Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

Mukammal yoki sof raqobat
Shunday raqobatki, unda ko’pchilik qatnashadi. Erkin 
raqobatli bozorda sotuvchilar va haridorlar ko’pchilik bo’lib, ulardan hech biri monopol 
mavqeiga ega bo’lmaydi, bozorda zo’ravonlik qilib o’z izmini yurgiza olmaydi. 
Nomukammal raqobat
cheklangan raqobat, tabiatan monopol raqobatdir. Bunda 
ko’pchilik bo’lmagan, lekin tovarlarning katta qismini taklif etuvchi yoki sotib oluvchi 
firmalar raqobatlashadi. Nomukammal raqobatning oligopolistik raqobat degan turi ham 
borki, unda g’oyat ozchilik, lekin yirik firmalar qatn ashadi. Shu boisdan raqobat tor 
doirada yuz beradi. Oligopolistik raqobatga misol qilib avtomobil bozoridagi raqobatni 
olish mumkin Masalan, Germaniyada «Mersedess- Bens», «BMV», «Folsvagen» va 
«Opel» kabi firmalar avtomobil bozorida raqobatlashadilar, ularga bas keladig an 
firmalar umuman yo’q. Ammo ular ham jahon bozorida «Ford», «Tayota», «Pejo», 
«Volvo» kabi firmalar raqobatiga yo’liqadi. 
Nomukammal raqobatning yana bir turi sof monopolistik raqobatdir. Bu raqobatga 
xos belgi u yoki bu tarmoqda aynan bir firmaning hukmronlik qilishidir. Masalan, 
Toshkent traktor zavodi O’zbekistondagi traktor bozorida tanho hukmron, undan 
boshqa traktorsozlik zavodlari yo’q. Lekin chetdan, xorijiy mamlakatlardan keltirilgan 
traktorlar uning tovari bilan raqobatlashadi. 
Sof monopoliya sharoitida hukmron firmalar resurs bozorida haridor sifatida 
bellashadilar. Ular sifatli va arzon resurslarni qo’lga kiritish, malakali ish kuchini sotib 
olish uchun raqobatga kirishadilar. Binobarin, ishlab chiqarish qanchalik ozchilik 
qo’lida to’planmasin, baribir raqobat yo’qolmaydi. Sof monopoliyani ikki omil yuzaga 
keltiradi: 
a)
texnologik monopoliya - texnikaviy yangiliklar yirik firmalar qo’lida 
to’planadi, natijada o’zgalar ulardan foydalana olmaydilar yoki foydalangan taqdirda 
ham bunga katta pul to’laydilar, natijada ularning tovarlari qimmatga tushib, raqobatga 
chiday olmaydi; 
b)
tabiiy monopoliya - yer osti va yer usti boyliklari ayrim firmalarning ixtiyorida 
bo’lib, boshqalar ulardan foydalana ol maydi. Masalan, bir firma neftga boy yerni sotib 
olgan bo’lsa, boshqa firmalar shu yerda neft qazib olib, neft bozorida raqobat qila 
olmaydi. 
Bozor amaliyotida raqobat turlari yonma-yon turadi va hatto tutashib ham ketadi. 
Masalan, O’zbekistondagi dehqon bozori va buyum bozorlarida sof raqobat, 
26 


re surslar bozorida ham sof raqobat, ham nomukammal raqobat va uning har xil 
ko’rinishlari mavjud. 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz 
raqobat. 
Narx 
vositasida 
raqobatlashuvda 
kurashning 
asosiy 
usuli 
ishlab 
chiqaruvchilarning o’z tovarlarini narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarining Shunday 
mahsulotlari unikiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. 
Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi - “narxlar jangi” deb 
aytiladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish 
uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Raqobatning bu 
usuli korxona ishlab chiqarishning ancha past xarajatlaridan foydalanmasa, bozorda o’z 
o’rnini mustahkamlash uchun foydaning bir qismidan voz kechishiga to’g’ri keladi. Bu 
usulni qo’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq 
texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yodlashi va ishlabchiqarishni yaxshiroq 
tashkil qilishi kerak bo’ladi. Faqat Shundagina uning tovarining individual qiymati 
bozor qiymatidan past bo’lib, mazkur tovar narxni tushurish imkoniyatini beradi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo’llashdir. 
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlariga ichki 
bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlar bo’yicha 
chiqaradi. 
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi 
ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o’zlarining 
iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xarakat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan 
chegirma qilish, asosiy harid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib berish 
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda baho yordamida 
raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o’z 
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham Shunday xaraqat qilishini 
taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o’zgartirmaydi, faqat tarmoq bo’yicha 
foydani kamaytiradi. 
Narxsiz raqobat shu bilan xarakterlanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy 
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab 
chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo’lishi 
mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol hususiyatlarining 
yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y berishi kerak. Hozirgi 
davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning sotishni rag’batlantiruvchi 
reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. 
Iste’molchilik bozorida qo’shimcha xizmat ko’rsat ish orqali haridorlarni o’ziga jalb 
qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, 
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lekin turli- 
tuman iste’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin. 
27 


Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar 
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. 
Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa 
shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to’lanadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning 
eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan 
biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni 
jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli 
va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatishning turli xillarini amalga oshirmoqdalar. 
Masalan, kompьyuter ishlab chiqaruvchi firma, o’z mahsulotini sotibgina qolmasdan, 
balki uni o’rnatadi, iste’molchi korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o’rgatadi, 
kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy 
xizmatni amalga oshiradi; mahsulotlari o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga 
yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar 
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va 
iste’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat 
kurashida yutib chiqadi. 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zining 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. 
SHu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx beqarorligicha qolaveradi. 
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqo bat muhim 
o’rin tutadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, 
iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan tovar ko’paytirishi mumkin. 
Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo’lganligi sababli mahs ulotini yangilash, 
ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay 
oladilar. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish