Yagona (bitta) soliq joriy etilishining iqtisodiy (moliyaviy) oqibatlari
86
T/
r
Ko‗rsatkichlar
K o r x o n a l a r
―A‖
―B‖
―V‖
―G‖
1. Korxona ega bo‗lgan resu-rslar
summasi, mln. so‗m
1000,0
2000,0
2000,0
2000,0
2. Olingan foyda summasi,
mln. so‗m
100,0
100,0
200,0
50,0
3. Xo‗jalik faoliyatining rentabellik
darajasi, %
10,0
5,0
10,0
2,5
4. Foyda solig‗ining stavkasi
87
, %
25,0
25,0
25,0
25,0
5. Foyda solig‗ining summa-si, mln.
so‗m
25,0
25,0
50,0
12,5
2-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlarga izoh berish va ulardan tegishli xulosa
chiqarishdan oldin ba‘zi bir holatlar ustida to‗xtalib o‗tish kerak. Ularning eng
muhimlari quyidagilardan iborat:
jadvalda ma‘lumotlari keltirilgan ―A‖, ―B‖, ―V‖ va ―G‖ korxonalar bir xil
turdagi (masalan, ―A‖ korxona etik chiqadigan bo‗lsa, ―B‖ korxona ham shu
mahsulotni ishlab chiqa radi va h.k.) hamma korxonalar mahsulot ishlab
chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi. Ularning aynan shu tarzda e‘tirof
etilishi chiqarilishi lozim bo‗lgan xulosalarning asoslanganlik darajasiga o‗zining
ijobiy ta‘sirini ko‗rsatadi. Aksincha, ularning o‗rniga turli xildagi mahsulot
(masalan, ―A‖ korxona oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarsa-yu, ―B‖ korxona
esa avtomo-billar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‗lsa va h.k.) ishlab
chiqaradigan korxonalarning ma‘lumotlari taqqoslanadigan bo‗lsa, chiqariladigan
xulosalarning asoslanganlik darajasi ayovsiz tusni oladi;
86
Tushunishga oson bo‗lishi uchun bu erda shartli raqamlardan foydalanildi.
87
Nega bu erda foyda solig‗ining stavkasi keyingi yillardagidek 7,5%, 9,0% yoki 10,0% atrofida qilib
belgilanmasdan, unga nisbatan bir necha barobar yuqori qilinib belgilanayapti? Buning sabablari nimalardan iborat
deb o‗ylaysiz?
130
jadvaldagi ―korxona ega bo‗lgan resurslar summasi‖ deb nomlangan 1-
ko‗rsatkichda uning ixtiyorida bo‗lgan va ishlab chiqarish maqsadlariga
mo‗ljallangan barcha resurslar, ya‘ni moddiy, mehnat, moliyaviy va boshqa
resurslarning hammasi nazarda tutilayapti. Uning aynan ana shu tarzda e‘tirof
etilganligi ortiqcha e‘tirozlarning paydo bo‗lishiga hojat qoldirmaydi;
barcha korxonalar uchun mavjud hamma soliqlar bekor qilinib, ularning
o‗rniga yagona (bitta) soliq joriy qilingan va uning stavkasi esa ular uchun bir xil
darajada – 25,0% darajasida o‗rnatilgan.
Ana shu umumiy izohlardan keyin mamlakat iqtisodi-yotida yagona (bitta)
soliq joriy etilishining iqtisodiy (moliyaviy) oqibatlari nimalardan iborat bo‗lishi
mumkin-ligini aniqlashga harakat qilaylik
88
. Shu munosabat bilan ―A‖ va ―B‖
korxonalarning ma‘lumotlari taqqoslanganda, dastlab ikkinchisi (2000,0 mln.
so‗m) birinchisiga (1000,0 mln. so‗m) nisbatan ikki baravar ko‗p resursga ega
bo‗lishiga qaramasdan, bir xil summadagi foyda (100,0 mln. so‗m) olganligi
ma‘lum bo‗ladi. Har ikkala korxonaga nisbatan yagona (bitta) soliqning stavkasi
bir xil qilib belgilangani uchun ular bir summadagi (25,5 mln. so‗m) soliqni
to‗laydilar. Amaliyotda bunday holatning vujudga kelmasligiga hech kim kafolat
beraolmaydi. O‗z navbatida, bunday holatning vujudga kelganligi ijtimoiy adolat
printsipining qo‗pol ravishda buzilganligini ko‗rsatadi. Chunki bu variantda
fuqarolarning (soliq to‗lovchilarning) xoxish-istaklari hisobga olingan holda joriy
etilgan yagona (bitta) soliq nisbatan yomon faoliyat ko‗rsatgan ―B‖ korxonani
(―A‖ korxonaning rentabelligi – 10,0%, ―B‖ korxonaniki esa – 5,0%), o‗ziga xos
tarzda, rag‗batlantirayapti. Uni samarali faoliyat ko‗rsatishga undamayapti. Bu
erdagi yagona (bitta) soliqqa tortish mexanizmi ta‘sirchan kuchga ega emas. U bu
kuchdan butunlay mahrum bo‗lib qolgan.
Bunday vaziyat vujudga kelgan holda yagona (bitta) soliqdan iborat bo‗lgan
mavjud soliqqa tortish tizimiga nisbatan ―A‖ korxonaning munosabati qanday
bo‗ladi? Bu erda o‗zini bozor iqtisodiyotining eng oddiy talablaridan
(printsiplaridan) boxabar bo‗lgan ―A‖ korxonaning jaydari falsafasi, hech
bo‗lmaganda, quyidagilardan iborat bo‗lishi, tabiiy: ―Men-ku, ―B‖ korxonaga
nisbatan ikki baravar kam bo‗lgan resursga ega edim. Shunday bo‗lishiga
qaramasdan, kechani – kecha, kunduzni – kunduz, demasdan tinimsiz faoliyat
ko‗rsatdim (ishladim). Natijada o‗zimdan ikki baravar ko‗p resursga ega bo‗lgan
―B‖ korxona qancha foyda (100,0 mln. so‗m) olgan bo‗lsa, men ham shuncha
foyda (100,0 mln. so‗m) oldim. Bu mening ―B‖ korxonaga nisbatan ikki baravar
88
Shu joyda yagona (bitta) soliq joriy etilishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‗lgan oqibatlarning bir
nechasini keltirish bilan cheklanamiz. Holbuki, bunday oqibatlarning soni juda ko‗p bo‗lib, ularning qolganlarini,
uzoqqa bormasdan, 7.1-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlarning turli kombinatsiyalaridan foydalangan holda aniqlash
mumkin. Bu vazifani bajarishni erkin mushohada yurituvchi o‗quvchilarimizning ixtiyoriga qoldiramiz.
131
yaxshi ishlaganimdan darak beradi. Lekin bu narsani davlat yagona (bitta) soliqni
joriy etib, hisobga olmadi. Mendan ikki baravar yomon ishlagan ―B‖ korxona ham
qancha soliq summasini (25,0 mln. so‗m) to‗lagan bo‗lsa, unga nisbatan ikki
baravar yaxshi ishlagan bo‗lishimga qaramasdan men ham shu summadagi (25,0
mln. so‗m) soliqni to‗ladim. Bunday bo‗ladigan bo‗lsa, jonimni kuydirib nima
qildim. Men ham jonimni jabborga bermasdan, ―B‖ korxona singari ishlaganimda,
unga nisbatan olgan foydamning summasi ham ikki baravar kam bo‗lardi va
soliqning summasini ham ikki baravar kam to‗lardim. Umuman olganda,
hammamiz uchun yagona (bitta) qilib belgilangan foyda solig‗i mening
manfaatlarimga to‗g‗ri kelmas ekan. Uni o‗zgartirmasa, bo‗lmaydi‖.
Do'stlaringiz bilan baham: |