O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

“... kimda-kim biror sahroni obod qilsa yoki koriz (er 
ostidan qurilgan ariq) qursa, yo biron bog„ ko„kartirsa, yoxud biron xarob bo„lib 
yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili 
raiyat o„z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa) qonun-qoidaga 
muvo fiq xiroj olsinlar” 
(Temur tuzuklari. – T.: G‗.G‗ulom nomidagi adabiyot va san‘at nashriyoti,
1996. – 124-bet). 
Byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning fundamental asoslari (ustuvor 
yo‗nalishlari)da soliq imtiyoz-lari masalasiga alohida o‗rin ajratilishi, albatta, 
kerak. Bobomiz sohibqiron Amir Temurning yuqorida keltirilgan ikkinchi fikrida 


133 
ana shunday imtiyozni qay tartibda taqdim etishning maqsadga muvofiqligi o‗z 
aksini topgan. Bir vaqtning o‗zida, bobomizning ―... kimda-kim biror sahroni obod 
qilsa yoki koriz (er ostidan qurilgan ariq) qursa, yo biron bog‗ ko‗kartirsa, yoxud 
biron xarob bo‗lib yotgan erni obod qilsa‖ degan fikrlari, bir tomondan, bugungi 
kunda ham o‗z shaklu-shamoyilini to‗liq saqlab qolgan bo‗lishiga qaramasdan, 
ikkinchi tomondan, yangicha mazmun kasb etib, ―yangidan tashkil etilayotgan 
kichik korxonalar va mikro-firmalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona-
lar, ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilishga jiddiy e‘tibor 
berayotgan va h.k. korxonalar‖ shaklini olmayaptimi? O‗sha davrda aytilgan 
fikrlardan bugungi kunda ham to‗liq foydalanilmayaptimi? 
Sohibqiron Amir Temurning ―...birinchi yili undan hech narsa 
olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili 
(esa) qonun-qoidaga muvo- fiq xiroj olsinlar‖, deya bergan amri, bugungi 
kunda ozroq o‗zgargandek tuyulsa-da, hamon o‗z kuchini yuqotmabdi-ku?! Soliq 
to‗lovchilarning ayrim toifalariga nisbatan 1 yil, 2 yil va h.k.muddatlarda 
soliqlardan ozod qilish tartibining o‗rnatilishi zamirida bobomizning g‗oyasi 
yotgan ekan-ku?! Buning ustiga, jahongir Amir Temurning yuqoridagi fikrida, 
bizningcha, hozirgi sharoitda byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning 
fundamental asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) sifatida e‘tirof etilishi lozim bo‗lgan 
yana bir g‗oya mavjud.
Gap bu o‗rinda, bobomizning ―...ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan 
berganini olsinlar...‖, degan fikri xususida ketayapti. Unga ko‗ra, soliqlar bo‗yicha 
imtiyozlarda bir necha davr belgilanishi kerak, ya‘ni birinchi davrda soliqlar 
umuman olinmaydi. Ikkinchi davrda soliqlar soliq to‗lovchining roziligi asosida 
olinadi. Uchinchi davrdan boshlab esa, soliqlar hamma qatori qonun-qoidaga 
muvofiq olinishi kerak. Bir tasavvur qilib ko‗ring, agar shunday tartib 
o‗rnatiladigan bo‗lsa, u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Nahotki, o‗ziga 
imtiyozli sharoitni yaratib bergan davlatiga ma‘lum bir muddatdan keyin soliqni 
o‗z ixtiyorlari bilan to‗laydigan birorta ham insofli soliq to‗lovchi topilmasa?! 
Topiladi! Topilajak, albatta! Bu byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning 
fundamen-tal asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) sifatida buyuk bobokalonimiz Amir 
Temurning bundan bir necha asr muqaddam aytgan fikrlarida hamon ma‘lum bir 
foydalanilmagan zahiralarning mavjudligidan dalolat emasmi?! 
Bizning fikrimizcha, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning yuqoridagi 
fikrlaridan kelib chiqishi mumkin bo‗lgan bu xulosalar ilmiy va amaliy asosga ega 
bo‗lib, ular hanuzgacha o‗z qadr-qimmatini yuqotmagan va yuqotmagay, 
inshoalloh! Bir vaqtning o‗zida, ular zamonaviy byudjet-soliq siyosatini 
takomillashtirishning fundamental asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) bo‗lib hali uzoq 


134 
yillar davomida jamiyatimizning taraqqiyotiga, O‗zbekistonimizning kelajagi 
buyuk davlatga aylanishida o‗zining munosib hissasini qo‗shaveradi. 
Byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning zamona-viy fundamental 
asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) nimalardan iborat bo‗lishi mumkinligi xususida 
mamla-katimiz Prezidenti I.A.Karimovning fikrlari ham alohida ahamiyatga ega. 
Shu munosabat bilan o‗quv qo‗llanmamizning ushbu bobi doirasida biz 
respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan byudjet-soliq siyosati xususida 
bildirilgan fikrlar to‗g‗risida mulohaza yuritishni maqsadga muvofiq deb topdik. 
Buning, nazarimizda, bir necha asosli sabablari mavjud.
Birinchidan, shu narsani alohida ta‘kidlash joizki, Prezidentimizning asarlari 
bilan tanishar ekanmiz, aynan ana shu asarlarda byudjet-soliq siyosatining nazariy 
masalalariga asos solinganiga (nazariy asoslarining yaratilganligiga) guvoh 
bo‗lamiz. 
Ikkinchidan, hozirgi paytda biz ishlab chiqilayotgan va hayotga tatbiq 
etilayotgan byudjet-soliq siyosatining asl mohiyatini to‗g‗ri idrok etishni istar 
ekanmiz, davlatimiz rahbarining bu xususda bildirgan fikrlariga alohida e‘ti-bor 
bilan qarashimiz darkor. 
Uchinchidan, davlat rahbari sifatida byudjet-soliq siyosatiga nisbatan 
Prezidentimiz tomonidan bildirilgan fikrlar barchaning (hatto shu sohada faoliyat 
ko‗rsatayotgan tegishli mutaxassislarning ham) e‘tiboriga etarli tarzda etib 
bormaganligini xolisona tan olishimiz kerak. 
To‗rtinchidan, «Prezidentimiz byudjet-soliq siyosati to‗g‗risida qanday 
fikrlarni bildirgan?» - degan savolga faqat tegishli iqtisodchilar va iqtisodchi-
olimlarning tor doirasigina javob berishga qodir bo‗lsa, ularning ayrimlari «Nima 
uchun aynan shunday fikrlar bildi-rilgan?» - degan savolga malakali tarzda javob 
berishga hamon ojizlik qilishmoqda. 
Bu va shunga o‗xshash yana bir necha asosli sabablarni inobatga olgan holda 
yurtboshimizning turli yillardagi byudjet-soliq siyosatiga xos bo‗lgan fikrlarini 
quyida keltiraylik va ular to‗g‗risida mulohaza yuritishga harakat qilaylik. 
Shubhasiz, ularda hozirgi paytda va yaqin kelajakda mamlakatimizda byudjet-soliq 
siyosatini tako-millashtirishning fundamental asoslari (ustuvor yo‗na-lishlari) o‗z 
in‘ikosini topgan. 
Birinchi fikr

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish