Raqobat vositalariga qo’yidagilar kiradi.
Raqobat kurash vositalari va usullari jihatidan halol raqobat va g’irrom raqobatga
bo’linadi. Halol raqobat qonuniy, yo’l berilgan va hamma tan olgan, insoniy usullar
bilan o’zaro bellashuvdir. G’irrom raqobat man etilgan vositalar yordamida va
g’ayriinsoniy usullar bilan olib boriladigan kur ashdir. G’irrom raqobat yovvoyi bozor
iqtisodiyotining, halol raqobat madaniy (tsivilizaqiyalashgan) bozor iqtisodiyotining
belgisi hisoblanadi. G’irrom raqobat yuz berganda josuslik, qo’poruvchilik, reket,
tuhmat, tovar belgisini o’g’irlash va hatto qotillik kabi usullar qo’llanadi, raqibni turli
yo’llar bilan obro’sizlantirish choralari ko’riladi.
Halol raqobatda madaniy usullar qo’llaniladi. Bu usullardan narx vositasida
raqobatlashuv, tovar sifatini oshirish orqali kurashish, servis (xizmat ko’rsat ish) orqali
bellashuv keng tarqalgan. Bu usullardan alohida-alohida emas, balki birgalikda
foydalanishda ham qo’llaniladi! Narx bilan raqobatlashuvda narx arzon yoki qimmat
belgilanadi. Ammo narxni oshirish yoki tushirishning chegarasi bor. Narx xarajatlardan
pasayib ketsa, zarar ko’riladi. Shu boisdan narxni arzonlashtirish uchun xarajatlar
pasaytiriladi.
28
(1- rasm).
Shundagina foyda ta’minlanadi. Ammo narx bilan bellashuv usuli hamisha qo’l
kelavermaydi. Ommaviy iste’mol mollari bozorida narxni pasaytirish raqobatda yutish
sharti, lekin puldorlarga mo’ljallangan nufuzli tovarlar bozorida bu usul natija
bermaydi, chunki puldorlar uchun obro’talab tovarlarning narxi emas, balki unga ega
bo’lishning o’zi muhim. Agar avtomobil bozorini olsak, u yerda ommabop mashina
narxi 20 ming dollar, uni 16 ming dollarga tushirish afkor haridor uchun muhim, ammo
150 ming dollar turadigan avtomobil narxini 5 ming dollarga arzonlashtirishga
puldorlar befarq qaraydilar. Bundan tashqari ular narxi tushiralgan tovarni sifatsiz deb
baholaydilar. Shu boisdan nufuzli tovarlar bozorida bir firma narxni ko’tarsa, bunga
javoban boshqasi ham Shunday qiladi.
Shunday firmalar borki, ular bozorda tovar sifatini oshirish yo’li bilan raqobat
qiladilar, yaxshi tovarlar yetkazib berish va holis xizmat qilish orqali obro’ orttirib, el
og’ziga tushadilar. Ularning tovar belgilarini hamma taniydi. G’irrom raqobatni
qo’llagan firmalar o’z tovarlariga mashhur firmalar belgisini qo’yib, qalloblik yo’liga
o’tadilar, o’zgalar tovar belgisi bilan sifati past tovarlarini pullashga intiladilar.
Iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda tovar sifatini oshirish orqali raqobatlashuv
katta ahamiyat kasb etadi, chunki aholining harid qobiliyati yuqori bo’lib, qimmat
tovarlarni ham sotib olishga qurbi yetadi. Tovar sifatini oshirib borish doimiy ravishda
tovarlar tarkibini yangilab turishni ham talab qiladi; Tovarning sifati deganda uning
dizayni (chiroyi), iste’mol uchun qulayligi, uzoq va ishonchli xizmat qilishi, ekologik
toza bo’lishi kabilar tushuniladi. Texnikaviy tovarlar uchun ixchamlik, ko’p joy
egallamaslik, shovqinsiz ishlash, energiya va yonilg’i sarfi kamligi o’ta muhim.
Masalan, Germaniyaning «Mersedess-Bens» korporaqiyasi har 100 km yo’lga 3 litr
solyar moyi sarflaydigan ixcham avtomashinani yaratishga kirishganda, bunga javoban
raqobatchi «Opel» firmasi har 100 km yo’lga 2,7 litr solyarka sarflaydigan ixcham
mashinani taklif etdi. Demak, raqobatda tovarlarning afzalligini ta’minlash muhim.
Servis vositasi, tovarni ishlatishda xizmat ko’rsatish yoki ishlatishni qulaylashtirish
bilan raqobat qilish tez tarqalib borayotgan usuldir. Texnikaviy tovarlar sotilganda,
ularni ishlatish yuzasidan xizmatlar ko’rsatiladi. Tovarni haridor didiga moslashtirish,
uyiga eltib berish, ularni ishga tushirish, bepul ta’mirlab turish kabi xizmatlar
ko’rsatiladi va bu xizmatlarni kim yaxshi bajarishi yuzasidan raqobat boradi.
Raqobatning turli usullarini qo’llashdan asosiy maqsad xaridorni o’z tovariga jalb
etib, uning pulini olish. AQSh da buni «Iste’molchi dollari uchun kurash» deb
ataydilar. Raqobatlashuv usuli qanchalik samarali bo’lsa, g’olib chiqish imkoniyati
shunchalik ko’p bo’ladi.
Hozirgi raqobat kurashida tovar reklamasiga alohida e’tibor beriladi.
29
Reklama tovarning nafliligi haqida holisona axborot bo’lib, turli yo’llar bilan
haridorga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |