144
va h.k. lar ana shular jumlasidandir. Shuning uchun ham «Uni (soliq tizimini -
qayd bizniki T.M.) hali chinakamiga tashkil etishga to‗g‗ri keladi».
O‗ninchi fikr:
«Soliq xizmati faqat soliq to„plashidorasigina bo„lib
qolmasdan, balki tadbir-korlarga ularning moliyaviy faoliyatini tashkil etishda
hamda moliya intizomiga rioya qilinishida ko„maklashishi kerak».
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 49-bet)
Bizning nazarimizda,
bu bildirilgan fikr,
eng avvalo, har bir soliq xizmati
xodimining ko‗z oldida turishi va doimo qulog‗i ostida jaranglab turmog‗i lozim.
Ming afsuski, soliq xizmatini hozirgi paytda faqat soliq to‗lovchilargina emas,
balki soliq xizmati xodimlarining ko‗pchiligi ham soliq to‗plash idorasi sifatida
talqin qiladilar. Ular tomonidan turli shakllarda amalga oshi-riladigan xatti-
harakatlar ham shunga mosdir. Holbuki, masalaning qolgan tomonlari, aksariyat
hollarda, soliq xizmati xodimlarining diqqat-e‘tiboridan chetda qolmoqda.
Shuni ta‘kidlash joizki, soliq xizmati tomonidan «soliq to‗plash»
vazifasining bajarilishi yoki qay daraja-da bajarilishi faqat shu bilan bog‗liq
bo‗lgan ishlar bilan belgilanmaydi. Bu vazifaning bajarilishi soliq xizmati
xodimlari tomonidan tadbirkorlarga ularning moliyaviy
faoliyatini tashkil etishda
hamda moliya intizomiga rioya qilinishdagi ko‗maklashuviga ham bevosita
bog‗liqdir.
Xolisona tan olaylik, hozirgi paytda moliyaviy fao-liyatni tashkil etishda
tadbirkorlarga ko‗maklashuvga jon-bozlik ko‗rsatayotgan soliq xizmati
xodimlarini har doim ham uchratavermaymiz.
To‗g‗ri, bu sohada ham ma‘lum ishlar qilinayapti. Ma-salan, turli
maslahatlar berishlar uyushtirilayapti,
tele-videnie, radio va boshqa ommaviy
axborot vositalari orqali chiqishlar amalga oshirilayapti. Lekin bu bilan biz: «Soliq
xizmati xodimlari tadbirkorlarning moliyaviy faoliyatini tashkil etishda
ko‗maklashayapti», - deyish uchun etarli asosga ega emasmiz.
Tadbirkorlarning moliya intizomiga rioya qilishlarida ko‗maklashuv
masalasiga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildirish mumkin. Buning ustiga
ayrim hollarda soliq xizmatining ayrim xodimlari bu masalaga nisbatan «ku-
tuvchanlik pozitsiyasi»ni egallayotganlari ham hammaga ayon.
Xullas, har ikki holda ham bu masalalarga nisbatan so-liq xizmati
xodimlarining qiziquvchanligi yoki manfaat-dorligining nihoyatda past darajada
ekanligi ma‘lum bo‗ladi.
Bu erda moliyaviy faoliyatni to‗g‗ri tashkil etish va moliyaviy intizomga
qat‘iy rioya qilish, eng avvalo, har bir tadbirkorning o‗ziga tegishli masala
ekanligini ham qayd etib o‗tish lozim. Lekin shunday bo‗lishiga qaramasdan bu
masalalarga nisbatan soliq xizmati xodimlari passiv «tomoshabin» pozitsiyasini
145
egallamasliklari kerak. Chunki tadbirkorlarning moliyaviy faoliyatini tashkil etish
va ularning moliyaviy intizomga rioya qilish natijalaridan soliq xizmatining
xodimlari ham manfaatdordirlar. Manfaatdor bo‗lganda ham o‗sha tadbirkorlardan
kam bo‗lmagan darajada manfaatdor ekanliklarini ular bilishlari kerak.
Bir tasavvur qilib ko‗raylik, tadbirkorlar bilan soliq xizmati xodimlari bir
yoqadan bosh chiqarib, o‗z faoliyatlarini
tashkil qildilar-u, buning natijasida
tadbirkorlarning moliyaviy faoliyati juda yaxshi tashkil qilindi va ular hisobot yili
davomida moliyaviy inti-zomga qat‘iy ravishda rioya qilishgan bo‗lsin. Xo‗sh,
buning oqibatida nima bo‗ladi? Shubhasizki, boshqa sharoitlar teng bo‗lgan
taqdirda, buning natijasida tadbirkorlar moliyaviy jihatdan baquvvatlashadilar,
o‗zlarining hamkorlari oldida ularning obro‗si ortadi, ularga nisbatan ishonch
yanada mustahkamlanadi, jamoaning kayfiyati yaxshilanadi, faoliyatning
kelajagiga (istiqboliga)
ishonch ortadi, ularning davlat (byudjet) oldidagi
majburiyatlari o‗z vaqtida ado etiladi, faqatgina tadbirkorning emas, balki
davlatning (byudjetning) ham moliyaviy ahvoli mustah-kamlanadi, ortiqcha
tekshiruv yoki nazorat ishlarini amalga oshirishga ehtiyoj qolmaydi,
katta
miqdordagi mablag‗lar iqtisod qilinadi, ulardan yanada oqilona foydalanishning
imkoniyati vujudga keladi va h.k. Shunday ekan, «Soliq xizmati faqat soliq
to‗plash idorasigina bo‗lib qolmasdan, balki tadbirkorlarga ularning moliyaviy
faoliyatini tashkil etishda hamda moliya intizomiga rioya qilishda ko‗maklashishi
kerak»ligi shubhasizdir.
O‗n birinchi:
Do'stlaringiz bilan baham: