Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar instituti



Download 77,13 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi77,13 Kb.
#715537
  1   2
Bog'liq
Ijtimoiy va tadbiqiy psixologiya


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar instituti. S2-21 AP guruh talabasi
Azimova Gulposhshoning

MUSTAQIL ISHI

Reja:
1. Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari


2. O’zbekistonda ijtimoiypsixologik tadqiqotlarning o’rni va istiqbollari
3. Ijtimoiy-psixologik bilimlarning uch nazariy manbasi
“Sotsial psixologiya” darsligining “Ijtimoiy psixologiya” qismida shaxs taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan omil va jihatlar, jumladan, undagi fikrlash jarayonlari, insondagi fikrning mustaqilligi, tashqi ijtimoiy muhitga kirishib ketishi, jamiyat normalari va ijtimoiy rollarni o’zlashtirishi, guruhda (sport jamoasida) o’zini tutishi, professional yuksalishiga turtki bo’luvchi muhim omillar, ya’ni ma’naviyati, mafkurasi, axborot xavfsizligi, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi, shaxslararo munosabatlar va nizolar kabi qator masalalar yoritilgan.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o’ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, ijtimoiy psixologiya o’z uslubiyati, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so’z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V.Makdugall o’zining “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa “Ijtimoiy psixologiya” deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan – ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi.
Ikkala muallif ham – biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bo’lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg’unlikda o’rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan. To’g’ri, mazkur mualliflarning har xil fan sohasining vakili ekanligi, ularning ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiatini yoritishga nisbatan o’ziga xos qarashlarining mavjudligi va bunday yondashuv to hozirgacha davom etayotganligiga asos bo’ldi. Rus olimasi G.M.Andreyeva ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi – psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi, – uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o’z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo’lsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog – konkret olingan shaxs psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonunqoidalariga tatbiq etishga harakat qiladi. Nima bo’lganda ham, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo’lib ajralib chiqishiga sabab bo’lgan ilmiy manbalar ikki fan – psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida ma’lum muammolarning yechilishi uchun yana qo’shimcha alohida fanning bo’lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi.
Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan olim yoki izlanuvchining kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv – psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Demak, bu fanning tug’ilishi, o’z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo’lgan sotsiologiya va psixologiya fanlari aslida uning “ota – onalaridir”. Umumiy holda, hozirgi kunda uning predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g’oyalar, his-tuyg’ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir.
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o’ziga o’xshash shaxslar bilan o’rnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo’ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish – ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir.
Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga binoan, ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Yetuk kadr bo’lish uchun shaxs nafaqat o’z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo’lmog’i, ijtimoiy faoliyatni boshqarishning, odamlar bilan turli jamoalarda ishlash, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishga oid ilmiy qonuniyatlar va qoidalarni mukammal egallamog’i zarur. Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog’lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo’lidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi – barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tatbiq etishdir. Bu o’rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o’rganish eng dolzarb masalalardandir.
Xo’sh, bugungi kunda ijtimoiy psixologiya fan sifatida o’z bahs mavzusini va predmetini qaysi obyektlarga qaratmoqda?

Download 77,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish