8-mavzu: Byudjet-soliq siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari, ularga
nisbatan bildirilayotgan e‟tirozlar, muammolarni hal qilish va e‟tirozlarni
yumshatish yo‟llari
Respublikamizda ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etila-yotgan byudjet-soliq
siyosatiga nisbatan yakdillik bilan fikr bildirilmayapti
57
. Bir tomondan, buning
shunday bo‗lishi tabiiydek, tuyuladi. Chunki bu siyosat umumdavlat, umumxalq
manfaatlariga qaratilgan bo‗lishiga qaramasdan, kimning-dir manfaatlariga to‗liq
mos kelishi yoki kelmasligi mumkin. Shunga muvofiq ravishda, mos kelsa –
yoqadi, aksincha bo‗lsa – yoqmaydi. Ikkinchi tomondan, byudjet-soliq siyosati
hamma vaqt ham barchaning manfaatlariga birdek mos kelavermasligi oldindan
aniq. Bu narsani shu siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish mexanizmi
o‗zida mujassam etadi. Buning ustiga, hozirgi paytda mamla-katimizda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlar, shaxs erkinligi, fikrlar xilma-
xilligi va ularning har biriga hurmat bilan qarashning zarurligi byudjet-soliq
siyosatiga baho berilayotgan paytda o‗z izini qoldirmoqda.
Shunday bo‗lishiga qaramasdan ―Mamlakatimizdagi byudjet-soliq siyosati
sizga ma‘qulmi? U sizning manfaat-laringizni to‗liq ifodalayaptimi? Bu siyosat
sizga yoqayap-timi? Uni to‗g‗ri deb hisoblaysizmi?‖ shaklida berilgan savollarga
javoblarimiz qanday bo‗layapti? Bunday savollarga javob berayotgan paytda
ixtiyor o‗zingizda bo‗lsa ―Ma‘qul emas. To‗liq ifodalamayapti. Yoqmayapti.
Noto‗g‗ri deb hisoblayman‖ deb javob berishingizga bizda hech qanday shubha
yo‗q. Ba‘zi bir holatlarni hisobga olib, ularning barchasiga bir so‗z bilan ―Ha‖ deb
javob bersangiz ham, bu javobingizga, aslida, o‗zingiz ham ishonmaysiz va
o‗zgani ham ishontiraolmasligingiz aniq.
Savol ―Mamlakatimizdagi byudjet-soliq siyosatining nimasi Sizga ma‘qul
emas? Nimasi yoqmayapti? Nimasi noto‗g‗ri?‖ shakli va mazmunida berilsa va
Sizni burchakka olib-borib, ―tiqib‖ qo‗ysak, ilojsiz qolgandan so‗ng, oxir-oqibatda
57
Buning aynan shunday ekanligini ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilinayotgan materiallarni tahlil
qilish asosida aniqlashning iloji yo‗q. Tegishli doiralarda va hatto xalqaro miqyosda ham bu sohada to‗g‗ri
siyosatning yuritilayotganligi e‘tirof etilayapti. Biroq, shunday bo‗lishiga qaramasdan, ayrim hollarda va o‗rni
kelgan joylarda bu siyosatga nisbatan o‗zimizning norozi ekanligimizni astagina bildirishga harakat qilayapmiz.
Unga nisbatan xayrixoh bo‗lganlarni ham topayapmiz. Minbarda mamlakatimiz byudjet-soliq siyosatining
afzalliklari va xalqparvarligi xususida gapirib turib, undan tushgandan so‗ng, ayrim hollarda, o‗z fikrimizdan
qaytayapmiz. Unga tegishli bo‗lgan ayrim savollarning haqiqiy javoblarini topaolmasdan, muxolifimizning fikrini
qo‗llab-quvvatlashga majbur bo‗layapmiz. Bu siyosatning to‗g‗ri ekanligini qo‗llab-quvvatlash o‗zimiz (bu erda biz
―o‗zimiz‖ deganda byudjet mablag‗lari hisobidan ro‗zg‗or tebratuvchilarning barchasini nazarda tutayapmiz) uchun
ham qarz, ham farz ekanligiga qaramasdan, osongina ―taslim‖ bo‗layapmiz.
116
―yorilasiz‖, ―dard‖ingizni oshkor etasiz. Aksariyat hollarda ular, eng umumiy
ko‗rinishda, quyidagilardan iborat bo‗ladi
58
:
―byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlari kam‖;
―byudjet mablag‗laridan foydalanishda mustaqillik yo‗q‖;
―soliqlarning soni ko‗p va ular ko‗payib borayapti‖;
―soliq stavkalari yuqori darajada;
―soliq imtiyozlari etarli darajada emas‖;
―soliq yuki nisbatan og‗ir‖;
―soliq yuki notekis taqsimlangan‖;
―soliqlar tomonidan etarli darajada rag‗batlanti-rilmayapti‖;
―soliq qonunchiligi (tizimi) nobarqaror‖;
―soliq tizimi haddan ziyod fiskal xarakterda‖;
―foyda (daromad) soliqqa ko‗proq darajada tortila-yapti‖;
―molk-mulkdan kamroq soliq olinayapti‖;
―jismoniy shaxslar daromadi yuqori darajada soliqqa tortilayapti‖;
―oldin mavjud bo‗lmagan qo‗shilgan qiymat solig‗i joriy etilgan‖;
―soliq to‗lashdan bo‗yin tovlaganlarga nisbatan qattiq moliyaviy jazolar
qo‗llanilayapti‖;
va boshqalar.
Byudjet-soliq siyosatiga nisbatan yuqorida keltirilgan ―e‘tirozlar‖ni ―yotig‗i‖
bilan, xolisona mushohada yuritib va mantiqning tegishli qoidalariga qat‘iy rioya
etgan holda bir muhokama qilib (tahlil etib) ko‗raylikchi, qanday manzaraning
guvohi bo‗lar ekanmiz?
59
Dastlab, birinchi o‗rinda keltirilgan ―byudjet hisobidan berilayotgan oylik
maoshlari kam‖ shakli va mazmunida bildirilgan ―e‘tiroz‖ni ko‗rib chiqaylik. Shu
munosabat bilan oldin yana bir marta shu tarzda ―e‘tiroz‖ bildirilayaptimi yoki
yo‗qmi, shuni aniqlaylik. Bunday ―e‘tiroz‖ni kimlar bildirishayapti? Byudjet
hisobidan maosh oladiganlar. Ular kimlardan iborat? Bular, asosan, maorif,
sog‗liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, sotsial ta‘minot sohalarida, davlat
hokimiyati, boshqaruv va sud organlari, fuqarolarni o‗z-o‗zini boshqarish
organlarida faoliyat ko‗rsatuvchilardan iborat. Ular haqiqatdan ham yuqoridagi
tarzda ―e‘tiroz‖ bildirishayaptimi yoki yo‗qmi? Bu savolga nima deb javob
beramiz? Savolning javobi Sizga ma‘lum. U quyidagidan iborat: ularning orasida
oladigan oylik maoshim etarli emas, deguvchilar ko‗pchilikni tashkil qiladi.
58
Ularning ro‗yxatini yana ancha davom ettirish mumkin. Biz bu erda ularning eng ko‗p marta
takrorlanayotganlarini keltirish bilan cheklandik, xolos. Ular muallif fantaziyasining mahsuli emas. Keltirilgan
―dard‖lar turli doiradagi va darajadagi auditoriyalardan olingan va ular ko‗chirma gap bo‗lganligi uchun
o‗zgarishsiz, qo‗shtirnoq ichida keltirilayapti.
59
Bunday tarzda ish tutishda tarafdorlarimizdan ko‗ra muxoliflarimiz ko‗p bo‗lishini oldindan bilsak-da, bu
erda ham ―bilib qo‗ygan – yaxshi‖ aqidasiga rioya etishni afzal deb bildik.
117
Shunday bo‗lishiga qaramasdan, bu sohada faoliyat ko‗rsatayotganlarning kamdan-
kami ―Oyligim kam‖ deb boshqa sohaga (nodavlat sohasiga) o‗tib ketayotibdi,
xolos. Ayrim hollarda esa, ―o‗tgan‖lari ham tezda ortga qaytishga harakat
qilishayapti. Nega? Buning ustiga ―Oyligim‖ kam‖ deyayotganlarning aksariyati
o‗z sohalaridan boshqa tomonga ―o‗tish‖ niyati yo‗q. Nima uchun?
―Byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlari kam‖ tarzida ―e‘tiroz‖
bildirilayotganda quyidagi oddiy savol-larga jiddiy e‘tibor bermoq va ularning aniq
javobiga ega bo‗lmoq lozim:
hech bo‗lmaganda, byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlarini
oshirish nimaga bog‗liq? Bu savolning aniq javobiga ega bo‗lmasdan bildirilgan
e‘tiroz e‘tirozligicha qolaveradi. Bunday ―e‘tiroz‖ga aqlli odam e‘tibor bermaydi,
boshini og‗ritib o‗tirmaydi, vaqtini behudaga sarflamaydi ham. Byudjet hisobidan
berilayotgan oylik maoshlarini oshirish, eng avvalo, shunday oshirishga imkon
beruvchi mablag‗larning byudjetda bo‗lishiga bog‗liq. Oylik maoshlarini
oshirishga imkon beradigan mablag‗ byudjetda bo‗lmasa, yuqoridagi tarzda
bildirilayotgan ―e‘tiroz‖ xom xayollikdan o‗zga narsa emas-ku! Bunday holatni
inobatga olmasdan turib ―Byudjetda mablag‗ bormi-yo‗qmi, bunday qat‘iy nazar,
byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlari kam, ularni oshirish kerak‖ degan
tarzda bildirilgan ―e‘tiroz‖ o‗zining moliyaviy asosiga ega emas va uni ob‘ektiv
e‘tiroz sifatida e‘tirof etib bo‗lmaydi. Buning ustiga, byudjet hisobidan oylik
maosh oladigan-larning oyligini oshirishda, eng avvalo, byudjetda mablag‗larning
bo‗lishi taqozo etilar ekan, buning uchun byudjetni qo‗shimcha daromadlar bilan
ta‘minlash ham lozim. Bu esa, o‗z navbatida, boshqa sharoitlar teng bo‗lgan
taqdirda, soliqlarning oshirilishini talab qiladi. Bunga rozi bo‗lamizmi? Bir
vaqtning o‗zida, boshqa bir tomondan, byudjetda tegishli ortiqcha mablag‗ning bor
ekanligi ham oylik maoshni oshirishga etarli darajada asos bo‗lavermaydi. Buning
uchun navbatdagi savolga ham xolisona javob berish maqsadga muvofiq;
byudjetdan olayotgan maoshimga arzigulik mehnat qilayapmanmi o‗zi yoki
yo‗qmi? Bu juda munozarali savol. Unga javob izlab turib, barcha ―pozitsiya‖larda
masalani o‗z foydamizga hal qilishga harakat qilamiz. Qilgan mehnatimiz munosib
taqdirlanmayapti, degan xulosaga ham kelamiz. Bunday paytda xolislik oxirgi
o‗ringa tushib qoladi. Qilayotgan mehnatim haqiqatdan ham samaralimi? U
nimada o‗z ifodasini topayapti?
60
Bular xususida bir o‗ylab ko‗ringchi, manzara
qanday bo‗larkin? Xolisona xulosa chiqarilsa, ko‗p hollarda ko‗pchiligimizning
byudjetdan olayotgan maoshimizga munosib mehnat qilmayotganligimiz ma‘lum
bo‗ladi. Bunday sharoitda oylik maoshlarini oshirish masalasini kun tartibiga
qo‗yish o‗rinlimi? Byudjetdan olayotgan maoshimizga arzigulik mehnat
60
Shu maqsadda byudjet hisobidan maosh oladiganlarning bir kunlik mehnat faoliyatlarini xolisona bir
tahlil qilib ko‗ringchi, qanday xulosaga kelarkansiz?
118
qilganligimiz ma‘lum bo‗lganda ham bunday masalani kun tartibiga qo‗yish
o‗zining ma‘nosiga ega emas;
―e‘tiroz‖lar e‘tiborga olinib, byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlari
asossiz ravishda oshirilsa, buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin?
Aksariyat hollarda, bunday qaror qabul qilinishining oqibatlari quyidagilardan
iborat: byudjet defitsitining darajasi ortadi; mehnat motivatsiyalanishining
asoslariga putur etadi; xodimlarda boqimandalik va tanballik kayfiyatlari yanada
kuchayadi; inflyatsion jarayonlar o‗tkirlashadi; pul va tovar massasi o‗rtasidagi
nomutanosiblik ortadi va h.k.;
byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlarini oshirishning asosida,
haqiqatda, nima yotishi kerak? Bu savolning ob‘ektiv, yakka-yu, yagona quyidagi
javobi mavjud: shu sohada faoliyat ko‗rsatayotganlar mehnatining unumdor-ligi
61
.
Bu erda ham ish haqining o‗zgarishi mehnat unumdor-ligining o‗zgarishiga bog‗liq
bo‗lishi kerak. Shu munosabat bilan mustaqillik yillarida mamlakatimizda byudjet
sohasida ishlayotganlarning oylik maoshlari necha marta oshirildi
62
-yu, ular
mehnatining unumdorligida qanday o‗zgarishlar sodir bo‗ldi, degan savolga bir
javob izlangchi, javobingiz nimalardan iborat bo‗lar ekan?;
odatda, kimlarning oylik maoshlari yuqoriroq yoki pastroq bo‗lishi kerak:
byudjet
sohasida
faoliyat
ko‗rsatayot-ganlarnikimi
yoki
nodavlat
sektoridagilarniki? Boshqa sharoitlar teng bo‗lgan taqdirda, byudjet sohasida
faoliyat ko‗rsatayotganlarning oylik maoshlariga nisbatan nodavlat sektorida
faoliyat ko‗rsatayotganlarining oylik maoshlari yuqoriroq bo‗lishi to‗g‗ri
hisoblanadi. Nima uchun? Chunki davlat sektorida (byudjet sohasida) faoliyat
ko‗rsatayot-ganlarining oylik maoshlari kafolatlangan bo‗lib, ularning riskka
ta‘sirchanligi past darajada. Nodavlat sektorida-gilarniki esa – buning aksi. Shu
sababli, ba‘zi hollarda professor yoki akademikning ish haqidan mexanizator yoki
shaxtyorning ish haqi yuqori bo‗lib qolgan bo‗lsa, ajablanishga hech hojat yo‗q
63
.
Mamlakatimizda
yurgizilayotgan
byudjet-soliq
siyosatiga
nisbatan
bildirilayotgan ―e‘tirozlar‖ning
Do'stlaringiz bilan baham: |