug’ilgandagi va voyaga yetgandagi tirik vazni- 0,19; go’shtdor buzoqlarni sutdan chiqarganda I3 oylikdagi tirik vazni - 0,48 ni tashkil qiladi. Qoramolchilikda naslchilik ishlari tashkil qilishda korrelyativ o’zgaruvchanlikni inobatga oliish alohida ahamiyat kasb etadi, chunki barcha belgi va xususiyatlarni hisobga olgan holda ish yurish kerak, hayvonlar baholanganda barcha belgilar inobatga olinib, bonitirovka natijalariga ham ta’sir qiladi. Ayniqsa belgilarning bir-biriga bog’liq naslchilik ishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tirik vazn va sut mahsuldorligi, sut va uning tarkibidagi yog’ miqdori, yog’ va oqsil, sut miqdori va uning oqsili, yelin rivojlanishi va sut mahsuldorligi o’rtasidagi munosabatlarni inobatga olish kerak. Sigirlarni tirik vazni va sut mahsuldorligi o’rtasida ko’pincha vazni yirik sigirlar ko’proq sut berishi tan olingan. Lekin bu ko’rsatkich turli zotlarda ma’lum vazngacha ijobiy ta’sir qiladi. Undai keyin tirik vaznning ortishi sut mahsuldorligiga ijobiy ta’sir qilavermaydi. Meyordan ortiq vaznga ega sigirlar
ko’pincha 1 kg sut ishlab chiqarish uchun ko’proq oziqa birligi sarflashi kuzatiladi. Amalda sigirlar sutining miqdori va uning yog’liligi o’rtasida salbiy korrelyasiya bo’lib u -0,01-0,405, oqsil miqdori bilan -0,2-0,3 ni tashkil qiladi. Ko’pincha naslchilik xo’jaliklarida sutning miqdori va yog’i bo’yicha seleksiya ishlari olib borilganda ular o’rtasida ijobiy korrelyasiya mavjud bo’lib u 0,41 gacha
bo’lishi mumkin. Asosan sutning yog’liligi va oqsil miqdori o’rtasida ijobiy korrelyasiya mavjud. Lekin yuqori mahsuldor sigirlardan iborat podalarda har doim ham yog’ning ko’payishi bilan oqsilning ko’payishi kuzatilmaydi. Shuning uchun bu xo’jaliklarda sutning yog’i va oqsil miqdori bo’yicha, alohida nazorat olib borishni taqozo qiladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi va uning yog’liligi bo’yicha bir taraflama seleksiya olib borish bu ko’rsatkichlar o’rtasida salbiy korrelyasiya nisbatini kamaytiradi. Sigirlarning uzoq yashashi va sut mahsuldorligi o’rtasida doim yuqori ijobiy korrelyasiya kuzatilmay 0,107-0,175 ni tashkil qiladi. Har doim sigirlar yelining rivojlanishi va sut mahsuldorligi o’rtasida ijobiy korrelyasiya kuzatiladi. Qoramollar go’sht mahsuldorligi ko’rsatkichlari o’rtasida qo’yidagicha korrelyativ bog’lanish mavjud: tug’ilganidagi va sutdan chiqqandagi vazn 0,46; tirik vazn va nimtalar vazni 0,45-0,55; o’rtacha kunlik semirish va yakuniy vazn 0,77; onasidan ajratgandagi vazn va sigir sut mahsuldorligi 0,7.
Yuqoridagi xulosa qilib korrelyativ bog’lanishlar har doim ham bir xil bo’lmay, muayyan sharoitda o’z xususiyatlariga ega bo’lib seleksiya davomida inobatga olishni taqozo qiladi. Qoramolchilik seleksiyasida jadal natijalarga erishish maqsadga fan va texnikaning oxirgi yutuqlari bo’lgan gen injeneriyasi, immunnogenetika, sitogenetika, homilani ko’chirib o’tkazish va biotexnologiyaning boshqa usullari qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |