shunga ко‘ra uning tovar narxi belgilanadi. Yuqori sifatli kafolatli
donlarga ustama haq ham belgilanadi.
Donni saqlash omborlari xo‘jaliklardan yuqori sifatli elita don- larini
sotib oladilar. Qabul qilingan donlar urug'lik va oziq -ovqat maqsadlari
uchun saqlanadi. Donlarni iste’molchilarga, shuningdek urug‘lik
uchun
saqlangan donlarni yetkazib berish uchun korxo - nalarga nav
xususiyatlami,
saqlash rejimlarini
mukammal
biladigan
malakali
mutaxassislarni talab qiladi.
0‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi sharoitlari, shuningdek donning
shakllanishi, hosil sifatiga va miqdoriga katta ta’sir ko‘rsata - di.
Donchilik va o‘simlikshunoslik kursidan bizga ma’lumki,
tashqi muhit
omillari o‘simliklarni rivojlanishi va hosilning shakllanishiga ta’sir etadi.
Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan urug‘lar
turlicha rivojlanib, turli xil hosil berishi mumkin. Bunga mos holda
ulaming kimyoviy tarkibi,
tuzilishi, to‘liqligi yirikligi va boshqa
texnologik sifat ko‘rsatkichlari har xil bo‘ladi. Don sifatiga o‘g‘itlash ham
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mavsumiy iqlim sharoitlari ham don sifatiga keskin ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan yig‘im-terim oldidan va terim vaqtida namlik ko‘p bo'lsa,
yog‘ingarchilik me’yoridan ortiq bo‘lsa donning namligi ortib ketadi va
saqlanuvchanlik
ko'rsatkichlari
keskin
tushib
ketadi.
Aksincha
qurg'oqchilik bo‘lsa don haddan tashqari qurib ketadi, yoki namlik
yetishmasligidan donlar to‘liq yetilmay qoladi.
Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ham o'zgaradi.
Ayniqsa zararkunandalar donning nonvoylik
xususiyatini hamda sifatini
keskin tushiradi. Kasallik va zararkunandalar ham sifatini va miqdorini
pasaytirib yuboradi.
Shuningdek don sifati va hosildorlikka begona o‘tlar ham katta ta’sir
ko‘rsatadi. Begona o‘t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi
o‘sib rivojlanmaydi. Hosildorlik keskin pasayadi va uning sifati buziladi.
Begona o‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy o‘simlik donlariga
qo‘shilib ketadi va don massasini ilioslantirib yuboradi, don massasining
sifati pasayadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
35
begona o‘t urug‘larining ko‘pchiligi zaharli bo‘lishi mumkin.
Shuning
uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi
lozim.
Donning sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘im-terim
jarayonlariga ham bogiiqdir. Mazkur jarayonlar qanchalik sifatli
tashkillashtirilsa, hosil sifati va miqdori shuncha yuqo ri bo‘ladi. Yig‘im-
terim
ishlarini
o'z
vaqtida
va
qisqa
muddatda
tug‘allash,
nobudgarchilikning oldini olish, don ekinlaridan mo‘l hosil yetish -
tirishning asosiy garovidir.
Don ekinlari 2 xil usulda yig‘ib olinadi:
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri;
-
avval o‘rib, keyin yig‘ib olish.
Don ekinlari hosilini avval o‘rib keyin yig‘ib
olish asosiy usul
hisoblanadi. Bunda donlar mum pishiqlik davrida о ‘ruvchi mashinada
yerdan 15 sm balandlikda o‘rilib, quritish uchun an‘gizga tashlab ketiladi.
Donning to‘la pishib yetilishi quritish paytiga to‘g‘ri keladi.
Quritilgan don maxsus mexanizatsiyalar yordamida yig‘ishtirib olinadi va
yanchiladi. Hosilni oldin о‘rib keyin yig"ib olish usulining afzalligi
shundaki, bunda o‘rim to‘g‘ridan to‘g*ri yig‘ishga nisbatan
5-
6 kun erta boshlanadi, nobudgarchilik keskin kamayadi. Don ekinlari
hosili oldin o‘rib keyin yig‘ib olinganda, urugiik va nonvoylik sifatlari
to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘rib, yanchilgan donnikiga
qaraganda ancha yaxshi
bo‘ladi.
Ayniqsa qalin va baland bo‘yli, shuningdek begona o‘t bosgan, bir
tekis yetilmagan yerga yotib qolgan don ekinlari hosilini yig‘ib olishda bu
usul yaxshi natija beradi. Ko'pgina don turlarida, shu ningdek o‘rim
muddati
kechikkanda
o‘simliklar
past
bo‘yli
va
siyrak
chiqqandato‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rib yanchish amalga oshiriladi, hosilni
to‘g‘ridan to‘g‘ri yig‘ib olish uchun ekinzorlar mumkin qadar begona
o‘tlardan tozalangan bo‘lishi, bug'doy va o‘simliklar bir tekis o‘sgan
bo‘lishi va hosili bir vaqtda pishib yetilgan bo‘lishi lozim. To‘g‘ridan -
to‘g‘ri yig‘ib olish usulida terim muddatini
mumkin qadar qisqartirish
lozim, bu esa yuqori hosil garovidir.
36
Terim muddati qanchalik cho‘zilib ketsa, donlar to‘kila boshlaydi va
nobudgarchilik shuncha ortadi.
Donli ekinlar asosan mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olinadi.
Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va markalari donning sifati va
xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Donni iloji borieha mexanik shikast
yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig‘ib olish lozim.
Hozirgi kunda mamalakatimizda donni sifatli yig4shtirib olish uchun
zamonaviy ilg‘or texnologiyalar joriy qilingan. G‘allani qayta ishlash
korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun xo‘jaliklar
omborxonalariga yoki xirmonlarga joylashtiriladi. B u bosqich don
Do'stlaringiz bilan baham: