BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLIGINI ANIQLASH
Kerakli jihozlar: Bine Simon testi va
Igrasik testlari qalam, ruchka, qog’oz
Sinaluvchilar: _____________________________
Ishning borishi: Men sinaluvchilardan Kern Israsik testi yordamida ularni maktabga
tayyorgarlik darajasini aniqlab ko’rdim. Ularga qulayroq o’tirishni aytdim va
sinaluvchilarga oq qog’oz va qalam berdim. Bu test 3 ta topshiriqdan iborat ekanligini
1 – topshiriq odam rasmini chizish ekanligini tushuntirib o’tdim. Mana bu yerga erkak
odamni rasmini chizasizlar qanday chizsangizlar chizavering. Shirin men qiz bolani
rasmini chizsam bo’lmaydimi deb so’radi. Men yo’q faqat erkak odamni rasmini chiz
dedim.
2-topshiriq 3 ta so’zdan tuzilgan iborani ko’chirish. Men ularga topshiriqni bajarishlari
uchun kartochka tayyorladim. Kartochkani sinaluvchilarni oldiga qo’yib man bu
yozuvga qaranglar sizlar yozishni va o’qishni bilmaysizlar lekin bu yozuvni chizib
olinglar dedim.
3 – topshiriq bir guruh nuqtalarni ko’chirib olish bunga ham kartochka tayyorladim va
varaqlaringizga xuddu shunday qilib ko’chiringlar dedim. Men yana bu
sinaluvchilardan Bine Simon testi yordamida 6 yoshli bolalarga mo’ljallangan 5 ta
savoldan iborat topshiriqdan olib ko’rdim.
1-savol. Kunni vaqtini aniqlash edi bunga Sinaluvchi to’g’ri javob berdi. Kechqurun
soat 9:00 dedi. 2 – sinaluvchi birinchi savolga javob bera olmadi.
2-Bir necha maishiy predmetlarni vazifasini aytdim: M: Qozon nima uchun kerak –
ovqat pishirish uchun
1. choynak nima uchun kerak choy ichishi uchun damlaymiz
2. qoshiq nima uchun kerak – ovqat yeyish uchun
3. cho’mich nimaga kerak – ovqat solish uchun
4. kosa nimaga kerak – choy ichish uchun
3– uch bo’g’inli so’z takrorlash. A-yiq-cha bunga to’g’ri javob berishdi
4 – 5 – savollarga ham to’g’ri javob berishdi boshqotirmani yechish va 4 ta
predmetni sanash edi.
6 yoshlar uchun topshiriq
1. kunni vaqtni aniqlash
2. bir nechta maishiy pretmetlarning vazifasini aytish M: qozon
nima uchun kerak, shunga o’xshash 4 savol
3. rombni chizib olish
4. 13 ta pretmetni sanash
5. estetika nuqtai nazardan 2 ta yoki 3 ta chexrani taqqoslash
Natijalar taxlili
1- sinaluvchi 2-sinaluvchi
1.topshiriq – 2 -2
1. topshiriq – 1 - 1
2. topshiriq – 3 -2
6ball 5 ball
Bine Simon testi
1. + -
2. + +
3. + +
4. + +
5. + +
Xulosa
1-sinaluvchi maktabga tayyor ekan. Kunni vaqtini aniqlashda
ham qiynalmay javob
berdi, rassomlik qobiliyati ham juda yaxshi, yozishni bilmasa ham uchta so’zdan
iborat iborani ko’chira oldi.
Predmetlarni farqini ham juda yaxshi bildi. Estetik nuqtai nazardan chehralani farqlab
berdi.
2 –sinaluvchi bo’lsa maktabga unchalik tayyor emas ekan. U hali biroz tayyorlanishi
kerak ekan u kunni vaqtini hali aniqlay olmaydi ekan.
Tavsiya
Men birinchi sinaluvchining ota onasiga quyidagicha tavsiya berdim. Bolangizga
ranglarni farqlashni o’rgating. Rangli rasmlardan foydalanib gaplar tuzishni mashq
qildiring. Rasmdagi predmetlar qaysi rangda bo’yalganligini so’rang. Qaysi
predmetni nima uchunzarurligini ishlatishni tushuntiring. Xotirasini
mustahkamlovchi mashqlardan foydalanishni bog’cha opasiga tavsiya qildim.
2 – sinaluvchining ota- onasi va bog’cha opasiga uning ustida ko’proq
shug’ullanishlarini maslahat berdim. Unga tabiat hodisalarini kun quyosh, oy vaqtni
sanshni mashq qildirish lozimligini aydim. Xotirani mustahkamlash uchun
“Adashgan hikoyachi” “qiyinini eslab qol” mashqlaridan foydalanishni bog’cha
opasiga ta’kidlab o’tdim.