O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

 
«Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo„lgan 
respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o„rtasida aniq chegara o„tkazish soliq 
tizimini takomillashtirishning eng muhim yo„nalishidir». 
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 361-bet) 
Bu o‗rinda hozirgi paytda soliq tizimini takomillash-tirishning 
yo‗nalishlaridan biriga e‘tibor qaratilayapti va uning eng muhim yo‗nalish ekanligi 
qayd etilayapti. Boshqa bir tomondan, respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar 
o‗rtasida ma‘lum bir chegara bo‗lsa-da, uning etarli darajada aniq emasligi 
ta‘kidlanayapti. 
Yuzaki qaraganda yoki bir tomonlama yondashilganda, alohida olingan soliq 
turining respublika yoki mahalliy soliqlar(i) tarkibiga kiritilishi printsipial 
ahamiyatga ega emasdek ko‗rinadi. Bu narsa, ayniqsa, soliq to‗lovchi nuqtai-
nazaridan qaralganda yaqqol seziladi. Haqiqatdan ham soliqni to‗lash natijasida 
soliq to‗lovchiga tegishli bo‗lgan mablag‗larning bir qismi uning ixtiyoridan 
majburiy ravishda (qonunga binoan) olib qo‗yilgani uchun bu mablag‗ning keyingi 
taqdiri uni qiziqtirmasligi, tabiiydek. «Mablag‗ mening ixtiyorimdan ketganidan 
keyin uning respublika byudjeti yoki mahalliy byudjetlarga borishi men uchun 


146 
unchalik ahamiyatga ega emas», mazmunidagi fikrlar ham bildiriladi. Holbuki, 
soliqlarning mahalliy va respublika (davlat) soliqlariga bo‗linishi hamda ularning 
shunga mos ravishda mahalliy va respublika byudjetiga borib tushishi oddiy soliq 
to‗lovchilar o‗ylaganidek unchalik ahamiyatga ega bo‗lmagan masala emas. 
Aksincha, o‗zining tarkibiy tuzilishiga ko‗ra bir necha ma‘muriy-hududiy 
bo‗linmalardan tashkil topgan bizning mamlakatimiz uchun bu masala eng muhim 
masalalardan biridir. Chunki ana shu alohida-alohida olingan ma‘muriy-hududiy 
bo‗linmalarning bir-biriga mos ravishda rivojlanish sur‘atlari, ular o‗rtasidagi 
mavjud nomu-tanosibliklarning barham etilishi, o‗zaro rivojlanish-lardagi 
uzilishlarga barham berilishi, ma‘muriy-hududiy bo‗linmalar o‗rtasidagi mavjud 
tafovutlarning ma‘lum darajada qisqarishi, mamlakat doirasida yagona moliyaviy 
siyosatning 
yurgizilishi, 
hududlar 
doirasida 
iqtisodiy 
rivojlanishdan 
manfaatdorlikning so‗nmasligi va shu kabilar respublika soliqlari bilan mahalliy 
soliqlar o‗rtasida aniq va oqilona chegaraning o‗tkazilishiga bevosita bog‗liqdir. 
O‗n ikkinchi fikr:
 
«Soliq siyosatining vazifasi - birtomondan, byudjet 
daromadining barqaror safarbarligini ta‟minlashdan, ikkinchi tomondan - 
korxonalarni respublika uchun zarur bo„lgan mahsulotlar ishlab chiqa-rishni 
ko„paytirishga rag„batlantirishdan iborat». 
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 52-bet). 
Yuqorida bildirilgan fikrda soliq siyosati vazifa-sining ikkiyoqlamalik 
xarakteri yaqqol ko‗rinib turibdi. 
Bir tomondan soliq siyosatining vazifasi davlat byud-jetini daromadlar bilan 
ta‘minlash ekanligi ko‗zda tuti-layapti, ammo bu vazifa byudjetni daromadlar bilan 
oddiygina ta‘minlashdan iborat emas. Bu erda vazifaning byudjet daromadining 
barqaror safarbarligini ta‘min-lashdan iboratligiga e‘tibor qaratilayapti. 
Ta‘kidlangan fikrning o‗zagini «... barqaror safarbarligini ta‘minlash ...»dan iborat 
bo‗lgan iboralar tashkil etadi. 
Soliq siyosatining amalga oshirilishi natijasida byud-jet daromadining 
barqaror safarbarligini ta‘minlashdek vazifaning bajarilishi printsipial ahamiyatga 
egadir. Bu vazifaning bajarilishi davlat moliyaviy ahvolining mus-tahkamligidan 
dalolat beradi, davlat zimmasiga yuklangan majburiyatlarning o‗z vaqtida 
bajarilishiga 
moliyaviy 
zamin 
yaratadi, 
byudjet 
sohasini 
uzluksiz 
moliyalashtirishda muammolar paydo bo‗lmaydi, davlat o‗zining funktsiyalarini 
to‗liq va o‗z vaqtida bajarish imkoniga ega bo‗ladi va h.k. Aksincha, soliq 
siyosatini amalga oshirish natijasida byudjet daromadlarining barqaror 
safarbarligini ta‘min-lash vazifasining bajarilmasligi juda yomon oqibatlarga olib 
kelishi mumkinligi shundoq ham ayondir. 


147 
Ikkinchi tomondan, soliq siyosati korxonalarni res-publikamiz uchun zarur 
bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqa-rishni ko‗paytirishga rag‗batlantirishi ham kerak. 
Bu erda gap soliq siyosatini amalga oshirish natijasida, eng avvalo, respublikamiz 
ichki bozorining ehtiyojlarini to‗laroq qondirish haqida ketayapti. Haqiqatdan ham 
soliq siyosati ana shu ehtiyojni to‗laroq qondirishga xizmat qilishi kerak. Undan 
tashqari, soliq siyosati umumiy tarzda korxonalarni mahsulotlar ishlab chiqarishni 
ko‗paytirishga rag‗batlan-tirmasdan, balki ularni respublikamiz uchun zarur 
bo‗lgan yoki respublikamizdagi talabga javob beradigan mahsu-lotlar ishlab 
chiqarishni ko‗paytirishga rag‗batlantirishi kerak. 
Bu erdagi soliq siyosatining oldiga qo‗yilgan har ikki vazifadan birining 
bajarilish darajasini ikkinchisisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Bu erda vazifalardan 
birini birinchi darajali, ikkinchisini esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega deb 
tasavvur qilish maqsadga muvofiq emas. Har ikkala vazifaga bab-baravar, bir ko‗z 
bilan qaramoq lozim. Bular parallel yo‗nalishga va teng kuchga ega bo‗lgan 
vazifalardir. 
O‗n uchinchi fikr:

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish