O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, bir tomondan, 
xodimlarni o„z mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda faol ishtirok etishga 
rag„batlantirishi, ikkinchi tomondan, ish haqi darajasi sarf-langan mehnat 


137 
samarasiga mutanosib bo„lishga yordam ko„rsatishi, mehnatkash-larning 
daromadlaridagi tafovut asossiz ravishda katta bo„lishiga olib kelmasligi lozim». 
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 360-bet) 
Sinchkovlik bilan e‘tibor beradigan bo‗lsak, bu erda jismoniy shaxslardan 
olinadigan soliqlar oldiga aslida uch murakkab vazifaning qo‗yilganligi ma‘lum 
bo‗ladi: 

jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar xodim-larni o‗z mehnati bilan 
ijtimoiy ishlab chiqarishda faol ishtirok etishga rag‗batlantirishi kerak. Buning 
ma‘nosi shundan iboratki, jismoniy shaxslardan soliqlar olin-ganda bu soliqlar 
ularni ijtimoiy ishlab chiqarishda faol ishtirok etishga undashi lozim. Bu 
soliqlarning olinishi ularda asossiz norozilik kayfiyatining tug‗ilishiga olib 
kelmasligi kerak. Vazifaning bu tarzda qo‗yilishi printsipial ahamiyatga ega bo‗lib, 
bu narsa jismoniy shaxslarga nisbatan soliq siyosati ishlab chiqarilayotgan paytda, 
albatta, inobatga olinishi shartdir; 

jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar ish haqi darajasi sarflangan 
mehnat samarasiga mutanosib bo‗li-shiga yordam ko‗rsatishi lozim.Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ish haqi va unga sarflangan mehnat o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabat eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy adolat printsipining 
hayotga tatbiq etilishi, ko‗p jihatdan, ana shu munosabatning darajasi bilan 
belgilanadi. Aksariyat hollarda ish haqining darajasi sarflangan mehnat samarasiga 
mutanosib bo‗lgan taqdirda ijtimoiy adolat printsipiga qat‘iy rioya qilinayotganligi 
ma‘lum bo‗ladi. Bu narsaga erishish jamiyat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi 
ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar 
oldiga ana shu mutanosiblikni ta‘minlashga yordam ko‗rsatish vazifasi 
qo‗yilayapti; 

jismoniy 
shaxslardan 
olinadigan 
soliqlar 
mehnat-kashlarning 
daromadlaridagi tafovut asossiz ravishda katta bo‗lishiga olib kelmasligi lozim. Bu 
vazifani, aslida, yuqorida qayd etib o‗tilgan ikkinchi vazifadan ajratib olib alohida 
tarzda tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, ish haqi, sarflangan mehnat samarasi, 
daromadlar o‗rtasidagi tafovut bir-biri bilan uzviy bog‗langan tushunchalardir. 
Lekin shunday bo‗lishiga qaramasdan mehnatkashlarning daromadlari faqat ish 
haqidan tarkib topmaganligi uchun biz bu vazifani ikkinchi vazifadan ajratib olib, 
alohida tarzda ko‗rsatib o‗tishga jazm etdik. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar oldiga qo‗yilgan bu vazifada, 
dastlab, mehnatkashlarning daro-madlari o‗rtasida, albatta, tafovutlarning bo‗lishi 
qayd etilayapti. Bu tafovutlar asosli bo‗lgan hollarda katta bo‗lishi mumkinligi 
ham ta‘kidlanayapti. Tafovutlar asos-siz ravishda katta bo‗lgan paytda jismoniy 


138 
shaxslardan olinadigan soliqlar bu narsaga barham berishi lozimligi ko‗rsatib 
o‗tilayapti. Chunki bunday qilinmasa, bu narsa aholi qatlamlari o‗rtasida turli 
ziddiyatlarning kelib chiqishiga va ularning kuchayishiga zamin yaratishi mumkin. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar oldiga qo‗yilgan vazifalarning 
murakkabligi shundan iboratki, ularning hammasi parallel ravishda bir vaqtning 
o‗zida bajarilishni taqozo etadi. Bir vazifaning bajarilishi ikkinchi yoki uchinchi 
vazifaning bajarilishiga aks ta‘sir qilmasdan yoki to‗sqinlik qilmasdan, aksincha, 
navbatdagi vazifalarning bajarilishiga yordam berishi kerak. Bu, o‗z navbatida, 
«bir o‗q bilan ikki quyonni» emas, balki «uch quyonni urish» bilan barobardir. 
Holbuki, bir o‗q bilan ikki quyonni va ayniqsa, uch quyonni urish uchun (qo‗yilgan 
uch vazifani bajarish uchun) merganlar (jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga 
nisbatan tegishli soliq siyosatini ishlab chiquvchilar va uni hayotga tatbiq 
etuvchilar) o‗ta darajada mohir bo‗lmoqlari lozim. 

To‗rtinchi fikr:
 
«Korxonalar zimmasidagi soliqyukining engillashtirilishi, 
qo„shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasining kamaytirilishi oqibat natijada 
ishlab chiqarishni jonlashtirishga olib kelishi lozimki, bu narsa iqtisodiyotni bar-
qarorlashtirish muammosini hal etishda g„oyat katta ahamiyatga ega». 
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 360 bet) 
Bildirilgan bu fikr, bizning nazarimizda, izohga muhtoj emas, o‗quvchilarga 
shundoq ham tushunarlidir. Shunday bo‗lishiga qaramasdan, fikrda bildirilgan 
tadbirlarning (soliq yukining engillashtirilishi, qo‗shilgan qiymatdan olinadigan 
soliq stavkasining kamaytirilishi) amalga oshirilishi o‗zining ma‘lum bir 
chegarasiga ega ekanligini qayd etib o‗tmoq lozim. Gap bu erda soliq 
to‗lovchilarning xohish-istaklariga qarab soliq yukini kamaytirish yoki qo‗shilgan 
qiymatdan olinadigan soliq stavkasini pasay-tirish to‗g‗risida ketayotgani yo‗q. 
Xuddi shu ma‘noda soliq yukini kamaytirish va qo‗shilgan qiymatdan olinadigan 
soliq stavkasini pasaytirish to‗g‗risidagi bu fikr ayrim manfaatdor soliq to‗lovchilar 
qo‗lida «bayroq» vazifasini bajarishga mo‗ljallanmagan. Bundan tashqari bu fikrda 
bildirilgan tadbirlarning bajarilishi bevosita quyida keltirilgan uch shartga bog‗liq 
bo‗lib, ular bu tadbirlarning bajarilish chegarasini belgilab beradi: 

korxonalar zimmasidagi soliq yukining engillash-tirilishi, qo‗shilgan 
qiymatdan olinadigan soliq stavka-sining pasaytirilishi shu tadbirlar amalga 
oshiriladigan davr mobaynida byudjetdan qilinadigan xarajatlarni mo-
liyalashtirishga salbiy ta‘sir ko‗rsatmasligi kerak. Bu, o‗z navbatida, boshqa 
sharoitlar teng bo‗lgan taqdirda, byudjetdan qilinadigan xarajatlarning mos 
ravishda qis-qartirilishini taqozo etadi; 


139 

soliq yukining engillashtirilishi, qo‗shilgan qiymatdan olinadigan soliq 
stavkasining pasaytirilishi, oqibat natijada, byudjet defitsiti darajasining oshishiga 
olib kelmasligi lozim;
 

xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar zimmasidagi soliq yukini engillashtirish, 
qo‗shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini pasaytirishdan asosiy maqsad 
ishlab chiqarishni jonlantirishdir. Bu narsa sodir bo‗lsagina yuqoridagi tadbirlarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Aks holda bu o‗zgarishlar o‗zining 
ma‘nosiga ega bo‗lmay qoladi. Soliq yukining engillashishi, qo‗shilgan qiymatdan 
olinadigan soliq stavkasining pasayishi natijasida ishlab chiqarish jonlansa, buning 
evaziga byudjet yuqoridagi har ikkala tadbirni amalga oshishidan ko‗pchilik 
o‗ylaganidek zarar ko‗rmaydi. Aksincha, ishlab chiqarishning jonlanishi oqibatida 
soliq yukining engillashishi, qo‗shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasining 
pasayishi natijasida byudjetga borib tushmaydigan soliqlar summasi kompensa-
tsiya 
qilinishi 
mumkin. 
Bu narsaning sodir bo‗lishi iqtisodiyotning 
barqarorlashganligidan dalolatdir.

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish