Ma’naviyat va ma’rifatning qadimiyligi Ma’naviyatning shakllanish jarayonlari bosqichlari II bob Ma`naviyatning vujudida kelishi



Download 52,83 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2022
Hajmi52,83 Kb.
#450367
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`naviyatning vujudida kelish va dastlabki rivojlanish bosqichlari




Ma`naviyatning vujudida kelish va dastlabki rivojlanish bosqichlari


Kirish
Asosiy qism
I bob Ma`naviyatning vujudida kelish va dastlabki rivojlanish bosqichlari
1.1 Ma’naviyat va ma’rifatning qadimiyligi
1.2 Ma’naviyatning shakllanish jarayonlari bosqichlari
II bob Ma`naviyatning vujudida kelishi
2.1 Insoniyat tarixiy taraqqiyotida ma'naviyatning vujudga kelishi va rivojlanish xususiyatlari.
2.2 Ma'naviyat rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan bog‘liqligi.
Xulosa
Adabiyotlar

Kirish
Ma’naviyat va ma’rifat sohasida Respublikamizda diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilayotir. Natijada, O’zbekiston aholisi yangi insonparvar, demokratik huquqiy davlatni barpo etishga, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalab voyaga etkazmasdan turib erishish mumkin bo’lmasligini kun-sayin sezib turmoqda.
Binobarin, «Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma’rifatning.... o’rni beqiyos»1
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan Farmonlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro yaqinligi ko’rsatilib, ularning o’z o’rnidagi ahamiyatlari ta’kidlangan. Jumladan, Respublika Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 iyundagi qarorida targ’ibot ishlariga jiddiy ahamiyat qaratilib, «Sotsiologik tadqiqotlar, so’rovlar o’tkazish orqali o’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish» nazarda tutilgan.
Ma’naviyat, ma’rifat bu bir butunning ikki tomonidir. Ma’naviyat muayyan ijtimoiy tuzum zamirida rivojlanadi. Har bir ijtimoiy taraqqiyot bosqichida o’ziga xos ma’naviyat xususiyatlari tarkib topganki, uni tarix zarvaraqlarini ochib tahlil qilganda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat va ma’rifat o’sha ijtimoiy hayotda o’z aksini topgan va shu hayotga gohida salbiy, gohida ijobiy ta’sirini ko’rsatgan. Binobarin, ijtimoiy borliq insoniyat hayotida etakchi o’rinni egallasa ham aslida insonlarning ongli faoliyati, ma’naviy xislatlari, shu borliqni o’zgartirishga olib kelgan. Shuni ta’kidlash kerakki, hamma vaqt ham kishilarni moddiy taraqqiyot yuksak ma’naviyatli qilib boravermaydi. Boy bo’lib ketgan insonning hammasi ham birdaniga yuksak ma’naviyatli bo’lgan emas. Inson ma’naviyati ma’lum tarixiy, ijtimoiy zamin asosida, atrof-muhit, shart-sharoitdan kelib chiqib takomillashadi.
Ma’naviyat manbalari «Avesto», islomiy fikrlar, o’tmishning ilg’or qadriyatlari, udumlar, Qobusnoma, Temurnoma, Zafarnoma, Hotamnoma, Boburnoma, Shayboniynoma, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Ibn Sinoning «Donishnoma», Bahovuddin Naqshband tariqati, Abu Nasr al-Forobiyning falsafiy qarashlari, Amir Temur o’gitlari va boshqa minglab asarlar ma’rifat orqali aholiga singdirilgan. Demak, xalqimiz azaldan ma’rifatga intilgan ekanki, bu bebaho ma’naviyat maskanlarini, madaniy yodgorliklarni, udum va qadriyatlarini ko’z qorachig’iday saqlab kelmoqdalar. Go’zal va nafis obidalarni me’morchilik sirlarini esa avloddan-avlodga o’tkazib, meros sifatida e’zozlaydilar.
Ma’naviyatning tarkib topishi xalqimizga monand bo’lgan udumlarda ham o’z mazmunini topgan. Udumlarimiz bolalarda beg’uborlik, o’smirlikda barkamollik, insoniylikda kamolot va e’tiqod kabi hayotiy jarayonlarni shakllantiradi. Ma’naviy udumlarimizdan turli o’yinlar, ashulalar, ko’pkari, kurash, dasturxon yozish, hashar, fotiha qilish, yaxshilik qilish, hayitlar, sovchilik, to’ylar, to’yonalar, ont ichish, irimlar, xudoyi, xayr sadaqa, ibodat va boshqa sohalar ma’naviyatni tabiiy shakllantirish sohalaridek tuyilsa ham, ularni insonga singishi ma’rifatga borib taqaladiki, bu sohalar ma’rifatsiz insonga singmaydi. Ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi uzoqlik nisbatandir. Ularni bir-biridan ajratish aslo mumkin emas. Ma’naviyat birlamchi, ma’rifat ikkilamchi deyish ham bu asnoda o’rinsizdek. Organizm yarimta bo’lmagani singari ma’naviyat ma’rifatsiz bir butun bo’la olmaydi. Bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi davrda mustaqilligimizni mustahkamlash davrida, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish hammaning ishi va burchidir. Allomalarimiz ta’kidlaganlaridek, «Najot ma’rifatdadir». Umuminsoniy ma’naviyat bilan umuminsoniy ma’rifat birikkanda jamiyat taraqqiyoti yanada yuksaladi.


Download 52,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish