O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

“Soliqlar qanchalik past dara jada bo„lmasin, hech kimga, 
hech qachon va hech qaerda yoqqan emas. Muhimi, soliqlar asosli, barqaror, 
moslashuvchan bo„lishi,mahsulot ishlab chiqaruvchining qo„lini bog„lab 
qo„ymasligi, aksincha, uni rag„batlantirishi zarur. Soliqlar korxonalarning 
tadbirkorligini har tomonlama rag„batlantirishi lozim”. 
(Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan
foydalanish – bosh yo‗limiz. // Xalq so‗zi, 2002 yil 15 fevral). 
Bu keltirilgan fikr ustida mulohaza yuritib, byudjet-soliq siyosatini 
takomillashtirishda printsipial ahamiyat kasb etishi mumkin bo‗lgan bir necha 
xulosalarni chiqarish mumkin. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat: 

soliq siyosati ishlab chiqilayotgan paytda bu siyosatning soliq 
to‗lovchilarga yoqishi yoki yoqmasligi masalasi oldingi o‗ringa turmasligi kerak. 
Chunki, yuqorida qayd etilganidek, ―Soliqlar qanchalik past darajada bo‗lmasin, 
hech kimga, hech qachon va hech qaerda yoqqan emas‖. Bunday fikr bekordan-
bekorga bildirilmayapti. Uning ilmiy-nazariy, amaliy va hayotiy asosi bor. Bu asos 
soliqlarning majburiy xarakterga ega ekanligi bilan belgilanadi. Haqiqatdan ham, u 
yoki bu narsaning kimgadir (soliq to‗lovchilarga) ma‘qul kelishini yoki yoqishi 
mumkinligini, avvalo, uning ixtiyoriyligi belgilab beradi. Aks holda, ma‘qul kelish 
yoki yoqish to‗g‗risida gapirish o‗rinsizdir; 

soliq siyosati takomillashtirilayotgan paytda soliqlar-ning ―...asosli, 
barqaror, moslashuvchan bo‗lishi... zarur‖li-giga jiddiy e‘tibor bermoq lozim. Bu 
narsalar, qolaversa, soliq siyosatini takomillashtirishda eng muhim narsa sifatida 
e‘tirof etilmog‗i kerak. Ko‗pchilik hollarda soliq siyosatining muvaffaqiyatini ham 
shular belgilab beradi; 

―...soliqlar... ...mahsulot ishlab chiqaruvchining qo‗lini bog‗lab 
qo‗ymasligi, aksincha, uni rag‗batlantirishi... ...zarur‖ degan g‗oya soliq siyosatini 
takomillashtirishning markaziy o‗rinlaridan birida turishi kerak; 

va nihoyat, soliq siyosatini takomillashtirish masalalari kun tartibiga 
qo‗yilayotgan paytda ―soliqlar korxonalarning tadbirkorligini har tomonlama 
rag‗batlan-tirishi lozim‖ligi e‘tibordan chetda qolmasligi zarur. Shuningdek, bu 
erda soliqlar yordamida umuman rag‗batlan-tirish to‗g‗risida gap ketayotgani 
yo‗qligini qayd etib o‗tish lozim. ―Soliqlar korxonalarning faoliyatini rag‗batlan-


152 
tirishi kerak‖ degan fikr ham bildirilmayapti. Aksincha, bu erda gap 
―korxonalarning tadbirkorligini‖ rag‗batlantirish xususida ketayapti
90

Bu bildirilgan fikrda soliq siyosati va uni takomillashtirishga nisbatan 
quyidagi bir necha g‗oyalar ilgari surilmoqda: 

soliq siyosatini yanada takomillashtirish mamlakatimiz taraqqiyotining 
ustuvor vazifasi sifatida e‘tirof etilgan. Bu narsa e‘tirof etilganda ham oddiy tarzda 
emas, balki ―printsipial muhim ustuvor vazifa‖ sifatida qayd etilgan; 

soliq siyosatini takomillashtirishning roliga o‗ziga xos tarzda baho berilib, 
ustuvor vazifalarning muvaffa-qiyatli bajarilishini ta‘minlashda soliq siyosatini 
takomillashtirishning ahamiyati ko‗rsatilgan va bu narsa ―...ustuvor vazifalarning 
barchasi soliq siyosatini takomil-lashtirish bilan bevosita bog‗liq‖ tarzida 
ifodalangan. Shu o‗rinda, hozirgi paytda mamlakatimiz taraqqiyoti oldida turgan 
ustuvor vazifalarning aniq ko‗rinishlari
91
nimalar-dan iborat ekanligidan ogoh 
bo‗lsak, soliq siyosatini takomillashtirishning bu jarayondagi roli yanada 
yaqqolroq namoyon bo‗ladi; 

bu erda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ―busiz hech qanday vazifani 
hal etib bo‗lmaydi‖, degan fikr bildirilganda uni faqat ustuvor vazifalarning bajari-
lishi bilan bog‗lab qo‗ymaslik kerak. Aslida, tom ma‘noda ham, soliqlarsiz va soliq 
siyosatini takomillashtirmasdan turib, jamiyatimiz oldida turgan har qanday 
vazifani ham o‗z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarishning iloji yo‗q. 
Bu o‗rinda soliqqa tortish masalasida, eng avvalo, quyidagi ikki holatga 
alohida e‘tibor berish kerakligi ta‘kidlanayapti: 

amaliyotda sinalgan printsip va yondoshuvlarni ishlab chiqish; 

boshqa mamlakatlarning ilg‗or tajribasidan foyda-lanish. 
Biroq, bu tarzdagi fikrlar bildirilishining negizida boshqa muhim holatlar, 
yashirin tarzda yotgan bo‗lishiga qaramasdan, ham o‗z aksini topgan. Gap bu erda, 
shuningdek, soliqqa tortish masalasining nihoyatda murakkabligi va qaltisligini 
hisobga olgan holda tavakkalchilikka yo‗l qo‗yishning maqsadga muvofiq 
emasligi, bu masalaga nisbatan o‗zgartirishlar kiritishdan oldin amaliyotda 
sinalgan printsip va yondoshuvlar avvalroq ishlab chiqilishining zarurligi xususida 
ketayapti. Buning muhimligi shundan iboratki, byudjet-soliq siyosati, jumladan, 
uning ajralmas qismi hisoblangan soliq siyosatining muvaffaqiyatini, aslida, bu 
sohada qilingan o‗zgarishlarning amaliyotda sinalgan printsiplar va 
yondoshuvlarga qay darajada muvofiq kelishi belgilab beradi. Agar qilingan 
90
―Korxonalarning faoliyati‖ va ―korxonalarning tadbirkorligi‖ o‗rtasidagi farqlarni ko‗raolasizmi? Ular 
nimalardan iborat? 
91
Ular nimalardan iborat edi o‗zi?! 


153 
o‗zgarishlar ana shu printsiplar va yondoshuvlarga to‗g‗ri kelsa, ularning 
muvaffaqiyat qozonishi muqarrar va aksincha. 
Soliqqa tortish masalasida boshqa mamlakatlarning ilg‗or tajribasidan 
foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bu narsa, ayniqsa, bizning sharoitimizda 
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki soliqqa tortish masalalari bizning 
mamlakatimizda, asosan, keyingi 20 yil davomida muhokama qilib kelinayotgan 
bo‗lsa, aslida bu masalalar bir necha 100 yillik tarixga ega. Ilk markazlashgan 
davlatlar tashkil topgandan buyon uning ahamiyati yanada ortib borgan. Bu 
boradagi juda ko‗p masalalar allaqachon o‗zining oqilona echimini topgan. Shu 
ma‘noda, bizning sharoitimizda, soliqqa tortishning juda ko‗p masalalarini ―sinab 
ko‗rish‖, ―eksperiment o‗tkazish‖ yoki ―tajriba qilib ko‗rish‖ orqali hal qilish 
maqsadga muvofiq emas. O‗rni kelganda, ayrim soliqqa tortish masalalarida ―biz 
bu masalani o‗zgacha hal qilamiz‖, ―bu masalada bizning o‗z yo‗limiz bor‖ yoki 
―biz boshqa yo‗ldan boramiz‖ qabilidagi qarorlar ham hayotda o‗zini oqlamay 
qoladi. Biroq, bu narsa xorijiy mamlakatlarning soliqqa tortish borasidagi ilg‗or 
tajribalari O‗zbekistonga avtomatik tarzda o‗tkazilishi kerak, degan ma‘noni 
anglatmaydi. Chunki har bir mamlakatning o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlari 
soliqqa tortish masalalarida, albatta, o‗z ―iz‖ini qoldirishi, tabiiy. Shu munosabat 
bilan bu o‗rinda soliqqa tortishga doir xorijiy mamlakatlarning ilg‗or tajribalaridan 
har bir mamlakatning o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda 
foydalanmoq lozimligini ta‘kidlab o‗tmoq joiz. 
 
Bu bildirilgan fikrdan quyidagi mantiqiy xulosa-larni chiqarish mumkin: 

soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida muammolar mavjud, ular 
oxirigacha muvaffaqiyatli hal etilmagan, shu bois bu tizimda tub o‗zgarishlarni 
amalga oshirish zarur; 

soliq organlari idoralarining bosh vazifasi faqat soliqlarning byudjetga o‗z 
vaqtida va to‗liq tushishini ta‘minlashdan iborat emas. Ularning vazifasini ana shu 
tarzda idroq etish amaliyotiga chek qo‗yish darkor; 

soliq idoralari soliqqa oid jinoyatlarning oldini olish maqsadida soliq 
to‗lovchilarga yordam berishi va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga 
ko‗maklashishi lozim. Haqiqatdan ham, bugungi kunda soliq organlari tomonidan 
soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilganini qayd etish, bular natijasida davlatga 
etkazilgan zararni aniqlash va uni qoplash (undirish) borasida ishlarni amalga 
oshirishdan ko‗ra ular tomonidan soliqqa oid jinoyatlarning oldini olish maqsadida 
soliq to‗lovchilarga yordam berish va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga 
ko‗maklashish-ning har tomonlama afzal ekanligini hayotning o‗zi yaqqol 
ko‗rsatmoqda; 


154 

soliq organlari soliq to‗lovchilar bilan muntazam ravishda etarli darajada 
ish olib bormayaptilar. Holbuki, amalda bu ishni etarli darajada olib borishlari 
kerak. Bu erda ―muntazam‖ so‗zining zamirida nima yotganligiga jiddiy e‘tibor 
berish va unga to‗liq erishishga harakat qilish maqsadga muvofiq. 

Bu bildirilgan fikrning zamirida nimalar yotibdi? Unda jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida soliq yukini engillashtirish, soliqqa tortish tizimini 
sodda-lashtirish va unifikatsiya qilish bo‗yicha xo‗jalik tuzilma-larini qo‗llab-
quvvatlash maqsadida qanday choralarning ko‗rilganligi nazarda tutilayapti? Bu 
savollarga javob bermoq uchun:

jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham mamlakatimiz xo‗jalik 
sub‘ektlariga keng ko‗lamli qo‗shimcha soliq va bojxona imtiyozlari berish davom 
ettirilganligi; 

engil va oziq-ovqat sanoatining iste‘mol tovarlari ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
dasturida ishtirok etayotgan korxonalar uchun daromad solig‗i va yagona soliq 
to‗lovi bo‗yicha imtiyozlarning yaratilganligi; 

uy-joy qurilish va rekonstruktsiya qilish bo‗yicha yangi tashkil 
qilinayotgan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilot-larining 5 yil muddatga barcha 
turdagi soliqlardan ozod etilganligi; 

korxonalar muassislarining kapitallashuv va investi-tsiya kiritishga 
yo‗naltiriladigan dividendlarining 5 yil davomida soliqqa tortilmaydigan 
bo‗lganligi; 

Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish doirasida soliq 
imtiyozlari va preferentsiyalar berish hisobidan 500 mlrd. so‗mdan ortiq 
mablag‗larning xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tasarrufida qoldirilganligi va ularning 
aylanma mablag‗larni to‗ldirish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, yangi 
turdagi mahsulotlarni o‗zlashtirish, ishchilarni moddiy rag‗batlantirish uchun 
yo‗naltirilganligi
92
bilan xarakterlanadigan ob‘ektiv realliklarga e‘tibor bermoq 
lozim. 
Hozirgi paytda fiskal siyosatini takomillashtirishning fundamental asoslari 
(ustuvor yo‗nalishlari), asosan, ana shulardan iborat. Ularni e‘tiborga olgan holda 
va ular doirasida amalga oshirilgan byudjet-soliq siyosati muvaffaqiyatli ravishda 
bizni buyuk kelajak sari etak-layveradi. 
92
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 
– T.: ―O‗zbekiston‖, 2010. 41-bet. 


155 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish