mutlaq ustunlikka ega,
ammo Portugaliya vino ishlab chiqarish bo’yicha nisbiy
ustunlikka ega.
Shunday qilib, nisbiy ustunlik - bu shu haqidagi tasdiqki, mamlakat uchun u eng
katta samaradorlikka erishgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak va
17
ul ami mamlakatning ustunligi minimal bo’lgan tovarlarga ayirboshlagan holda eksport
qilishi kerak.
Oxirgi o’n yilliklarda jahon savdosida xalqaro savdoning klassik nazariyalari
bilan tushuntirib bo’lmaydigan sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunday
vaziyatning yuzaga kelishi mavjud nazariyalarni rivojlantirishni va Shuningdek
muqobil nazariy konqepqiyalarni ishlab chiqishga da’vat etadi.
Mahsulotning xayotiylik davri nazariyasi. 60-yillarning o’rtalarida amerikalik
iqtisodchi R.Vernon mahsulotning hayotiylik davri nazariyasini olg’a surdi. Ushbu
nazariyasida R. Vernon tayyor mahsulotlar jahon savdosining rivojlanishini ularning
xayotiy bosqichlari asosida, ya’ni mahsulot bozorda xayotga ega va sotuvchining o’z
maqsadlariga erishishini ta’minlashi vaqt davri asosida tushuntirishga harakat qildi.
Mahsulotning xayotiylik davri to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi, ya’ni tadbiq
etish, o’sish, yetuklik va pasayish.
Birinchi bosqichda mamlakat ichida yuzaga kelgan ehtiyojni hisobga olgan holda
yangi mahsulotni ishlab chiqarish yuz beradi. Shuning uchun ushbu bosqichda yangi
mahsulotni ishlab chiqarish kam seriyali xarakterga ega bo’ladi, yuqori malakali
mutaxassislarni talab etadi hamda yanglik kashf
etilgan mamlakatda
konqentraqiyalanadi. Ishlab chiqaruvchi esa deyarli monopol mavqega ega bo’ladi va
mahsulotning kichik qismigina tashqi bozorga chiqariladi. Yetuklik davrida ko’p
seriyali ishlab chiqarish oldingi o’ringa chiqadi. Raqobat kurashida esa narx omili
birlamchi ahamiyat kasb eta boshlaydi. Ushbu bosqichda bozorlarning kengayib borishi
va texnologiyaning tarqalishi natijasida yanglik kashf etilgan mamlakat raqobat
ustunligiga ega bo’lmay qoladi. Ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo’lgan
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’cha boshlaydi. Standartlashtirilgan ishlab chiqarish
jarayonlarida arzon ishchi kuchidan samarali foydalanish mumkin. Mahsulot xayotiylik
davri pasayish bosqichiga o’tishi munosabati bilan unga bo’lgan talab qisqaradi. Bu
holat ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni
sotish asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda to’planadi. Mahsulot yaratilgan mamlakat
esa sof importyorga aylanadi. Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ko’pchilik
tarmoqlar evolyuqiyasini ifodalab beradi, ammo ushbu nazariya xalqaro savdo rivoji
tendenqiyalarining universal ta’rfi hisoblanmaydi.
Miq’yos ta’siri nazariyasi. 80
- yillarning boshlarida P.Kryugman,
K. Lankaster va ayrim boshqa iqtisodchilar klassik nazariyaga muqobil ravishda,
miq’yos ta’siriga asoslangan xalqaro savdo nazariyasini taklif etdilar.
“Mikroiqtisodiyot” kursidan yaxshi ma’lum bo’lgan miq’yos ta’siri tushunchasining
mohiyati Shundan iboratki, aniq bir yaratilgan texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil
etishda mahsulot chiqarish hajmi o’sgan sari uzoq muddatli o’rtacha xarajatlar
qisqaradi, ya’ni ommaviy ishlab chiqarish natijasida iqtisodi qilish holati yuzaga keladi.
Mazkur nazariya mualliflarining nuqtai nazariga ko’ra ko’pgina mamlakatlar
(xususan sanoati rivojlangan) asosiy ishlab chiqarish omillari bilan bir biriga yaqin
bo’lgan nisbatda ta’minlanganlar. Ushbu sharoitda ular uchun miq’yos ta’siriga ega
tarmoqlarga ixtisoslashgan holda o’zaro savdo aloqalarini yo’lga qo’yish manfaatli
hisoblanadi. Bunday ixtisoslashish ishlab
chiqarish xajmining oshishiga,
mahsulotni
eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishga va natijada uning narxi past bo’lishiga
18
imkon beradi. Ommaviy ishlab chiqarish ta’siri amalga oshishi uchun yetarli darajada
keng bozor talab etiladi. Xalqaro savdo esa bunda xal qiluvchi rolni o’ynaydi. Chunki u
mahsulot sotiluvchi bozorlarni kengayishiga imkon yaratadi. Boshqa so’zlar bilan
aytganda, xalqaro savdo yagona integraqiyalashgan bozorni vujudga keltiradi va bu esa
o’z navbatida alohida olingan mamlkat bozoridan ko’ra iste’molchilarga ko’proq
miqdordagi mahsulotni arzonroq narxda taklif qilish imkoniyatini tug’ bilan diradi.
Biroq shular bilan bir qatorda miq’yos ta’sirining amalga oshirilishi sof raqobat
muhitining buzulishiga olib kelishi mumkin
Omillarning parametrlari. Har bir mamlakat u yoki bu aarajada ishlab chiqarish
omillariga ega bo’ladi (Xeksher-Olin modeli). omillar avvaldan mayjud bo’lishi,
Shuningdek inson faoliyati natijasida yratilishi mumkin. Shuning uchun raqobat
ustunligiga erishish va uni rivojlantirish uchun iafaqat mayjud omillar zahirasi, balki
uning yratilishi tezligi ham muhimdir. Bundan tashqari omillarning ortiqchaligi raqobat
ustunligini yo’qotilishiga
olib kelishi,
ularning yetishmasligi esa, aksincha,
yangilanishni yuzaga keltirishi va bu bilan uzoq muddatli raqobat ustunligiga olib
kelishi mumkin. Shunday bo’lsada omillar bilan ta’minlanganlik o’ta muhim ahamiyat
kasb etadi va Shuning uchun ham u birinchi parametrdir (nson resurslari, moddiy
resurslar, bilim resursi, moliyaviy resurslar, infratuzilma). Omillar turli tarmoqlarda
turli miqdorlarda qo’laniladi. Firmalar o’z ixtiyorlarida o’z tarmoqlaridagi raqobat
kurashida zarur bo’ladigan arzon va yuqori sifatli omillarga ega bo’lsalargina raqobat
ustunligiga erishadilar.
Ikkinchi
parametr
bu - omillar ierarxiyasidir. Omillar asosiy (tabiiy resurslari,
iqlimiy sharoitlar, geografik joylashuv, malakasiz ishchi kuchi va h.k.) va rivojlangan
(zamonaviy infratuzilma, malakali ishchi kuchi va h.k.), umumiy (barcha tarmoqlarda
qo’llash mumkin bo’lgan) va ixtisoslashgan (aynan ixtisoslashgan omillar raqobat
ustunligi uchun ko’rinarli va uzoq muddatli asos bo’ladi) omillarga ajratiladi. Omillarni
o rganish - uchinchi parametr. Omillar, ular tabiiy yuzaga kelganliklari va sun’iy
ravishda yaratilganliklari bilan farqlanadilar. Yuqori darajadagi raqobat ustunligiga
erishishga ko’mak beruvchi barcha omillar sun’iy omillardir. Mamlakatlar, ular zarur
omillarni eng maqb ul tarzda yarata oladigan va mukammalashtiradigan
tarmoqlardagina muvaffaqiyatga erishadilar. Talab parametrlari. Ichki bozordagi talab
miq’yos ta’siri vositasida yangiliklarning tadbiq etilishining xarakterini va tezligini
belgilaydi. Talab quyidagilar bilan tavsiflanadi:
>
tuzilishi bilan;
>
o’tish xarakteri va hajmi bilan;
>
baynalminallashuv bilan.
Talab quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lgan taqdirdagina, firmalar raqobat
ustunligiga erishishi mumkin bo’ladi:
S ichki talabning katta ulushi bozorning global segmentlariga to’g’ri kelsa;
S xaridorlarning yuqori talablari firmalarni yana ham sifatli mahsulot
tayyorlashga, hizmatlarni ko’rsatishga hamda tovarning iste’mol
xususiyatlarini oshirishga majbur qilsa;
S mahsulot yaratilgan mamlakatda talab boshqa mamlakatlarga nisbatan erta
yuzaga kelsa.
19
Yaqin va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar. Milliy raqobat ustunligini aniqlovchi
uchinchi determinant - bu mamlakatda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan yetkazib
beruvchi yoki aralash tarmoqlarning mavjudligidir. Raqobatbardosh yetkazib beruvchi
tarmoqlar mayjud bo’lganda:
■
qimmatbaho resurslarga samarali va tez yetishish;
■
ichki bozorda yetkazib beruvchilarni muvofiqlashtirish;
■
yangilik kiritish jarayoniga yordam ko’rsatish mumkin bo’ladi. Milliy
firmalar,
ularning
mol
yetkazib
beruvchilari
jahon
bozorida
raqobatbardosh bo’lsalar, ko’proq foyda oladilar.
Firmalar strategiyasi, tuzilmasi va raqobati. Firmalar ichki bozordagi raqobat
xususiyatiga qarab tuziladi,
tashkil etiladi, hamda boshqariladi va kunda turli strategiya
va maqsadlar ishlab chiqiladi. Bularning barchasi firmaning raqobat ustunligiga
bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Tashqi iqtisodiy shartnomalarga pudrat shartnomalari, sanoat ob’ektlari qurishda
texnik yordam berish bo'yicha turli xizmatlar ko’rsatish shartnomalari, Shuningdek
tashki savdo tovarlar oldi-sotdisi bo'yicha shartnomalar kiradi. Quyida tashki savdo
tovarlar oldi-sotdisi boyicha shartnomalar xaqida so'z boradi. Xalqaro tovarlar oldi-
sotdisi bo'yicha shartnomalar xaqidagi 1980 yilgi Vena konferentsiyasi bunday
shartnomalar deganda tijorat korxonalari turli davlatlarda joylashgan tomonlar urtasida
tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarini tushunadi. Oldi-sotdi shartnomalarining turli
shakllari mavjud. Bir martalik yetkazib berish shartnomasi - bir martalik kelishuv
bo’lib, unda ma’lum kunda, ma’lum vaqt mobaynida, ma’lum davrda kelishilgan
miqdordagi tovar yetkazib berish nazarda tutiladi. Tovar yetkazib berish belgilangan
vaqt mobaynida bir yoki bir necha marta amalga oshiriladi. Majburiyatlar bajarilgandan
keyin shartnoma amal qilishdan to'xtaydi. Bir martalik shartnomalar qisqa muddatli va
uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Doimiy yetkazib berish shartnomalari - shartnomada kelishilgan muddat
mobaynida ma’lum miqdorda doimiy ravishda tovar yetkazib berishni nazarda tutadi.
Bunda muddat qisqa muddatli (odatda bir yil) va uzoq muddatli (5-10 yil, ayrim
hollarda undan ham ko'proq) bo’ladi.
Majmua uskunalari yetkazib berish bo'yicha shartnomalar - uskunalar eksporteri
va oluvchi-importerlar, Shuningdek bunday yetkazib berishlarni to'ldirishda
qatnashuvchi ixtisoslashgan firmalar o'rtasida aloqa mavjudligini nazarda tutadi. Bunda
bosh yetkazib beruvchi toliq majmua
va o'z vaqtida yetkazib berish,
Shuningdek sifat
uchun javob beradi.
Tovar uchun xaq to'lash shakliga qarab pul bilan xaq to'lash va to liq yoki
qisman tovar shaklida xaq to'lash shartnomalari farqlanadi. Pul bilan xaq to'lash
shartnomalarida tomonlar kelishgan valyuta, shartnomada nazarda tutilgan tulov
usullari (naqd pul, avansli va kreditli tulov) va hisob-kitob shakllari (inkasso,
akkreditiv, chek, veksel) qo'llaniladi.
Hozirgi paytda aralash shakldagi to' lov shartnomalari keng tarqalgan. Masalan,
maqsadli kredit shartlarida korxonani “kalit ostida” qurishda to'lov qisman pulda
qisman tovar shaklida amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda barter kelishuvlari -
bir tovarni boshqa tovarga oddiy, kelishilgan miqdorda ayirboshlashni nazarda tutuvchi
tovar ayirboshlash va urinni to'ldirish kelishuvlari keng tarqalgan. Bu
20
ke lishuvlarda yo o'zaro yetkazib beriladigan tovarlar miqdori yoki qanday summaga
teng tovar yetkazib berilishi belgilanadi.
Oddiy orinni to'ldirish kelishuvi - tovar ayirboshlash kelishuvi kabi teng
qiymatdagi tovarlar yetkazib berishni nazarda tutadi. Ammo tovar ayirboshlash
kelishuvidan farqli ravishda oddiy orinni toldirish kelishuvida tomonlar tomonidan
narxlarning o'zaro kelishib olinishi ham ko'zda tutiladi. Bunday kelishuvda odatda
ikkita emas, bir necha tovarlar ko’rsatiladi.
Xalqaro tijoriy shartnomalarning tomonlari kontragentlar deb ataladi. Xalqaro
tijoriy operaqiyalarining asosiy qismi firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Firma
deganda sanoat, savdo, qurilish, transport va qishloq xo'jaligida foyda olish maqsadida
xo'jalik faoliyati yurituvchi korxona tushiniladi. Har bir firma o'z mamlakatining savdo
ruyxatida ruyxatga olinadi. Jaxon xo'jaligida ishtirok etuvchi korxonalar quyidagilarga
bo’linadi: 1) xo'jalik faoliyati ko'rinishi va amalga oshirilayotgan operatsiyalarning
xarakteriga kura;
2) xuquqiy holatiga ko'ra; 3) mulk ko'rinishiga ko'ra; 4) milliy
kapitalga tegishliligiga ko'ra; 5) faoliyat sohasiga ko'ra.
Birinchi guruhga sanoat, savdo, transport, transport-ekspeditorlik, sug'urta,
injniring, ijara, turizm, reklama va boshqa sohalardagi firmalar.
Ikkinchi guruhga shaxsiy tadbirkorlar va tadbirkorlar birlashmalari kiradi.
Uchinchi guruhga xususiy, davlat va kooperativ firmalar kiradi.
Turtinchi guruhga milliy, xorijiy va kushma firmalar kiradi.
Beshinchi guruhga xalqaro sohada faoliyat ko’rsatuvchi firmalar - avvalo
transmilliy korporaqiyalar kiradi.
Afsuski, ushbu ish xajmi har bir tushuncha mohiyatini ochib berish imkonini
bermaydi.
Tashqi iqtisodiy shartnomalarni tartibga solishda mintakaviy va universal
xarakterdagi xalqaro shartnomalar katta rob uynaydi.
Tashqi iqtisodiy shartnomalarni tartibga soluvchm qator xalqaro kelishuvlar
mavjud. Bu birinchi navbatda “xalqaro tovarlar oldi-sotdisi xaqidagi bir xil qonun
xaqidagi” va “xalqaro tovarlar oldi-sotdisi tuzish tartibi xaqidagi bir xil qonun
xaqidagi” 1964 yilda Gaaga konvensiyasidir. Bu konvenqiyalarga kam sonli davlatlar
imzo chekkanlari uchun ular keng tarqalmagan. O’zbekiston bu konvenqiyaga a’zo
emas. BMTning 1980 yildagi xalqaro tovarlar oldi-sotdisi xaqidagi konvensiyasi
(quyida 1980 yilgi Vena konvenqiyasi) katta ahamiyatga ega.
Ushbu konvensiya universal va kelishuvchanlik xarakteriga ega chunki unda
turli xuquqiy tizimlarning tamoyillari hamda rivojlanayotgan davlatlarning yangi
xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatilishidan mafaatdorligi e’tiborga olingan. 1964 yilgi
Gaaga konvensiyasi Vena konvensiyasiga qo'shilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |