O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

4.3.
 
Xitoyning geostrategiyasi va uning mohiyati 
Xitoy tashqi siyosatining shakillanishi va uning jahon siyosatidagi ro„lining 
mustahkamlanishi. 
Xitoy oxirgi olti asr davomida Min sulolasi hukm surgan davr 
(XIV – XVII asrlar) dan boshlab, ayniqsa, Sin sulolasi davri (XVII-XX asrlar)da 
tashqi dunyodan ajralish siyosatini olib borganini eslash lozim. O‗shanda tashqi 
dunyo bilan har qanday aloqalar taqiqlab qo‗yilgan edi. Bu Xitoyning tanazzulga 
yuz tutishiga olib keldi, qashshoqlik va qoloqlikni yanada kuchaytirdi. XXR 
rahbariyati Osiyoning «to‗rt kichik ajdari» (Syangan, Singapur, Tayvan, Koreya) 
iqtisodiyoti taraqqiy etishiga olib kelgan omillarni o‗rganib chiqib, tashqi dunyoga 
ochiqlik yo‗liga kirdi.
XX asrning 70-80-yillari chegarasida ―yagona front‖ siyosatining siyosiy-
strategik yo‗nalishi ayniqsa faol rivoj topdi. Bu ma‘lum darajada Xitoy chegarasi 
yaqinidagi vaziyatning yanada murakkablashuvi bilan bog‗liq edi: 70-yillarning 
oxiridan 
boshlab 
Xitoy-SSSR, 
Xitoy-Monogoliya 
va 
Xitoy-Hindiston 
chegarasidagi keskinlikka Xitoy-Vetnam chegarasidagi qarama-qarshilik, qo‗shni 
Afg‗onistonga sovet qo‗shinlarining kiritilishi, Uzoq Sharqda va Tinch okeanining 
g‗arbiy qismida sovet harbiy salohiyatining yanada kuchayishi, shuningdek KXDR 
bilan Xitoy munosabatlarining sovuqlashishi qo‗shildi.
1978 – yil hokimiyat tepasiga Den Siyopin kelgandan so‗ng tashqi siyosatda 
keskin o‗zgarishlar ro‗y berdi ―yagona front― siyosati, ―ko‗p qutubli dunyo‖, 


145 
―uchinchi dunyo nazriyasi― kabi jahon siyosatidagi nazariyalarni ilgari surib ko‗p 
tomonlama munosabatlarga kirishadi bu esa Xitoy taraqqiyoti uchun ijobiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan
.
Muammolarni yechishning kuch ishlatishga asoslanmagan, ancha tejamli va shu 
bilan bir vaqtda samarali yo‗llarini doimiy ravishda izlash, shuningdek ayrim 
davlatlar bilan alohida munosabatlarga urg‗u berish Xitoy tashqi siyosatining 
muhim xususiyati hisoblanadi. Shunga mos ravishda, u yoki bu diplomatik 
yurishlarni tayyorlayotganda tahliliy ishning muayyan qismi jahonda mavjud 
ziddiyatlarni, ulardan mamlakat manfaatlarida foydalanish imkoniyatlarini 
o‗rganishga bag‗ishlanadi. 
―Yagona front‖ siyosatini olib borish Xitoyga qisqa vaqt ichida G‗arb 
mamlakatlari bilan munosabatlarni butunlay o‗zgartirish imkonini berdi. 1978 
yilning dekabrida 1979 - yil yanvardan boshlab ikki mamlakat o‗rtasida 
diplomatiya munosabatlarini o‗rnatish to‗g‗risidagi Xitoy va AQSh qo‗shma 
kommyunikesi e‘lon qilindi. Bu hujjatga ko‗ra AQSh XXR hukumatini Xitoyning 
birdan-bir qonuniy hukumati sifatida tan olar edi.
1979 - yil iyulda XXR va AQSh o‗rtasida Savdo-sotiq to‗g‗risidagi bitim 
imzolandi. Mazkur bitimda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirish uchun uzoq muddatli mustahkam asosni yaratish nazarda tutilgan edi. 
Bundan tashqari, 70-yillarning oxirida bu ikki davlat o‗rtasida fan va texnika, 
madaniyat, maorif, qishloq xo‗jaligi, kosmik bo‗shliqni o‗zlashtirish sohasida va 
boshqa jabhalarda hamkorlik to‗g‗risida bitimlar imzolandi. 
Qo‗shma Shtatlar bilan munosabatlarning yaxshilanishi Xitoyning boshqa 
rivojlangan mamlakatlar, eng avvalo Yaponiya bilan aloqalari rivojlanishiga 
sezilarli darajada ko‗maklashdi. Modernizatsiyani amalga oshirish jarayonida 
Xitoy rahbariyatining bir qismi aynan Yaponiya bilan hamkorlikka alohida umid 
bog‗ladi. 1978–1980-yillarda bu ikki mamlakat o‗rtasida savdo-sotiq, madaniy 
aloqalarga ko‗maklashish, ilmiy va texnikaviy hamkorlik to‗g‗risida bitimlar 
imzolandi, shuningdek tomonlarni qiziqtiruvchi muammolar bo‗yicha bir qator 
kelishuvlar va ahdlashuvlarga erishildi.
1978 -yil avgustda XXR va Yaponiya o‗rtasida tinchlik va do‗stlik to‗g‗risida 
shartnoma tuzildi. ―Yagona front‖ siyosati XXRning G‗arb mamlakatlari bilan 
munosabatlari rivojlanishiga kuchli turtki bergan bo‗lsa-da, lekin Xitoy 
rahbariyatining ko‗pgina umidlarini oqlagani yo‗q. 
1984-1986-yillarda jahon rivojlanishining asosiy muammolariga nisbatan Xitoy 
yondashuvining yangi konseptual asoslari yaratiladi. Xalqaro vaziyat tahlilida 
dunyoga ko‗p qutblilik nuqtai nazaridan qarash ustunlik qila boshlaydi. Xitoylik 
siyosatshunoslar orasida 80-yillarning o‗rtalaridan boshlab keng tarqalgan bu 
konsepsiya Pekinning jahondagi vaziyat xususidagi rasmiy nuqtai nazari sifatida 


146 
ilk bor 1988 - yil mayda XXR tashqi ishlar vaziri Syan Sichenning nutqida bayon 
etildi. Uning aksariyat tarafdorlari fikriga ko‗ra, ko‗p qutbililikka intilish ijobiy 
hodisa hisoblanadi. U jahon turli davlatlarining xalqaro maydonda mustaqil siyosat 
olib 
borishga 
intilishini 
aks 
ettirish 
orqali, 
xalqaro 
munosabatlarni 
demokratiyalashtirish sari eltadi va ―bitta yoki ikkita o‗ta qudratli davlat‖ning 
yakkahokimligiga barham berishni nazarda tutadi. 
Xitoyning hozirgi tashqi siyosati zamirida yotuvchi boshqa bir qoida ―keng 
ko‗lamli davlat qudrati‖ g‗oyasi bilan bog‗liq. Uning mohiyati shundaki, hozirgi 
sharoitda davlatning kuchi va uning xalqaro maydondagi nufuzi harbiy 
salohiyatning mavjudligi bilangina emas, balki iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy 
rivojlanish darajasi, shuningdek oqilona tashqi siyosat bilan ham belgilanadi, 
bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati yetakchi omil hisoblanadi. 
Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruv faoliyatida ishtrok etish yoʼliga 
nazar solganda uchta umumiy bosqichni aniqlash mumkin:
1) asosiy xalqaro rejimdan orqada qolgan autsayder (qoloq mamlakat) (1949-
1971). XXR 1949 yili АQSh va Sovet Ittifoqi oʼrtasidagi Sovuq urush davrida 
tashkil topgan boʼlib, unda АQSh gʼarbiy davlatlar blokiga va Sovet Ittifoqi 
sharqiy blokka yetakchilik qildi. 1971 yilgacha Xitoy asosiy rejimdan tashqarida 
kuzatuvchi, hatto raqib sifatida qabul qilinar edi.
2) Global rejim qatganchisi (1971-2000yy). Xitoyning asosiy rejimdagi rasmiy 
ishtroki 1971 yili BMT uning qonuniy oʼrnini tiklaganidan keyin Xitoy va gʼarbiy 
blokidagi (АQSh, Yevropa va Yaponiya kabi) mamlakatlar oʼrtasidagi 
munosabatlar toʼliq normallashishiga erishildi. Jahon banki, Xalqaro valyuta 
jamgʼarmasi (XVJ), tariflar va savdo boʼyicha bosh bitim (TSBB), keyinchalik 
Jahon savdo tashkiloti (JST) aʼzoligining tiklanishi bilan Xitoy xalqaro rejimning 
asosiy ishtirokchilaridan biri darajasiga koʼtarildi.
3) qatnashuvchidan amalga oshiruvchi va yetakchilikkacha (2001 yildan). 
Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruvdagi tobora rivojlanib borayotgan 
harakatlari uning rolidagi muhim oʼzgarishlarni - pessimistik kuzatuvchidan 
gʼayratli qatnashuvchiga; passiv moslashishdan tashabbuskorona aralashuvga; 
befarq erkin chavandozdan masʼul amalga oshiruvchi, islohotchi va natijaga 
erishuvchi; jabrlanuvchi va eski rejimning antagonistidan yangi rejimning 
yaratuvchisi va yetakchisiga aylanganini koʼrsatadi. 
Rossiyada siyosiy hokimiyatdan kommunistik partiyaning chetlatilishi, 
Moskvada aksilkommunistik va o‗sha vaqtda g‗arbga xayrixoh bo‗lgan 
kuchlarning g‗alaba qozonishi Moskva va Pekinning yaqinlashish jarayonini 
sekinlashtirdi. Boz ustiga, o‗sha davrda g‗arb bilan yaqinlik ―romantizmi‖ga 
berilgan Rossiya ma‘murlari Pekin bilan o‗z munosabatlarida AQSh va G‗arbiy 
Yevropa tomonidan belgilangan andozalardan chetga chiqmaslikka harakat 


147 
qilardilar, inson huquqlariga nisbatan yondashuvlarda Xitoy rahbariyati bilan 
kelishmovchiliklarga alohida urg‗u berardilar, Rossiya tashqi siyosatining ustuvor 
yo‗nalishlari tizimida Xitoy AQSh, G‗arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va 
Janubiy Koreyadan keyin qo‗yilardi. Shunga qaramay, 1991 - yil dekabrda Xitoy 
Rossiyani tan olishi haqida rasmiy bayonot berdi, 1992 - yilda esa XXR rahbariyati 
Rossiya va Xitoy o‗rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rag‗batlantirish 
to‗g‗risida qaror qabul qildi. 
90-yillarning o‗rtalariga kelib ―uchburchak munosabatlar‖ mantiqi bo‗yicha 
siyosiy rivojlanish Rossiya va Xitoy munosabatlarining yaqinlashuv jarayonida 
yyetakchilik qilayotgani ayon bo‗lib qoldi. Umuman olganda, 1991–1996 - 
yillarda Rossiya-Xitoy munosabatlari darajasi tan olish masalasi birinchi darajali 
ahamiyatga ega bo‗lgan bo‗sag‗adan ―XXI asrda strategik o‗zaro aloqa qilishga 
qaratilgan teng huquqli ishonchli sherikchilik‖ ta‘rifiga qadar ko‗tarildi. Ikki 
mamlakatning ―strategik o‗zaro aloqalar qilish‖ yo‗lidagi sa‘y-harakatlari 
AQShning bir qutbli dunyoni turg‗un holatda saqlab qolish borasidagi intilishlariga 
qarshi kurashish va ikkala davlat ham hech kimga qaram bo‗lmagan rolni o‗ynay 
oladigan ko‗p qutbli dunyoni yaratishga qaratilgani bois, mohiyat e‘tibori bilan 
Moskva va Pekin birgalikda amalga oshirayotgan harakatlarning pirovard maqsadi 
yaqin harbiy-siyosiy ittifoqni tashkil etishdan emas, balki bir-biridan ajralish va 
alohida-alohida ish ko‗rishdan iborat. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish