Mavzu: Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati



Download 1,77 Mb.
Sana09.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#762259
Bog'liq
BSSTI. Mirzajonova Umidaxon
2 5328280588547789924, Tashakkurnoma, BANK ISHI TALABALAR RUYXATI, МБХ савол ва топшириклар., Мустақил иш мавзулари, Vaqtinchalik jurnal, Topshiriq 1, Презентация 1, yoritilganlik qonunlarini organish, Лаборатория иши 4, file (2), Снимок экрана 2021—11—15 в 09.55.59, 2 5382304869040263743, Rasmiy statistika taqvimi, Maqola raqamli texnologiyalar

Farg’ona davlat universiteti MT va BT fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 20.36-guruh talabasi Mirzajonova Umidaxonning Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati

Reja: 1.Tarbiyaviy ishlarni boshqarishda sinf rahbarining o‘rni. 2.Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilishda o‘qituvchining pedagogik mahorati. 3. Ota-onalarga pedagogik bilim berish shakl va rejalari.

Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o’tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish vazifasi, asosan, o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Bu, o’z navbatida, maktab ishini boshqaradigan rahbarning faoliyati bilan bog’liqdir. Qaysi maktabda ichki va tashqi nazorat ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari ham izchil bo’ladi. Pedagoglar jamoasi ishini sistemali nazorat qilish, bir tomondan, har bir o’qituvchining o’z ishi uchun mas’uliyatini oshiradi hamda o’z ishida kamchiliklarni vaqtida aniqlash va tuzatish imkonini beradi.

Maktab ichki nazoratining bir qancha yo’l-yo’riqlari mavjud. Ularning birinchisi maktab direktori va ilmiy bo’lim mudirining darslarga kirishlari, darslarni va mashg’ulotlarning boshqa shakllarini tahlil qilishlaridir. Maktab direktori va ilmiy bo’lim mudiri darslarga muntazam kirib turishlari shart. Buning uchun ular yil davomida darslarga kirish rejalarini tuzadilar hamda tartiblarini kelishib oladilar.Direktor va uning o’rinbosari bolalar bilan olib boriladigan o’quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga rahbarlik qiladilar va ularni tekshirib turadilar.

Maktab ichki nazoratini o’rganiladigan masalaga qarab, asosan, ikki guruhga bo’lish mumkin: a) maktab ishlarini tematik nazorat qilish; b) maktab ishlarini kompleks (frontal) nazorat qilish.

Maktabdan va oiladan tashqarida tarbiya berish

Sinf rahbari yoki guruh murabbiysining tashkiliy-tarbiyaviy vazifalari ko‘p qirrali va mas’uliyatli hisoblanadi.

Sinf rahbari (guruh murabbiysi) sinf, guruhlarda barcha sinfdan tashqari tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi va o‘tkazadi. U respublikamizning tashqi va ichki siyosati, iqtisodiyoti, ma’naviyati va boshqa ijtimoiy munosabatlariga oid Prezidentimiz farmonlari, hukumat qarorlarini, turli idoralarning ko‘rsatmalarini o‘quvchi va talabalarga etkazish va bularga amal qilish borasida sistemali tadbirlar uyushtiradi. U sinf va guruhlarda jamoaga asoslangan ishlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirishi va bu borada qaytariqlar, uzilishlar bo‘lmasligi uchun ularni muvofiqlashtirishi kerak. Sinf rahbari va guruh murabbiylarining vazifasi o‘quvchi-talaba yoshlarga yo‘naltirilgan barcha ta’sirlarni tashkil etish, rag‘batlantirish,markazlashtirishdan iborat. Ushbu sinfda, guruhda mashg‘ulotlar olib boruvchi o‘qituvchilar, kasb ustalari faoliyati bo‘yicha yagona talablar tizimini ishlab chiqish, yo‘naltirish, muvofiqlashtirish, tashqi dunyo bilan o‘quvchi-talaba yoshlarni bevosita bog‘lashdan iborat.

«Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u holda uni har tomonlama bilishi ham zarur». Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning ushbu fikri har bir sinf rahbari va guruh murabbiysi uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi kerak.


Muvaffaqiyatli ishlash uchun tarbiyalanuvchini doimo o‘rganib borish zarur. O‘quvchilarni o‘rganish pedagogdan har bir shaxs psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashni, buning uchun pedagogik tadqiqotlar prinsiplari va metodlarini o‘zlashtirishni talab etadi.
Muayyan shaxs to‘g‘risida, uning xarakteri, qobiliyati, sog‘lig‘i va boshqa xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun uni tabiiy sharoitda, uning hayotiy faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq holda o‘rganish muhimdir. Doimiy qonuniyat – o‘rgana borib tarbiyalash, tarbiyalay borib o‘rganishga e’tiborni qaratmoq lozim.
O‘quvchini o‘rganish dasturi, avvalo, bolaning oila sharoiti, oila tarkibi, uning moddiy sharoiti, an’analari va oilaviy munosabatlar, o‘quvchiga yaratilgan sharoit, shuningdek, ota-onalar sog‘lig‘i, uydagi muhit va boshqalarni ham hisobga oladi. Bolaning ota-onasiga, o‘qituvchilarga, sinfdagi o‘rtoqlariga munosabati, mehnat va ijtimoiy ishlardagi ishtiroki, o‘zaro yordam munosabatlaridagi o‘rni, shaxs qobiliyati va talanti, uning xotirasi, diqqati, fikrlash quvvati, qanchalik tez yoki sekin o‘zlashtirishi, darsdan tashqari mashg‘ulotlari, qaysi sport turiga qiziqishi va boshqalarni o‘rganish kerak.
Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu ish agar sistemali tarzda va ilmiy asoslangan holda, sinf rahbarining umumiy faoliyati bilan birga qo‘shib olib borilsa, muvaffaqiyat keltiradi.
Ota-onalar bilan ishlash tizimining asosiy elementlari oilani o‘rganish, uning urf-odatlari, an’analari, oilada ota-ona hamda kattalarning o‘rni, mikroiqlim, undagi tarbiya xarakteri, bola tarbiyasida ota yoki onaning o‘rni, bola tarbiyasida oilaviy hamkorlik, maktab va ota-onalar o‘rtasidagi yagona talablarga rioya qilish, ota-onalar o‘rtasida kundalik yangiliklar muhokamasi, maktab va oila o‘rtasida bola rivojlanishi to‘g‘risida o‘zaro axborot almashib turish, birgalik-da qarorlar qabul qilish, zarur pedagogik yordam, maslahatlarni uyushtirib turish, ota-onalarni sinf va maktabdagi turli tarbiya mavzusidagi tadbirlarga taklif etish, jamoatchilikni oila va maktab hamkorligiga keng jalb etishdan iborat.

Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari yagona talablar asosida o‘zaro ishonch, hurmat, ishchan munosabatlarga tayanib yo‘lga qo‘yilishi kerak.

E’tiboringiz uchun rahmat 😊!


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti