Mavzu : Qoramolchilikda naslchilik ishlari Bajardi



Download 153,07 Kb.
bet8/10
Sana15.07.2021
Hajmi153,07 Kb.
#119518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qoramolchilikda naslchilik ishlari

Kelib chiqishi bo’yicha buzoqlar tug’ilgandan keyin baholanadi. Buning
uchun uning albatta sof zotli, alohida qimmatli qatorlarga mansub, ajdodlari avlodlari nasl sifatlari bilan baholangan bo’lishi maqsadga muvofiq. Shajaraning birinchi qatoriga alohida e’tibor beriladi. Chuqur baholashda 3-4 shajara qatorlariga e’tibor beriladi, chunki uzoq qarindosh urchitish va gomogen juftlash
baholanayotgan hayvonning nasl sifatlariga alohida ta’sir o’tkazishi mumkin. Ayniqsa ona tomoni, hamda otasining ona tomoni mahsuldorlik ko’rsatkichlari
baholanayotgan buqa mahsuldorligi oldindan chamalashda muhim o’rin tutadi. Ko’pincha ishonchli kelib chiqishka mansub buqalar nasl belgilarini avlodga muqim o’tkazishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu ko’rsatkichlar sut va sutgo’sht yo’nalishidagi qoramollarni baholashda as qotadi. Buqalar mahsuldorligi bo’yicha o’z xo’jaliklarida va maxsus eleverlarda baholanib tanlanadi. Bu davrda ular o’sish jadalligi, tirik vazni, tana tuzilishi va podani to’ldirish qobiliyatiga qarab tanlanadi. Bu barcha ko’rsatkichlar irsiy belgilar ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. Ko’pgina shimol mamlakatlarida buqachalar o’sish jadalligiga alohida e’tibor tanlanadi, natijada bu omil sut va sut-go’sht yo’nalishidagi qoramollarni go’sht mahsuldorligini oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki ko’pgina mamlakatlarda qoramol go’shtining aksariy qismi sut va sut-go’sht yo’nalishidagi qoramollar hisobiga yetishtirilishini eslash kifoya qilinadi.
Buqalarning tirik vazni bo’yicha tanlanganda yirik buqalardan asosan vazni yuqori qizlar tug’ilib, ular ko’pincha vazni yuqori buzoqlar tug’iladi. Ko’pincha sigirlar tirik vazni ularning sut mahsuldorligi o’rtasida ijobiy korrelyasiya mavjudligi , sut va sut-go’sht yo’nalishida seleksiyasi davomida ularning vazni oshishi bilan sut mahsuldorligini oshirishga erishish mumkin. Buqalar vaznini yoshiga qarab o’zgarib borishini inobatga olgan holda 5 yoshgacha har yili aniqlab boriladi, sung shu vazn o’zgarmas bo’lib, kelgusi bonitirovkalarda inobatga olinadi. Buqalarni tana tuzilishi va konstitutsiyasiga qarab tanlash alohida ahamiyat kasb etadi.Chunki bir buqadan minglab avlod olinishi, buqa tanasidagi salbiy belgini shu hayvonlarga berilish xavfini tug’diradi. Shuning uchun har bir buqa tana tuzilishi va konstitutsiyasi bo’yicha har taraflama baholanadi.Unda buqaning zot talablariga javob berishi, jinsiy tana belgilarining yaxshi rivojlanganligi, tananing mo’tanosib rivojlanganligi, konstitutsiyasining mustahkamligi, sog’ligining yaxshiligiga alohida e’tibor beriladi.Bu borada ularning buyining balandligi, jussasining kattaligi va fe’lining qobil bo’lishiga alohida e’tibor beriladi.
Tana to’zilishida ko’zga tashlanadigan kamchilik va nuqsonlari bor buqalarni qochirishda foydalanish man etiladi, chunki bu nuqsonlar avlodga berilishi
mumkin. Buqalarni baholashda ularning mahsuldorligiga go’sht qoramolchiligida katta e’tibor beriladi, chunki o’sish jadalligi, kunlik vazn qo’shilishi, tirik vazn bilan go’sht mahsuldorligi o’rtasida ijobiy bog’lanish (korrelyasiya) mavjud. Bunday baholash maxsus o’stirish markazlarida (elever) buqachalar sigirlardan 8 oyligida ajratilgandan keyin 150 kun davomida olib boriladi .Davr oxirida o’rtacha kunlik semirishi, 1kg semirish uchun oziqa birligi sarfi, tirik vazni, tana tuzilishi va
go’shtdorlik shakllariga qarab tanlanadi . Podani to’ldirish qobiliyati buqaning faolligi, urug’ining sifati va otalantirish qobiliyatiga qarab baholanadi. Bunda buqaning jinsiy faolligidan tashqari, sun’iy ravishda urug’i olinib barcha talablarga rioya qilgan holda baholanadi, otalanish qobiliyati esa, ma’lum bosh sigir va urg’ochi tanalar qochirilib shularning qanchasi otalanganiga qarab aniqlanadi.
Buqalarni avlodlarining sifatiga qarab tanlash oxirgi bosqich bo’lib, qiyin, ko’p mehnat talab qiladigan tadbir hisoblanadi. Sut qoramolchiligida buqalar qizlarining sut mahsuldorligi, go’sht qoramolchiligida esa avlodlarning go’sht mahsuldorligiga qarab tanlanadi. Sut mahsuldorligida buqalarga qizlarining sut mahsuldorligi bo’yicha (A1,A2,A3) kategoriyalari beriladi, sutdagi yog’ miqdoriga qarab (B1,B2,B3) kategoriyalari beriladi. Ko’pincha buqalar yaxshilovchi bo’lavermay, o’rtacha (neytral) va yomonlovchi bo’lishi mumkin, iloji boricha bu buqalardan foydalanmagan maqsadga muvofiq va ular kelgusida podani to’ldirishda foydalanilmaydi. Podani to’ldirishda keng foydalanadigan buqalarni baholashda maxsus nazorat fermalari, buqalarni o’stirish va nazorat qilish stansiyalarida amalga oshiriladi. Bu xo’jaliklarda sigirlar zot talablariga to’liq javob berib, ularning sut mahsuldorligi 3000 kg kam bo’lmasligi shart, zotdorligi va klassi yuqori bo’lishi kerak. Naslchilik zavodlari va xo’jaliklarida buqalarni nasl sifatlariga qarab baholash o’zlarida o’tkaziladi. Ba’zi vaqtlarda nasl sifatlariga qarab baholash bonitirovka va zootexnika hisob-kitoblarini tahlil qilish asosida ham xulosaga kelish kerak, buning uchun tahlil olib boriladigan xo’jaliklarda barcha hisob-kitob ishlari olib borilishi kerak va sigirlar klassi 1 kam bo’lmasligi kerak. Buqachalarni iloji boricha erta nazoratdan o’tkazish iqtisodiy samara beradi. Buning uchun ular 12-14 oyligidan qochirishda foydalanib, dastlab chegaralangan jinsiy faoliyat beriladi. Ulardan 20-30 ming sigir qochirishga yetadigan urug’ olinib urug’ banklarida mo’zlatib saqlanadi. Buqaning nasl sifatlariga qarab nazorat utib «Yaxshilovchi» deb tan olingandan keyin buqa urug’i keng qochirishda foydalanish mumkin. Buqalar qizlarining sut mahsuldorligiga qarab baholash uchun ularni ko’rsatkichlari onalarining, tengdoshlarining va zot andozalariga solishtirish baholanadi. Ayniqsa bu borada buqa qizlarining mahsuldorligini tengdoshlari yoki xo’jalikda bir sharoitda o’stirilgan boshqa buqa qizlarning sutdorligi bilan solishtirish usuli alohida ahamiyat kasb etadi. Shu tadbirlar asosida naslchilik ishlarini samaradorligini oshirish uchun «Yaxshilovchi» buqalardan foydalaniladi. Buqalarni o’stirish, tanlash, baholash shu hududdagi qochiriladigan urg’ochi hayvonlar soni, bitta buqaga to’g’ri keladigan hayvonlar soni va buqalardan foydalanish davomiyligiga bog’liq, bu miqdorni quyidagi formula yordamida topish mumkin.

Keyingi yillar tajribasi shundan dalolat beradiki, maxsus o’stirilgan buqalardan faqat 25-30% yaxshilovchi bo’lib chiqmoqda, shuning uchun 1 asl buqa


olish uchun kamida 4ta naslli buqani o’stirish va nazoratga qo’yishga to’g’ri keladi.
Buqalarni o’stirish, nazorat qilish, asl buqalar olish irsiy va tashqi muhit omillaridan tashkil topadi. Bunda albatta buqalarni va ularning qizlarining oziqlantirish, saqlash, foydalanish va tug’ish mavsumlari meyorlar darajasida
bo’lishi kerak. Hozirgi davrda buqalarning nasl sifatlariga qarab baholashda ularning avlodlarining fenotipik va genotipik omillarga EVMlar yordamida zarur
o’zgartirishlar kiritish mumkin. Sut yo’nalishidagi buqalarning avlodlarining sifati bilan baholanganda,sut mahsuldorligidan tashqari go’shtdorlik sifatlariga ham baho beriladi. Buning uchun har bir nazoratdagi buqaning 10 tadan nasl uchun ahamiyati bo’lmagan buqachalari 15 oylik yoshigacha o’stirilib so’yilib, so’yim va go’sht sifatlari bo’yicha baholanadi.


Download 153,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish