76
Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʼlovchi yoʼllar tizimini «Ipak yoʼli»
deb atagan, keyinchalik «Buyuk ipak yoʼli» atamasi qabul qilingan.
Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‗li tufayli Sharq va G‗arb
mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‗lganlar. G‗arb
mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan
madaniyatini o‗zlari uchun kashf qildilar. Markaziy Osiyo hududlarida antik
davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yoʼli bilan uzviy bogʼliqdir.
Xususan, mil. avv. II asrdan boshlab Xitoy va Oʼrta
Osiyo tarixiy-madaniy
viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Fargʼona, Soʼgʼd va
Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yoʼli rivojlanib borgan sari savdo-sotiq
va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib (I-VI
asrlar), Oʼrta Osiyo orqali oʼtuvchi Ipak yoʼli tarmoqlari nazoratini mahalliy
soʼgʼdiy aholi qoʼlga oladilar. Qoʼshni davlatlar ham Ipak yoʼlidan manfaatdor
boʼlganligi sababli ilk oʼrta asrlarda Eron va Vizantiya hukmdorlari soʼgʼdiylar
bilan qonli kurashlar olib bordilar.
Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilgʼor madaniyatli davlatlari
asosan toʼrttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga boʼlinar edi. oʼarbda
Britan orollaridan sharqda Tinch okeani sohillarigacha choʼzilgan bu zabardast
saltanatlar insoniyat tarixida birinchi boʼlib «Buyuk ipak yoʼli» deb nomlanuvchi
yoʼl bilan bogʼlandilar. Ipak yoʼli rivojlanib borgan sari podsholarning oʼzaro
elchilar
yuborishlari, bir-birlariga har xil sovgʼalar inʼom etishlari anʼanaga
aylandi. Savdo-sotiq misli koʼrilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek,
Sharq bilan oʼarb madaniyatining bir-biriga taʼsiri kuchaydi. Davlatlar
rivojlanishidagi koʼplab madaniy oʼxshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.
Buyuk ipak yoʼli boʼylab koʼplab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu
yoʼldan borayotgan savdogarlar koʼpincha yoʼlning oxirigacha bormas edilar. Oʼrta
Osiyo viloyatlari bu yoʼlning oʼrtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm,
Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda oʼz mollarini sotib, mahalliy
mahsulotlarni xarid qilar edilar. Oʼrta asrlar Oʼrta
Osiyo bozorlarida chetdan
keltirilgan koʼplab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yoʼli ustidagi
koʼhna shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida
topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir.
Mil. avv. II asrda paydo boʼlib, milodning XVI asriga qadar faoliyat
koʼrsatgan Buyuk ipak yoʼli shu davr ichida Sharq va oʼarb
xalqlarining keng
miqyosidagi oʼzaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida katta ahamiyatga ega
boʼldi. Bu yoʼl orqali aloqalar qilgan qadimgi xalqlarning oʼzaro hamkorlik,
almashinuv va madaniyatla-rining boyib borishi, tinchlik va taraqqiyot uchun asos
boʼlib xizmat qildi. Oʼzbekiston hududlari bu yoʼlning chorrahasida joylashgan
77
boʼlib, bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar,
hunarmandlar, olimlar va
meʼmorlar tashrif buyurgan-lar.
YuNESKO tomonidan «Buyuk ipak yoʼli-muloqot yoʼli» dasturining ishlab
chiqilishi Yevrosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar
ilmiy-madaniy faoliyati uchun yoʼnalish boʼldi. Respublikamiz hududlarida ham
ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida koʼpgina tarixiy-madaniy
obidalar oʼrganildi, qadimgi yoʼllar va yoʼnalishlar aniqlandi, milliy va maʼnaviy
boyligimiz hamda anʼanalarimiz oʼrganildi. Juda koʼpchilik tadqiqotchilar ishtirok
etayotgan «Buyuk ipak yoʼli-muloqot yoʼli» dasturining
asosiy vazifasi Sharq va
oʼarb xalqlari oʼrtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar oʼrnatgan hamda
rivojlantirgan bu yoʼlni xalqlarning birodarlik, oʼzaro hamkorlik va samimiy
muloqot yoʼliga aylantirishdan iboratdir.Kushon davlati haqida shuni aloxida
takidlash joizki, davlat bir nechi hududlar va ko‗plab
qadimgi xalqlarni
birlashtirgan. Uning tarkibida Markaziy Osiyo, Xuroson va Hindning ma‗lum bir
qismi birlashtirilgan edi. Ular orasida o‗zbek xalqi ajdodlari ham kushon
madaniyati yuksalishiga o‗z xissasini qo‗shgan. Kushon davlati IV asrlarga kelib
og‗ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan ajraldi. Bu
vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: