Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

Raqobat 
- bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo’lagidir. 
Xozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy 
salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda 
tovarlar sifatini ko’tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb 
muammolardan biridir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatalohida faollikka ega bo’ladi. 
38 


Har bir haridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa raqiblar 
tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. Shuning 
uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar 
tovarni solishtirish orqali aniqlashi mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq 
bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir. 
Tovar 
raqobatbardoshligini 
o’rganish 
murakkab 
va 
o’z 
ichiga 
qo’yidagibosqichlarni oladi: 
S tovarni sotish uchun bozorni o’rganish; 
S raqiblar haqida ma’ lumotlar yig’ ish; 
S iste’molchilar talablarini o’rganish; 
S raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish; 
S ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqishhaqidagi qaror. 
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini 
baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. 
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoqo’z raqobat qobiliyatini yo’qota 
boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum 
raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish 
imkoniyatini beradi. 
Raqobat so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga er ishish uchun kurashni 
bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi haridorni tovarni harid qilishga jalb qilishdan 
iborat. 
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti qo’yidagi ko’rinishga ega bo’lgan xuddi 
Shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: 
K= R /S max --------- ► 
bu yerda: R-tovarning foydali samarasi; 
S-tovarni haridqilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari); 
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash qo’yidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi: 

bozorni tahlil qilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib olish; 

bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni 
belgilash; 

o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik hususiyatini aniqlash. 
Raqobatning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni 
rag’batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab 
chiqaruvchilardan olishadi. Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. 
Raqobat asosan qo’yidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari 
bo’yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar 
ishlab chiqarishorqalibo’ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan xar xil 
modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish. 
Narxlar orqaliraqobatlashish eng keng tarqalgan. 
Xozirgi davrda raqobat o’ziga xos kiyofa kasb etmoqda. Narxlar sohasida 
raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo’ladigan mamlakatlarda yo’lga 
qo’yishni talab qiladi. 
39 


Narx bilan raqobatutmishda erkin bozor raqobati bo’lgan, bozorda bir xil tovarlar 
xar xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo’lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni 
pasaytirish bilan o’z tovarini ajratib ko’rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va pirovard 
natijada o’zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor 
sharoitlarida narx bilan ochiqraqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan 
biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi xam shu ishni qiladi, bu esa firmaning 
bozordagi mavqeini o’zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, 
asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib 
keladi. Natijada kutilgan zafar va raqiblarni surib chiqarisho’rniga kutilmagan 
xonavayronlik va sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji 
boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora 
pasaytirib, foydani ko’paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli 
raqobatning narx bilan bog’liq bo’lmagan usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari 
yuzaga keldi. 
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol 
narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuhrati raqobat 
kurashining asosiy omiliga aylanadi. 
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o’rganishda qo’yidagi 
savollarga javob topiladi: 
>
boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar? 
>
raqobatchifirmalarning reklama vositalari va sotishni rag’batlantirish usullari 
qanday? 
>
qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda? 
>
raqobatchilar tovarlarining uramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko’zga 
tashlanmoqda? 
>
tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif 
qilinmoqda? 
>
milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami yoki firma o’z shaxobchasini 
ochganmi? 
>
raqobatchilar qo’llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi, omborlari 
va ularning joylanishi. 
Natijada raqobatchi Shunday harakatqilishayapti? Boshqacha yo’li yo’qmi? 
Degan savollarga javob topiladi. 
P.S.Zavyalov fikricha “Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda 
haridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni 
o’xshashraqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan sharoitlarda xuddi shu 
tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim”. 
Haridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini harid 
xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog’liq xarajatlar 
tashkil etadi. 
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo’lib, unga ko’plab omillar ta’sir etadi. 
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat kurashi 
jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga 
qo’yidagilar kiradi: 
1.
Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati; 
40 


2.
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi; 
3.
Bozordagi talab hajmini o’rganish; 
4.
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi; 
5.
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga kuchish harakatlari; 
6.
Bozordan chikib ketish tusiqlari va ularning darajasi. 
7.
Bozorga kirib kelish va uning darajasi. 
8.
Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat. 
9.
Raqiblar strategiyasidagi farqlar. 
10.
Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’l ishi, raqobat darajasi 
bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik hususiyatlari 
bilan xam belgilanadi. 
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi - tashqi 
va ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi 
raqobatli afzalliklardir. T ashqi raqobatli afzallik tovarni “bozor kuchini ifodalaydi, 
ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul 
qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo’lganharidorlarning 
istaklarini aniql ash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik 
firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan k o’ra kamroq tannarxga 
erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymathosilqiluvchi tovarga 
asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga 
ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik oqibatidir”. 
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar 
klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko’rinishida ko’rsatish mumkin: narx - sifat - servis - 
marketing muhiti . 
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog’liqdir. Ular sifat, 
iqtisodiyot va marketing ko’rsatkichlari yordami bilan tuliq tavsiflan ishi mumkin. 
Raqobat hamma uchun muhim ish, chunki raqobat bo’lmasa iqtisodiyot 
rivojlanmaydi, to’kinchilik va farovonlik paydo bo’lmaydi. Iqtisodiyotning barcha 
ishtirokchilari bir-biri bilan kurashadi. Firma bilan firma, haridor bilan haridor, 
sotuvchi bilan sotuvchi, sotuvchi bilan haridor, ishchi bilan xo’jayin o’rtasida raqobat 
boradi. Bunda har bir ishtirokchi o’z manfaati yo’lida boshqalar bilan kurashga bel 
bog’laydi. Tirik tabiatda yashash uchun kurash degan qoida bor. Iqtisodiyotda ham 
Shunday. Uning nomi sotsial darvinizm tamoyili deb yuritiladi. Iqtisodiyotda ham 
yashovchanlar yutib chiqsa, zaiflar mag’lub bo’ladi. Xo’sh, nima uchun raqobat yuz 
beradi? 
Buning asosiy sababi iqtisodiy manfaatning mavjudligidir. Firma, ishchi, dehqon 
yoki xizmatchi, mulk sohibi borki, ularning barchasi o’z manfaati uchun kur ashadi. 
Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlarini to’laroq yuzaga 
chiqarish, ya’ni yaxshi daromadtopish, o’z mavqeini mustahkamlash, o’z qobiliyatini 
namoyon etish va imidj (ovoza-obro’)ga ega bo’lish uchun boshqalar bilan kurashidir. 
Bozorda firmalar resurslarni arzon olish va tovarlarini qimmatroq sotishga 
intiladilar va foydani ko’proq olish uchun kurashadilar, ishchi va xizmatchilar yaxshi 
ish haqi olish uchun kurashadilar. Haridor mollarni bozorda arzon olmoqchi 
41 


bo ’lsa, sotuvchi qimmatroqqa pullashni ko’zlaydi. Ishchi va xizmatchilar yaxshi ish 
joyini egallash uchun o’zaro raqobatlashadilar. Raqobatda aniq maqsadlar qanday 
bo’lmasin, pirovard natija daromad ko’rish yoki imidj orttirishdan iborat. SHu sababli 
raqobatda barcha iqtisodiy faol kishilar qatnashadi. Raqobat insonning bellashuvga 
intilishdek hislatiga mos tushadi. Insonning «o’zim bo’lay» qabilida harakat qilishi 
raqobatda ifoda etiladi. Raqobat maydonibozordir. Raqobat kurashida yengib chiqish 
yoki mag’lub bo’lishshart-sharoiti ishlab chiqarishda hozirlanadi. Ammo raqobat 
kurashida o’z tovariga haridor topa bilish ham muhim masala hisoblanadi. 
50 - yillarning oxirida korxonalarga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga 
olish va tashqi muhitning ahamiyati to’g’risidagi fikrlarni o’rganish boshlandi. Tizimli 
rahbar uchun korxonaning bir qancha qismlarining o’zaro aloqasidan bir butunlik deb 
qarash va u o’z o’rnida tashqi dunyo bilan aloqada bo’lishi takidlab o’tilayotgan bir 
paytda bu fikr boshqaruv fani tizimli yondashuviga muhim hissa qo’shdi. 
Holatli yondashuv tizim nazariyasini bir qancha kontseptsiyalar ishlab chiqish 
hisobidan kengaytirishga yordam berdi, unga muvofiq mavjud holat, korxonani 
xarakterlovchi tashqi va ichki omillar orqali aniqlanadi. 
Dunyoda bo’layotgan o’zgarishlar tashqi muhitga yanada katta e’tibor berish 
kerakligidan dalolat beradi. O’zgarishlar unchalik ahamiyatli bo’lmasada korxona 
rahbarlari tashkilotni tashqi dunyoga bog’liq ochiq tizim sifatida qaralgan bo’lar edi. 
Ochiq tizim printsipiga ish yuritadigan rahbarning birinchi duch keladigan 
muommosi bu - tashqi muhitni aniqlash bo’ladi. Tashqi muhitni va ularning 
korxonalarga ta’sirini aniqlashda tashqi omillar ikkita asosiy guruhga bo’lib olishdan 
lozim. Bevosita ta’sir etuvchi omillar (mikro muhit) korxonalarga to’g’ridan to’g’ri 
ta’sir etib, o’zida ham korxona tomonidan qilingan operatsiyalarga to’g’ri ta’sirini his 
qiladi. Bu omillarga mol eltib beruvchilar, mahsulot resurslari, haridor va raqobatchilar. 
Bilvosita ta’sir etuvchi omillar deb - amalga oshirilayotgan korxona operatsiyaga to’g’ri 
ta’sir ko’rsatmasada, lekin ularda aks et ishi mumkin. Bu yerda gap iqtisodiy holat, 
ilmiy-texnik rivojlanish, ijtimoiy, madaniy, siyosiy izlanishlar haqida boradi. 
Bilvosita ta’sir etuvchi muhitni asosiy to’rtta guruhga elementlarga bo’linadi: 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish