154
ko‗ra tomonlar bir bilan ikkala davlat sudlari jinoyatchi deb topgan fuqarolarini
almashishi shartdir.
Markaziy Osiyo va Afg‗oniston davlatlaridagi notinch holatning o‗zi
Xitoyni ancha xavotirlantiradi.Birinchi navbatdabu terozrizm, diniy ekstremizm va
giyohvand savdosi muammolari bilan bog‗liqdir. Ularning barchasi Xitoyni
Rossiya va MO davlatlari bilan samaraliroq hamkorlik qilishga undamoqda,
xususan Shanxay hamkorlik tashkilot doirasida.
Rasmiy Pekin mintaqdagi uzoqni ko‗zlovchi iqtisodiy maqsadlari sari
intiladi. Xitoy manbalariga ko‗ra, hozirda XXRda
MO respubliklari bilan
hamkorlik qilish bo‗yicha xitoylik tadbirkorlarning qatnashuvi bilan idoralararo
kengash tuzilgan. Yoqilg‗i quvurlari va boshqa komunikatsion liniyalarni qurilishi
neft maxsuotlarini yirik ist‘emolchisi bo‗lgan Xitoy uchun alohida ahamiyat kasb
etadi. XXR jahonda enrgetika resurslarini import qilish bo‗yicha AQSH va
Yaponiyadan keyin uchinchi o‗rinda turadi. Taminlarga ko‗ra, 10 yildan so‗ng
Xitoy Yaponiyadan o‗zib ketadi, 2020-yilda uning neftga bo‗lgan ehtiyoji 380-400
mln. tonnani tashkil etadi. Mamlakatning o‗z manbalari faqatgina 170-180 mln.
tonnaga teng.
Xitoy energetika sohasiga kiritayotgan sarmoyalarining katta qismi
Qozog‗istonga to‗g‗ri keladi. Xitoyning yirik energetikachi kompaniyalaridian biri
―CNPC‖ 20 yil davomida 43 mlrd. dollar mablag‗ kiritish sharti bilan
―Aktobemunaygaz‖ qozoq neft kompaniyasining 82% aksiyasiga egalik qilmoqda.
Xitoy mintaqadan gaz import qilishga katta e‘tibor qaratmoqda.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, Xitoy 2020-yilga qadar gaz qazib olishni 3 baravar (100-115
mlrd kub. m.gacha) ko‗paytirishni rejalashtirgan. 2006-yil 3-aprelda
XXR va
Turkmaniston o‗rtasida kelishuv imzolagan. Unga ko‗ra Xitoy 30 mlrd. kub. metr
hajmda turkman gazini 2009-yilda Turkmaniston – Xitoy gazquvuri ishga
tushurilishidan boshlab 30 yil mobaynida xarid qilishi belgilangan.
Xitoyning mintaqada olib borayotgan iqtisodiy siyosatining bosh
maqsadlaridan biri bu MO davlatlari bilan savdo-sotiqni rivojlantirshdir. Bugun
MO davlatlari tashqi savdosining 9% XXRga to‗g‗ri kelmoqda. Xitoy tashqi savdo
aylanmasida ularning ulushi atiga 0,4%ni tashkil etadi. XXR mintaqada
Qozog‗iston va Qirg‗iziston bilan eng yirik tijorat aloqalarini o‗rnatgan. MO
davlatlariga XXR asosan mashinalar va qurilmalarni (65%), hamda oziq ovqat va
ist‘emol tovarlarini (30%) chiqaradi. O‗z navbatida, mintaqa mamlakatlari XXRga
hom-ashyo va energetika resurslarini sotishadi.
O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasidagi diplomatik aloqalarga to‗xtaladigan
bo‗lsak, Xitoy ham mamlakatimizni birinchilardan bo‗lib
tan olgan davlatlardan
biri hisoblanadi. 1991- yil 27 – dekabrda O‗zbekistonni mustaqilligini tan oladi va
1992 – yil 15 – oktabrdan XXR elchixonasi faoliyat ko‗rsata boshladi. Pekinda
155
O‗zbekiston Respublikasining elchixonasi 1995 – yil 6 – maydan faoliyat ko‗rsata
boshladi.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 -
yilning avgust oyida Xitoyga davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik
munosabatlarini yangi bosqichga ko‗tardi. Mazkur tashrif doirasida umumiy
qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng loyihalar bo‗yicha yigirmadan ziyod
hujjat, shuningdek, 800 million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani
va shu tariqa jami 6 milliard dollarlik kelishuvga erishilgani o‗zaro
hamkorlik
ko‗lami yanada kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Xususan, 2013-yilda "Jizzax" maxsus industrial zonasi shaklida
O‗zbekiston-Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki tashkil etildi. Bu yerda
mobil telefonlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish
yo‗lga qo‗yildi. "Jizzax" maxsus industrial zonasida
Xitoy kompaniyalarining
qiymati ellik million dollardan ziyod to‗g‗ridan-to‗g‗ri sarmoyasi ishtirokida o‗n
beshdan ortiq qo‗shma loyiha amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlarimiz
o‗rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik samaradorligining yorqin tasdig‗idir.
Do'stlaringiz bilan baham: