136
o‗ynamasa-da, lekin xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar va davlat byudjeti o‗rtasidagi
munosabatlarda o‗ziga xos vazifani bajaradi.
Ikkinchi g‗oyada, soddaroq qilib aytsak, juda ko‗pchilik javobini bilishni
istaydigan «Davlat byudjetining daromad qismi qancha bo‗lishi kerak?» - degan
hayotiy savol-ning javobi o‗z aksini topgan. Demak, keltirilgan fikrdan ko‗rinib
turibdiki, davlat byudjeti daromad qismining hajmi eng muhim umumdavlat, xalq
xo‗jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur bo‗lgan miqdorda bo‗lishi kerak. Bu
fikrda, bir tomondan, qo‗yilgan savolning umumiy javobi o‗z aksini topgan bo‗lsa,
ikkinchi tomondan, o‗sha savolning konkret javobi ham ifodalangan. Chunki
yuqoridagi savolga u yoki bu narsani hisobga olgan holda oldindan «Davlat
byudjetining daromad qismi mana buncha bo‗lishi kerak», - deb bir xil tarzda
javob berish o‗zining ma‘nosiga ega emasdir. Mulohazalarimizdan ma‘lum bir
davrda (odatda byudjet yili davomida) eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi
vazifalarini to‗liq bajarish yoki hal etish uchun qancha miqdordagi mablag‗ talab
qilinsa, davlat byudjetining daromadlari qismida soliqlar yordamida shuncha
miqdorda mablag‗ to‗planishi lozim degan umumiy xulosa kelib chiqadi.
Albatta, eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi vazi-falarini hal etish uchun
zarur bo‗lgan mablag‗larning bir qismini davlat boshqa manbalar hisobidan ham
qoplashi yoki moliyalashtirishi mumkin. Davlat qimmatbaho qog‗ozlarini
muomalaga chiqarish, tashqi davlatlardan qarz olish va h.k.lar shular
jumlasidandir. Eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi vazifalarini bajarish uchun
moliyalashtirishning bu shakllaridan ham amaliyotda maqsadga muvofiq bo‗lgan
hollarda foydalanib kelinmoqda. Bu narsa eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi
vazifalarini bajarishda davlat byudjetining daromadlari etarli bo‗lmagan holda
maydonga chiqadi. Soliqlar yordamida to‗plangan daromadlar etarli bo‗lgan
taqdirda muomalaga qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish (ichki qarz) va chet
mamlakatlardan qarz olishga (tashqi qarz) hojat qolmas edi. Jahon amaliyotida
etishmagan mablag‗ga ega bo‗lishning biz sanab o‗tgan har ikki yo‗li ham normal
holat sifatida qaralsa-da, ularning har ikkalasi ham qarziy mablag‗ (ichki va tashqi
qarz) bo‗lganligi uchun o‗zida kattagina riskni namoyon etadi. Bu riskning bir
qismi siyosiy riskdan iboratdir. Shuning uchun ham «davlat byudjetining daromad
qismi eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur
bo‗lgan miqdorda shakllanishini ta‘minlashi lozim», - degan fikrga alohida hurmat
bilan qaramoq kerak. Chunki bu fikr va uning amalga oshirilishi
mamlakatimizning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashda hal qiluvchi ahamiyatga
egadir.
Uchinchi fikr
:
«
Do'stlaringiz bilan baham: