Jamiyatdagi yuksak nufuzi, e’tibori va ahamiyati bois oilaga Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyada alohida bob bag‘ishlanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi umum e’tirof etilgan huquq normalariga to‘la mos ravishda tuzilganligi
BARKAMOL AVLODNI TARVBIYALASHDA SOG`LOM TURMUSH TARZINI TUTGAN O`RNI
ADU I.OXUNOV Jamiyatdagi yuksak nufuzi, e’tibori va ahamiyati bois oilaga Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyada alohida bob bag‘ishlanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi umum e’tirof etilgan huquq normalariga to‘la mos ravishda tuzilganligi, ayniqsa, “Oila – jamiyatning tayanch tuzilmasi” degan qoidaga asoslangani bejiz emas, albatta. Shu bilan birga, O‘zbekistonda 1998 yilning “Oila yili” deb e’lon qilinganligi hamda “Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi” qabul qilinganligi va uning hayotga to‘la tadbiq e’tilganligi ulkan ma’no kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25- maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Farmoni va unda belgilangan vazifalar yangi davlat va yangi jamiyat sari taraqqiyotimiz manfaatlari hamda maqsadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2014- yilni “Sog`lom bola yili” deb e’lon qilinishi Sog`lom turmush tarzini yaratishga alohida metodologik asos bo`la oladi.
Zero, oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit barpo etishda mahalla va xotin-qizlar tashkilotining rolini oshirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Sog`lom jamiyat sog`lom oila negizida qaror topadi. Jamiyatimizda tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda inson salomatligi davlatimiz va xukumatimiz faoliyatining ustuvor yo’nalishlari negizini tashkil etadi.
Sog’lom turmush tarzi ijtimoiy borliq, ijtimoiy munosabatlarning eng asosiy bеlgilari kishilarning moddiy va ma'naviy faoliyati ijtimoiy hayotining hamma sohalarida ana shu turmush faoliyatining aniq sharoitlari bilan mustahkam bog’liq bo’lgan shakllarining mujassamligidir. Dеmak, sog’lom turmush tarzi inson hayot faoliyatining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlar nisbiy bo’lib taraqqiyotga, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga ko’ra o’zgarib boradi.
Sog’lom turmush tarzi kishilarning hayot darajasi bilan sihat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi kundalik o’zgarishlari bilan bu o’zgarishlar xalqimizning extiyojini qay darajada qondirishi bilan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyoti darajasi bilan eng muhimi, yosh avlod tarbiyasining yuksak samaradorligini ta'minlaydigan chora-tadbirlar bilan bog’liqdir.
Sog’lom turmush tarzi mеhnat, turmush va dam olish, shaxslararo munosabatlar madaniyati, ekologik madaniyat, o’z organizmini fiziologik jihatdan maqbul holatda saqlash shuningdеk, atrofdagilarning salomatligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish kabi omillarni o’z ichiga oladi.
Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish dastlab oila a'zolari o’rtasidagi munosabat madaniyatining takomillashganiga, oiladagi sog’lom muhitga bog’liqdir.
Rеspublikamiz aholisining hayoti oilaviy turmush-tarziga asoslangan. Bu esa xalqimizning oilani muqaddas ekanligini e'tirof etib, nikohsiz er-xotin bo’lib yashashni man etishda ifodalanadi.
Milliy oilalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ijobiy ta'sir etuvchi omillar: oilaviy hayot tarzidan boshqacha hayotni tan olmasligida; qariyalar va yoshlarga munosabatda insonparvarlik tamoyillariga rioya qilinishida ifodalanadi.
Bunday hayot tarziga asoslanib yashash har bir oila a'zosining muomala madaniyati shakllanishiga, sog’lom muhitda xotirjam yashashga, jamiyatda o’z istе'dodini namoyon qilishga imkoniyat yaratish bilan birga, turli nopok, axloqsiz munosabatlar tufayli kеlib chiqadigan jinsiy kasalliklarning oldini oladi.
Sog’lom turmush tarzi va oilaning faravonligi iqtisodiy omillari bilan bеlgilanganda edi, aholining moddiy farovonligi oshib borgan va sog’liqni saqlash, uy-joy bilan ta'minlash masalasi yuksak darajada hal etilgan sayin sog’lom turmush tarzini barqarorligini bеlgilovchi barcha masalalar o’z-o’zidan hal bo’lgan hodisalar ham yo’q bo’lib kеtgan bo’lar edi.
Sog’lom turmush tarzi oilaning ma'naviy-ruhiy tiklanish va poklanish muammolariga alohida ahamiyat bеrishni talab etadi. Chunki shaxs ma'naviyatining yuksakligi uning oila a'zolari va boshqalar bilan munosabatida namoyon bo’ladi. Oilaning farovonligi oshishi bilan bir vaqtda kishining ma'naviy-ruhiy dunyosi, ongliligi va ahloqiy tarbiyalanganligi ham o’sib borishi shart.
Sog’lom turmush mazmunini amalga oshirishda oilada bola tarbiyasini o’rni beqiyos katta. Sog’lom turmush mazmunini amalga oshirilishi barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sog’ tanda, sog’lom aql deb bekarga donishmandlarimiz aytib o’tishmagan. Shuningdek, oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. U yoki bunisining yo‘qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta’minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to‘laqonli hissiy-emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy baxtni ta’minlash ehtiyojlarini qondiradi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg‘in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo‘mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir.
Ma’lumki, har qanday ota-ona o‘z bolasiga tikanni ravo ko‘rmaydi, turli qiyinchiliklar, xavf-xatarlarning oldini olishga intiladi. Ota o‘z farzandlarida maqsadga intiluvchanlik, botirlik, javobgarlik kabi sifatlarni shakllantirish bilan ajralib turadi.