O„rta asr mutafakkilari qarashlarida tabiat - jamiyat masalalari
.
Arab xalifaligida VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning qator shaharlarida
ilm - fan, madaniyat kuchayib bordi, madaniy aloqalar avj oldi. Qadimgi
Yunonistonning mashhur olimlari Aristotel, Aflotun, Gippokrat, Arximed, Yevklid
kabilarning merosi keng o‗rganildi. Xalifalikning turli o‗lkalaridan taniqli olimlar
Bog‗dodga keldilar, bu yerda IX asr boshida «Dor ul xikma» - Donolik uyi - ilm
markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar – falakiyot, riyoziyot, tibbiyot,
tarixshunoslik, geografiya, kimyo, falsafa kabi fanlar bo‗yicha tadqiqotlar keng
yo‗lga qo‗yildi. Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo‗lgan
ko‗pgina xalq va qabilalar birlashgan edi. Unga Suriya, Misr, Xuroson,
Movarounnahr kabi ming yillik madaniy merosga ega bo‗lgan xalqlar ham
kirgandi. IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda dehqonchilik, hunarmandchilik va
savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga ehtiyoj tug‗dirdi va
shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg‗or kishilari matematika, astronomiya,
geografiya, tibbiyot fanlarini chuqur o‗rgandilar. Bu davrning o‗z mazmuni,
salmog‗i, ahamiyati jixatidan Markaziy Osiyo Uygonish davri ham deyiladi.
Uyg‗onish davri madaniyatining o‗ziga xos tomonlari mavjud bo‗lib, ular
quyidagilardan iborat edi.
1. Dunyoviy ma‗rifatga intilish, bu yo‗lda o‗tmish va qo‗shni
mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy -
falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql
kuchiga ishonishdan, asosiy e‗tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish,
haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
3. Insonni ulug‗lash, uning aqliy, tabiiy, badiiy, ma‗naviy fazilatlarini
asoslash,
insonparvarlik,
yuqori
ahloqiy
marosimlar
va
qoidalarni
takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‗yish.
4. Universallik - qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr
madaniyatining muxim tomonlaridan biri edi.
Shu davrda ilg‗or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar–Roziy, Al Kindi,
Muhammad Muso al - Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‗oniy, Beruniy, Abu Ali
ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al -
Xorazmiy Mafotix, Qoshg‗ariy, Yusuf xos Xojib, Mirzo Ulug‗bek, Navoiy kabi
mashhur mutafakkirlarning roli kattadir. Uyg‗onish davri falsafasi tabiiy - ilmiy
fanlar rivoji bilan uzviy bog‗lanib ketgan. Chunki tabiatdagi xodisalar, inson
organizmining xolatidagi o‗zgarishlar sabablarini o‗rganish jarayonida ijtimoiy
fikrda o‗rnashib qolgan olamga aqidaviy - diniy qarashlarga putur yetib, olamning
ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlar ijtimoiy ongda muqim o‗rin egallay boshladi.
81
Bu davrdagi jahonga mashhur olimlardan biri Muhammad ibn Muso al -
Xorazmiy bo‗lib, uning matematika, astronomiya, jo‗g‗rofiya, tabobat,
tarixshunoslik sohasidagi nodir asarlari falsafiy fikrlar rivojiga ham katta hissa
bo‗lib qo‗shildi. Olimning eng mashhur asarlari: «Al - jabr va - l muqobala»,
«Kitob surat al arz», «Yer surati», «Astronomik jadvallar», «Quyosh soati
to‗g‗risida risola», «Hind hisobi haqida risola», «Usturlab qurish haqida kitob»,
«Zij», «Astronomik jadval», «Musiqa bo‗yicha risola», «Tarix bo‗yicha risola»
kabi asarlari uning ilmiy tafakkuri benixoya kengligi, qomusiy alloma ekanligi,
nafaqat o‗z davrining, balki hamma zamonlarning eng buyuk qomusiy olimi
ekanligidan dalolat berib turibdi.
Sharqda va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli xissa qo‗shgan
buyuk allomalardan yana biri Ahmad al - Farg‗oniydir. Farg‗oniyning asosan oltita
kitobi butun dunyoga ma‗lum va mashxur: «Kitob fi usul ilm an - nujum», ya‗ni
«Astronomiya ilmining usullari haqidagi kitob»; «Al - Farg‗oniy jadvallari»; «Oy
Yerning ustida va ostida bo‗lganida vaqtni aniqlash risolasi»; «Usturlab bilan amal
qilish haqidagi kitob»; «Yetti iqlim hisobi»; «Usturlab yasash haqidagi kitob».
Uning ushbu asarlarida koinot xaritasi tuzilgan, Yer va fazoviy sayyoralar hajmi,
iqlimlar, jo‗g‗rofiy kengliklar to‗g‗risida kuzatuvlar orqali asoslangan yangi
ma‗lumotlar berilgan, ilm - fanning yangi yo‗nalishlariga asos solingan. Qo‗lga
kiritilgan ma‗lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda xissiy va aqliy mushohada
mushtarakligi
allomaga
xos
xususiyatlar
sifatida
ilmiy
dunyoqarashni
shakllantirishning muhim omillari bo‗lib keldi.
Abu Nasr Muhammad Forobiy Sirdaryo bo‗yidagi Forob qishlogida tug‗ilib,
o‗z Vatanida va so‗ngra Bog‗dod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo
xalqlari va butun sharqning mashhur faylasufi va olimlaridan biri edi. Forobiy yirik
faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astronom, ximik, medik, psixolog,
musiqa san‗atining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati, fani va falsafasini
egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelshunos, uning falsafasi, tabiiy - ilmiy
nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni
hayotligidayoq «Al muallim as - soniy» (2 - ustoz), ya‗ni 2 - Aristotel deb faxriy
nom bilan atagan edilar. Forobiy Aristotel asarlarini arab tiliga tarjima qilib, unga
sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy
«Falsafani o‗rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga
javoblar», «She‗r san‗ati», «Shoirlarning she‗r yozish san‗ati qonunlari haqida»,
«Ilmlarning kelib chiqishi to‗grisida», «Musiqa haqida so‗z», «Ohanglar tasnifi
haqida kitob», «Masalalar bulog‗i», «Aql to‗g‗risida», «Inson a‗zolari haqida
risola», «Fozil shahar aholisining qarashlari», «Davlat haqida risola» kabi
qimmatli asarlarini bizga meros qilib qoldirdi. Inson aqli tafakkur yordamida
tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy xodisa va jarayonlar moxiyatini, ma‗nosini
82
biladi. Forobiy o‗zining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va
rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va
jamiyatning o‗zaro munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi
masalalarni nazariy jihatdan asoslashga harakat qiladi.
O‗rta asr buyuk olimlaridan biri, ensiklopedist olim, geograf, geolog,
astronom, matematik, filosof, tilshunos, etnograf, tabib Muhammad Ibn Ahmad
Abu Rayxon Beruniy 973 - yil 4 - oktabrda qadimgi Xorazmning markaziy shahri
Qiyotda tug‗ildi. Beruniy o‗z umri davomida 150 dan ortiq asar yaratdi. Shulardan
eng mashhurlari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Ma‗sud qonuni»,
«Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy o‗z davrida
tajribaviy bilimlarni puxta egallagan olimlardan bo‗lib, bu uning tabiiy - ilmiy va
falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan
hisoblanadi.
Umuman, Beruniyning tabiiy - ilmiy merosi, aniq fanlar bo‗yicha ko‗targan
muammolari o‗z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya‗ni falsafiy
dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Beruniy o‗z astronomik
jadvalida olamning markazi Yer emas, balki quyoshdir, hamma planetalar, shu
jumladan Yer ham quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik gipotezani olg‗a
surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug astronom
Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali
ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan Yer ham
o‗zaro tortishish kuchiga ega, degan xulosaga keladi. Uning bu ilmiy taxmini
XVIII asr boshida ingliz olimi Nyuton kashf etgan butun dunyo tortilish qonuni
bilan ilmiy jixatdan asoslandi.
Firdavsiyni Shohnoma dostonini yozishdan maqsadi fors zaminidan arab
tilini siqib chiqarish bo‗lgan. Buni Fitrat o‗z maqolasida keltirib o‗tgan. Fors
tilining bu silkinishi Eron shoiri Firdavsiyning arabchalikka qarshi qaynag‗an,
qizig‗on eronli bir millatchi edi. O‗ttiz yil tirishdi, dongli «Shohnoma» kitobini
yozib chiqardi. «Shohnoma» yozib chiqaruvdan Firdavsiyning ikkita tilagi bor edi:
Eron ulusining arabdan sovutib, eronli tuyg‗usini bermak va arab tilini Erondan
surib chiqarmoq. Yana shuning uchundirki, Eronda arabcha hokim bo‗lg‗onir
zamonda yozilg‗on «Shohnoma»da arabcha so‗zlar yo‗q darajada ozdir. Firdavsiy
bu ikki tilakni bilib, onglab, ishga kirishganini bildirmakchi o‗lib, yozadirkim: Bas,
ranj burdam soli si, Amam zinda kardam ba dini forsiy — demishdir. Turkchasi:
Bu o‗ttiz yil ichida ko‗p emkardim (azob chekmoq), Eronni forsicha yozganim shu
kitob ila turgizdim, demakdir. Forsi ishda shunday qilib yoqasini qutqormish.
Lekin, bizning baxtsiz turkchamiz bir Firdavsiy yetishtira olmamish.
Alisher Navoiyning Saddi Iskandariy‖ dostoni dunyodagi buyuk
siymolardan biri, uch sohibqironning eng mashhuri jahongir Iskandarga
83
bag‗ishlangan bo‗lib, "Xamsa"ning yakunlovchi dostonidir. Sharqda u Iskandar
Zulqarnayn (ikki shoxli yoki kun chiqish va kun botish hukmdori) nomi bilan
mashhur. Dastlab Iskandar mavzusi Firdavsiyning ―Shohnoma‖ dostonida qalamga
olingan. Keyinroq Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus ―Iskandarnoma‖ degan
doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob tarzida ―Oyinayi Iskandariy‖
asarini yozgan bo‗lsa, Abdurahmon Jomiy o‗z dostonini ―Xiradnomayi Iskandariy‖
deb ataydi. Alisher Navoiy esa bu mavzuni turkiy tilda qayta ishlab, o‗z asariga
―Saddi Iskandariy‖ (―Iskandar devori‖) deb nom beradi. ―Saddi Iskandariy‖
―Xamsa‖dagi eng yirik doston bo‗lib, 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan.
Dostonning muqaddimasi 14 bobni o‗z ichiga oladi
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani va Uyg‗onish davri madaniyatining
yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e‗zozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar
yozdi. Uning yozgan asarlari ilm–fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan
242 tasi bizgacha yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot,
tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruxshunoslikka
bag‗ishlangan. Ibn Sino o‗z asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini
dunyo madaniyatlarining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham
«Shayxurrais» - «Olimlar boshlig‗i» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy
falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobul insof», «Kitob al
qonun fittib» kitoblaridan iborat. Ibn Sino «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5
xil ilmni–mantiq, tibbiyot, astronomiya, musiqa, iloxiyotni o‗z ichiga oladi. Ibn
Sino o‗z zamondoshlari singari Allohni olamni yaratgan birinchi sabab hisoblaydi.
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir,
u shaklini o‗zgartirishi, bir ko‗rinishdan ikkinchi ko‗rinishga o‗tishi mumkin, lekin
uning o‗zi - materiya yo‗qolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va
sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam
to‗grisida falsafiy fikrlarga ega bo‗ladi. Ibn Sinoning fikricha, olamda zaruriy
vujud va imkoniy vujud bor bo‗lib, ularning birinchisi hech narsaga bog‗liq
bo‗lmagan bir butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va hamma narsani biluvchi
Tangridir. Ikkinchisi imkoniy vujud bo‗lib, u tangridan kelib chiqadi va uni
namoyon etadi. Bu kelib chiqish emanatsiya tarzida, ya‗ni quyoshdan chiqayotgan
nur shaklida mavjud bo‗lgan aql, jon va jism, ular bilan bog‗liq holda osmon
jismlari kelib chiqadi. Bu javhar (cubstansiya) bo‗lib, undan tashqari borliqda araz
(aksidensiya), ya‗ni narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xidi va boshqa xislatlari
mavjud. Jism shakl va materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun
bo‗lgan tabiat o‗z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy
xodisalar sababli boglanishga ega bo‗lib, ularni o‗rganish mumkin.
O‗rta asrlarda yashab ijod qilgan yana bir olim Abu Abdulloh al - Xorazmiy
edi. Uning bizgacha yetib kelgan «Mafotix al - ulum» («Ilmlar kalitlari») asari
84
bo‗lib, unda o‗rta asrlardagi fanlarning rivojlanishi va holatini ancha mukammal
aks ettirgan. Muallif asarda o‗z davridagi har bir fanning mazmunini, uning
atamalarini sharhlash yo‗li bilan tushuntirib beradi. Ushbu asarda falsafa, mantiq,
tib, ilmu - nujum, musiqa va boshqa fanlarning asoslari berilgan, al - Xorazmiy
o‗sha davrda yuqori darajada rivojlangan fanlarni ma‗lum tartibga tushirish va
tasnif qilishni o‗z oldiga vazifa qilib qo‗yadi.
Abu Abdulloh al - Xorazmiy falsafaning nazariy qismiga tabiatshunoslik
fanlarini, amaliy qismiga etika, siyosatshunoslik va boshqaruvni qo‗yadi. Zaruriy
borliqni xudo va uning qudrati (birinchi sabab) bilan izohlasa, imkoniyat
darajasidagi borliqni moddiy olam va undagi sababli bog‗lanishlar bilan izohlaydi.
Materiya uning nazarida 4 unsurdan tashkil topadi va ular fazo va vaqtda mavjud
bo‗ladi. Harakat materiyaning atributi ekanini tan oladi. Ammo u aql, ruh, jon kabi
nomoddiylik bor, deb hisoblaydi. Aqlni «faol aql», «moddiy aql» va
«o‗zlashtirilgan aql»ga bo‗ladi.
Geografik determinizmdan bahs etib, ushbu mulohazalarni o‗rtaga
tashlashimizdan maqsad quyidagi fikrlarni aytishdir. Agar bugun geosiyosat yoki
siyosiy geografiyadan so‗z ketsa, ko‗pchilik mutaxassislarimiz birdaniga g‗arbdagi
qaysidir davlatda qachondir yashagan olimning bu boradagi sistematik fikrlarini
keltirishadi. Aytmoqchimizki, zamonaviy geosiyosat yoki siyosiy geografiya
asosida turuvchi geografik determinizm borasida o‗zimizda ham yetarli manbalar
mavjud. Ularni G‗arb dunyosi bizdan ko‗ra oldinroq o‗rganib bo‗lishgan. Bugun
esa ular yangicha ko‗rinishlarda yana bizga qaytib kelmoqda.
Umuman olganda uyg‗onish davri haqida gap ketganida quyidagi geografik
omillarni hisobga olish zarur. Avvalambor Xalifalik yagona hudud sifatida
birlashtirildi; Atlantika sohilidan (Piriney yarim oroli) Qashqargacha bo‗lgan
hududda yagona fuqarolik o‗rnatildi; yagona boj - soliq tizimi joriy etilishi turli
xalqlarning erkin - emin harakatlanishini, tajriba almashishini ta‗minladi; ilmiy
markazlar tashkil etilib turli xalqlarning ulamolari bu markazlarga taklif etildi;
yagona tilning joriy etilishi ular o‗rtasida ilmiy aloqalarning yanada kuchayishini
ta‗minladi
Do'stlaringiz bilan baham: |