Beruniyning “Qadimgi xaqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi afsona va rivoyatlar janriga oid ma’lumotlar



Download 1,33 Mb.
Sana03.11.2022
Hajmi1,33 Mb.
#859794
Bog'liq
Beruniy

Beruniyning “Qadimgi xaqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi afsona va rivoyatlar janriga oid ma’lumotlar

Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) yo’nalishi 201-guruh talabasi Aliqulova Sevara

Sharqda ilk Uyg’onish davrining qomusiy olimlaridan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973, 4 sentyabr — 1048, 11 dekabr) umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan buyuk aql-zakovat sohibidir. Uning dunyoqarashi X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshida Markaziy Osiyoda rivojlangan feodalizm qaror topayotgan g’oyat murakkab, jo’shqin voqealarga boy tarixiy vaziyatda shakllandi. Birinchi ustozi bo’lmish Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq uni Evklid geometriyasi va Ptolemey asarlari bilan tanishtiradi. Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda va mashhur ustozlaridan ta’lim olishga yaqindan yordam bergan. 

Sharqda ilk Uyg’onish davrining qomusiy olimlaridan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973, 4 sentyabr — 1048, 11 dekabr) umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan buyuk aql-zakovat sohibidir. Uning dunyoqarashi X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshida Markaziy Osiyoda rivojlangan feodalizm qaror topayotgan g’oyat murakkab, jo’shqin voqealarga boy tarixiy vaziyatda shakllandi. Birinchi ustozi bo’lmish Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq uni Evklid geometriyasi va Ptolemey asarlari bilan tanishtiradi. Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda va mashhur ustozlaridan ta’lim olishga yaqindan yordam bergan. 

Ochni to’yg’az

Xalifa Umar ibn Abdulaziz o’g’li Abdullohning ming dirhamga bir qimmatbaho toshni sotib olganini eshitib, o’g’liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga nasihatim shu, darhol o’shani sotib, uning qiymatiga mingta ochning qornini to’yg’az. O’zingga bo’lsa kumushdan uzuk qildir, uning ko’zi ham o’zidan bo’lsin”. Abdulloh otasi aytganday qilibdi.

Yomonning kasofati

Bir kishi, ittifoqo, o’zi tanimagan bir guruh bilan hamroh bo’lib qoldi. Bu kimsalar qaroqchilar bo’lib, bir qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U kishi o’g’rilar bilan birga biroz yo’l bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo’lga oldi. Bu kishi garchi o’g’rilarga sherik bo’lmasa ham, ularga qo’shilgani uchun azobga duchor bo’ldi.

Ilonlar uyqusi

Ozor (mart) oyining o’rtalarida dengizda yurish yaxshi bo’ladi, deyishadi. Xuddi shu paytda ilonlar ko’zlarini ochar, lekin hali sovuq bo’lgani sababli qimir etmay yotar ekan. Xorazmda ilonlarni yer ostida bir-biriga o’ralib yotganini ko’rdim. Ular xuddi shar singari o’ralib yotar, ko’pining boshi ko’rinib ham turardi.

Nomus

Malika Kleopatra (o’z o’lkasiga yopirilib kelayotgan) dushman bo’lmish Avgust qo’liga tushib, nomusi poymol bo’lishidan qo’rqib, bag’riga zaharli ilon qo’ygan ekan. Uning huzuriga kirishganda, u toj kiyib boshi bilan o’ng qo’liga suyanganicha o’tirganmish. Shu ko’yi dushman qo’liga tushib sharmanda bo’lmasdan, obro’sini saqlab qolgan ekan.

Ma’rifat

Ma’rifatdagi darajalarni bir-biridan ortiq qo’ymoqchi bo’lgan kishilar uchun shunday masal to’qilgan: Qorong’u kechada shogirdlari bilan yo’lga chiqqan bir kishi yo’l ustida tik turgan narsani ko’rib cho’chigan va uning nima ekanligini aniqlashni buyurgan. Bir shogird: “Nima ekanligini bilolmayman”, degan, ikkinchisi: “Uni bilishga qudratim ham yetmaydi”, deya to’g’risini aytgan. Uchinchisi esa: “Bilishning foydasi yo’q, chunki tong yorishgach, ma’lum bo’ladi-qo’yadi” degan. Demak, uch shogirdning ma’rifati qisqalik qilgan. Birinchisi — ilmsizligi, ikkinchisi — ojizligi, uchinchisi — ishni keyinga surib, ustozlari oldida ojiz ekanliklarini ko’rsatishgan. Ammo to’rtinchisi aniq javob bermagan va shubhali narsaga yaqin borib, uning o’ralashib ketgan qovoq palagi ekanligini ko’rgan va uni tepib yuborgan. Shunday qilib, shogird o’zining ma’rifatliligi bilan ustozini xursand etgan ekan.


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish