56
geosiyosatchi olimi, Lev Nikolayevich Gumilyevning qarashlarida ilmiy jihatdan
asoslangan.
L.N. Gumilyov hech qachon o‗zini geosiyosatchi deb atamagan. Shu bilan
birga, Gumilyov ushbu fan vakillari bilan o‗zining
geografik va tarixiy
yondashuvi, butun millatlar va millatlarning yer yuzidan paydo bo‗lishi va yo‗q
bo‗lib ketishi, chegaralarning o‗zgarishi haqidagi savollarga javob izlashi bilan
aniq bog‗liqdir.
Gumilyovning buyuk ruslar nisbatan ―yangi‖ va ―yosh‖ etnos ekanligi, o‗z
atrofida Rossiya-Yevrosiyo yoki yevroosiyo imperiyasining ―superetnosini‖
birlashtirganligi haqidagi fikri juda muhimdir. A.Dugin Gumilyovning
yevrosiyachiligidan quyidagi xulosalarni chiqaradi:
1. Yevroosiyo - bu to‗laqonli "mahalliy rivojlanish", etnogenez va madaniy
genezisning serhosil boy tuprog‗idir. Jahon tarixi ko‗p qutbliligi bilan ajralib turadi
va shimoliy va sharqiy Yevroosiyo G‗arbga sayyora sivilizatsiyasi jarayonlarining
muqobil manbai hisoblanadi.
2. Buyuk Rossiya davlatchiligining asosini tashkil etgan O‗rmon va
Dashtning geosiyosiy sintezi Osiyo va Sharqiy Yevropani madaniy va strategik
nazorat qilishning asosiy voqelikidir. Bunday nazorat Sharq va G‗arb o‗rtasidagi
uyg‗un muvozanatni ta'minlashga yordam beradi. G‗arb sivilizatsiyasining
madaniy cheklovlari (O‗rmon), hukmronlikka intilishi bilan Sharq (Dasht)
madaniyatini to‗liq
tushunmaslik bilan birga, faqat mojarolarga olib keladi va
g‗alayonlarga sabab bo‘ladi.
3. G‗arb sivilizatsiyasida ―qadimiy‖ etnik guruhlarning konglomerati
bo‗lgan etnogenezning so‗nggi pasayish bosqichida tortishish markazida bo‗lgan
yosh avlodlarga o‗tishi shart.
4. Shuningdek, yaqin kelajakda qandaydir oldindan aytib bo‗lmaydigan va
kutilmagan ―passionar turtki‖ paydo bo‗lishi mumkin, bu sayyoramizning siyosiy
va madaniy xaritasini keskin o‗zgartiradi, chunki ―odatlarga‖ asoslangan etnik
guruhlarning hukmronligi uzoq davom eta olmaydi.
Yevroosiyochilik g‗oyasini neoyevroosiyochilik tarzida rivojlantirgan va bu
borada salmoqli ilmiy natijalarni qo‗lga kiritgan rus olimi A.G.Dugindir.
Aleksandr Gelevich Dugin 1962 - yilda Moskva shahrida harbiy oilasida tug‗ilgan.
A.Dugin kapitalizm va kommunizm o‗rtasidagi qandaydir oraliq tuzumni yaratish
g‗oyasi bilan mashg‗ul bo‗ladi. Uning fikricha, bunday
tuzumni yaratish uchun
faqatgina jozibador mafkura emas, balki kuchli ijtimoiy harakat ham zarur.
Neoyevroosiyochilikning ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasidagi muhim jihat shundaki,
u yevroosiyo pozitsiyasidan turib yevropa yoki roman - german madaniyatini
tanqid qilish emas, balki anglosakson dunyosiga, jumladan,
AQShni tanqid
qilishga yo‗naltirilgan.
57
A.Dugin nazariday yevroosiyochilik harakatining platformasi quyidagi
tushunchalarni o‗z ichiga oladi: - ideokratiya, davlat va har bir fuqaroning oliy
ruhiy maqsadga xizmat qilish mas‗uliyatidan iborat. Davlat ahamiyatiga ega
bo‗lgan ushbu oliy ruhiy maqsad yevroosiyochilikdir;
- yevroosiyocha tabiiy tanlanish, Yevroosiyoga xos tabiiy shart - sharoitlari‖dan
kelib chiqadigan va jamoaviy mas‗uliyat, xolislik, o‗zaro yordam, asketizm, iroda,
chidamlilik, boshliqlarga so‗zsiz bo‗ysunish singari xususiyatlarni o‗z ichiga olgan
o‗ziga xos axloqiy meyorlar talab etadigan tushunchani anglatadi. Faqat ana shu
xususiyatlargina yevroosiyochilarga butun Yevroosiyo
makonini egallashni
yakuniga yetkazish va nazorat o‗rnatishni ta‗minlaydi.
- demotiya (o‗zgacha sharoitlarda shakllangan g‗arbcha, yunon - angliya
demokratiyasidan farqli o‗laroq) zararli liberal demokratiya meyorlarini
ko‗chirmasdan, mahalliy kengashlar, o‗z-o‗zini boshqarish va dehqon uyushmalari
vositasida hokimiyatda ishtirok etish yo‗lidan borishi kerak. Demotiya iyerarxiyani
inkor etmasdan, yevroosiyodagi avtoritarizm‖ bilan uyg‗unlashib ketadi.
A.Dugin mumtoz yevroosiyochilarning g‗oyalarini rivojlantirishdan tashqari
neoyevroosiyochilikni quyidagi konseptual g‗oyalar bilan boyitishga erishadi:
- bugungi dunyoning muqarrar ravishda to‗liq inqirozga yuz tutishi g‗oyasi;
- zamonaviy ratsional madaniyatni irratsional arxaik udumlar,
afsona va qadimgi
dinlar orqali talqin etish;
- lingvistik, epigrafik (runologiya), folklor va boshqa qadriyatlar asosida
Yevroosiyo xaqlarining dastlabki muqaddas va betakror dunyoqarashini tiklashga
intilish, umumiy ildizlar va umumiy makon - zamon qoidasini izlash;
- G‗arbda rivojlangan geosiyosiy g‗oyalarni (X.Makkinder, K.Xausxofer,
Y.Loxauzen, N.Spikmen, Z.Bzejinskiy, J.Triar, K.Shmitt) ―Quruqlik va ―Suv,
Sharq va G‗arb o‗rtasidagi ziddiyat ruhida, atlantizm va globalizmga qarshi talqin
qilish;
- mondializm va globalizmga umumbashariy miqyosda qarshi tura oluvchi
muqobil variant topish
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: