Zamonaviy elevator - ombor sanoatini o‘rni, vazifalari.
Don
yetishtirish, tayyorlash saqlash, ishlov berish va iste’mol-
chilarga yetkazib berishda elevator sanoati muhim o‘rin egallaydi.
Markazlashgan elevator - ombor sanoatiga davlat tomonidan qu- yidagi
majburiyatlar yuklatilgan.
1.
Don yetishtiruvchi fermer va boshqa xo‘jaliklardan donlarni qabul
qilib olish.
2.
Qabul qilib olingan donlardan bir xil katta partiyalar tashkil qilish.
27
3.
Donni
tozalash, saralash quritish va ventilyatsiya qilish (havo
yordamida shamollatish) uni sifatini yaxshilash va iste’molchilar talabiga
javob beradigan darajaga yetkazish.
4.
Donni qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalarini
sifati standart talablariga javob beradigan don bilan ta'minlash.
5.
Urug‘chilik xo‘jaliklaridan don va urug‘larini qabul qilish,
ularni
tozalash, kalibrovka qilish va don yetishtiruvehi xo‘jaliklarni yuqori
sifatli urug’lar bilan ta’minlash.
6.
G‘allani uzoq muddat saqlash (sifat va qo‘llanilishidan qatiiy
nazar).
7.
Davlat zahirasidagi don va don mahsulotlarini saqlash.
Ma’lumki, don inson hayotida qiyoslab bo‘lmaydigan ahami-
yatga ega.
Inson iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining taxminan 65—
75%i dondan tayyorlanadi. Dondan sanoatda ko'plab un, yorma va
omuxta-yem kabi birlamchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Xalqimizning
bu
mahsulotlarga
bo‘lgan
talabi
benihoyat
kattadir.
Aholinidonvadonmahsulotlarigabo‘lgantalabini to‘laroq qondirish hozirgi
bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muhim
vazifalardan biri hisoblanadi don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini
toTaqondirishga faqatgina ko'plab don
yetishtirish orqali erishib
bo'lmaydi. Yetishtirilgan don, yonna va omuxta - yemlami sifatli va
isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan (beisrof) saqlay bilish lozim.
Don va don mahsulotlarini (un, yorma, omuxta-yem) saqlash boshqa
ко‘pgina tovarmahsulotlari singari murakkab vama’suliyatli
jarayon
bo‘lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza hamda soha uchun
malakali mutaxassislarni talab etadi.
Don tirik organizm bo‘lib, don massasida turli tuman hayotiy
jarayonlar
kechadi.
Bu
jarayonlarning
intensivligi
atrof -muhit
sharoitlariga bog‘liq. Mahsulot uyumida kechadigan jarayonlar
moddalarning faol almashinuvchi mahsulot
uyumining yetarlicha
yo‘qolishiga hamda uning sifat ko‘rsatkichlari tushishiga olib keladi.
28
Don va don mahsulotlari uyumida mikroorganizmlar hamda
zararkunanda
hasharotlarning
faoliyatini
oldini
olish
ayniqsa
qiyinchiliklar tug'diradi. Un va yorma kabi mahsulotlarda mazkur
organizmlarning rivojlanishi mahsulotning ko‘plab yo‘qolishiga, sifat
ko‘rsatkichlarining pasayishiga, hattoki mahsulotning butunlay buzilishiga
olib kelishi mumkin.
Mahsulotlar qoniqarsiz sharoitlarda
saqlanganda qushlar qurt -
qumirsqalar, hasharotlar hamda sichqon-kalamushlar mahsulot sifatini
buzushga olib keladi.
Don va don mahsulotlarini saqlash sohasida quyidagi masala - larni hal
etish muhim vazifalar hisoblanadi.
Birinchi masala - mahsulotni isrofsiz saqlashga erishish va mahsulot
kamayishini mumkin qadar qisqartirishga erishish.
Don va don mahsulotlarining tabiiy kamayishini xususiyatiga ko'ra 2
guruhga boMish mumkin: biologik va mexanik. Bu kamayishlari
quyidagicha tasvirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: