74
Geosiyosat
nazariyasidan
bahs
etib
geografik
determinizmga
to‗xtalishimizning boisi geosiyosatning
nazariy manbalari, prinsiplari yoki
kategoriyalari nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham deterministik shukuh
bilan hamnafas. Geografik determinizm geosiyosat nazariyasining muhim bir
manbasidir.
Shuningdek, u dunyoni bilishga nisbatan insoniyat tafakkurining
qadimiy ko‗rinishlaridan biri hisoblanadi. Tarix va insoniyat turmush tarziga
geografik muhitning ta‗sir etishi borasidagi g‗oyalarning shakllanishi qadimgi
davrlarga borib taqaladi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» da zardushtiylikning Vatani –
Aryanem Voychax (Xorazm), Bahdi (Baqtriya), Mouru (Marg‗iyona), Gava
(Sug‗diyona) shaharlari nomma - nom zikr etilgan va ularning geografik joylashuvi
haqida qimmatli mulohazalar berilgan. Agar zardushtiylik dinining eramizdan
oldingi VIII - VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida yuzaga kelganligini e‗tiborga
olsak, bizning ajdodlarimiz ham o‗zlarining turmushlarida
geografik determinizm
elementlariga alohida munosabatda bo‗lganligiga amin bo‗lamiz.
Yozma manbalarda guvohlik berilishicha, miloddan avvalgi VIII - VI
asrlarda O‗zbekiston hududida so‗g‗diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar,
sak va
massaget elatlari yashashgan. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik
bilan shug‗ullanuvchi ko‗plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud
So‗g‗diyona deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‗troq dehqon
elatlari xorazmliklar bo‗lgan. Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi,
Afg‗onistonning Shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan.
Xorazm, So‗g‗diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg‗uloti o‗sha vaqtda
sun‗iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilik edi.
Agar ushbu davlatlarning
joylashgan o‗rniga e‗tibor beradigan bo‗lsak barchasida geografik omillar
birlamchi asos talab etgan: daryo bo‗ylarida, jilg‗alar bo‗ylab, tog‗oldi vohalarida
va shu kabilar.
Miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati
Markaziy Osiyo hududida Qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg‗iyona,
So‗g‗diyona Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta‗sirida bo‗lgan. Shuning uchun u
qadimda bir - biriga qarindosh bo‗lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan.
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari
va O‗zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta‗sirida
bo‗lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‗rg‗on va Afrosiyob o‗rnida
Baqtriya va
So‗g‗dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O‗zbekiston hududida
eng qadimgilari bo‗lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas.
Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat
Xorazmdan tashqarida bo‗lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm
markazlaridan biri Ko‗zaliqir shahri bo‗lgan. U qalin va mustahkam mudofaa
75
devorlari bilan o‗ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg‗ul bo‗lgan
aholisi turli
xil uy - qo‗rg‗onlarda va qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda
hunarmandchilik, binokorlik va savdo - sotiq yuksak darajada rivojlangan.
Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug‗i o‗zga
yurtlarga ham tarqalgan edi. Shaharlarda savdo - sotiq rivojlangan. Xorazmliklar
mohir
quruvchi, hunarmand va dehqon bo‗lganlar. Shunday qilib, miloddan
avvalgi IX - VIII asrlarda O‗zbekiston hududida ilk temir asriga o‗tish boshlangan.
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud
bo‗lgan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan.
Qadimgi Sharq
mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o‗rnatilgan. Qadimgi davrda O‗zbekiston
hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan
ziroatchiligiga asoslangan edi.
Miloddan avvalgi VI asr o‗rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan
bo‗lgan Ahamoniylar tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari
kirgan imperiya barpo etishga kirishadi. Kir II Markaziy Osiyoni bosib olishga
harakat qilgan ilk fors hukmdori hisoblanadi. Old
Osiyodan boshlangan ulkan
saltanatni boshqarishda ular satraplik tizimi joriy qilishadi. Markaziy Osiyo esa o‗z
navbatida uchta satraplikka bo‗linadi. Keyinchalik bu hududda Makedoniyalik
Aleksandr o‗z hukmronligini o‗rnatadi. Bu intilishlardan maqsad shuki Markaziy
Osiyo, Old Osiyo, Shimoliy Afrika, Yunon - Rimni Sharqdagi Xitoy va Hind bilan
bog‗lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: