Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Sotib oluvchining huquq va majburiyatlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Sotib oluvchining huquq va majburiyatlari. 
Shartnomaga berilgan 
ta’rifni tahlil etib, sotib oluvchi unga yetkazib berilayotgan tovar 
tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan bo'lishini talab 
etishga haqlidir. Bunday sotuvchi zimmasidagi majburiyat ushbu 
shartnomada mahsulot yetkazib beruvchi sifatida qatnashuvchi tarafning 
aw alo tadbirkorlik subyekti bo'lishi va ayniqsa ushbu faoliyat bilan 
shug'ullanish uchun vakolatli bo'lishi (ulgurji savdo bilan shug'ullanish 
huquqiga ega bo'lishi) talab etilganligi sababdir. Tovarlar sotib oluvchiga 
vaqtida yetkazilishi shart. Agar tovarning yetkazib berish muddati o'tkazib 
yuborilgan bo'lsa, sotib oluvchi ushbu tovarlarni qabul qilishni rad etishga 
haqli bo'ladi. Tovarlarni qabul qilishni rad etishning ham o'ziga xos 
tartibi mavjud. Rad etish bildirish xatini topshirish orqali amalga oshiriladi. 
Ya’ni sotib oluvchi tovar yetkazib beruvchini tovarlarni qabul qilmasligi 
haqida yozma holda xabardor qilishi talab etiladi. Bildirish xati ikki 
nusxada tuzilib, bittasi mahsulot yetkazib beruvchiga beriladi. Ikkinchisi 
esa ushbu bildirish xatini topshirilganligini tasdiqlash uchun sotib oluvchida 
saqlanadi. Mahsulot yetkazib beruvchi bildirish xati orqali xabardor 
qilinguniga qadar yetkazib bergan tovarlarini sotib oluvchi qabul qilishini 
va ularni haqini to'lashini talab qilish huquqiga ega. Yetkazib berilgan 
tovar haqini to'lashdan bosh tortishi yoki to'lashni kechiktirishiga qonun 
yo'l qo'ymaydi. Bu borada ushbu norma dispozitivligini etiborda tutish 
lozim. Ya’ni shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilishi ham mumkin. 
Jumladan, shartnomada tovarlarni jo'natish raznaryadkasi bo'yicha


shartnoma shartlarining aniq bajarilishi yuzasidan qat’iy shartlar belgilab 
q o‘yilgan boisa, tovarni qabul qilishni rad eta olmaydi. Rad etgan 
taqdirda mahsulot yetkazib beruvchi ko'rgan barcha zararlarni qoplashi 
shart boiadi.
Shu bois sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan 
tovariarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni 
amalga oshirishi lozim. Jumladan yetkazib berilgan tovarlarni tez va 
sifatli qabul qilish uchun sharoitlarni yaratib qo'yishi, tovarning turib 
qolmasligini ta’minlashi shart. Yetkazib berilgan tovarni tekshirib uning 
sifatini aniqlashni ham shu turdagi tovarlarni aniqlash va sifatini tekshirish 
uchun odatda ketadigan vaqtdan o‘tib ketmasligini ta’minlashi kerak. 
Albatta bunday talablarning barchasini qonunda aks ettirishi juda qiyin, 
shu bois bunday talablar to‘g ‘ri bajarilganini yoki bajarilmaganini aniqlash 
sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan qabul qilingan (yoki qabul qilinishi 
kerak boigan) tovarlarni qonun hujjatlarida (FKda, alohida qabul qilingan 
qonunlarda, VMning qarorlarida, shuningdek turli nizomlarda), mahsulot 
yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan 
muddat (yoki maddatlar)da ko'zdan kechirishi talab etiladi. Ushbu ko'zdan 
kechirish natijasida tovarlar miqdori va sifati yuzasidan aniqlangan 
nomuvofiqliklar va kamchiliklar to'g'risida tovar yetkazib beruvchini 
darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Darhol degan so'zni 
izohlaganda shuni e’tiborga olish kerakki, sotib oluvchi o'zining maksimal 
imkoniyatlarini ishlatgan holda o'ta mas’uliyatlilik bilan bunga yondashib, 
imkoni boricha qisqa muddatda yozma (faks, internet, telegramma hamda 
pochta orqali) yoki zarurat taqazo etsa og'zaki (telefon orqali shuningdek 
modemogramma) shaklda zarur ma’lumotni taqdim yetishi anglashiladi.
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda 
sotib oluvchi (oluvchi) tovariarning transport va yuk hujjatlarida 
ko'rsatilgan maiumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek bu 
tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan 
holda qabul qilishi lozim. Transport tashkiloti yetkazib berilgan tovarga 
qo'yilgan talablar (tovar sifati, turi va assortimenti hamda ishlab chiqarish 
braki) uchun javob bermaganligi bois, sotib oluvchi mahsulot yetkazib 
berish shartnomasiga muvofiq mahsulot yetkazib beruvchi unga topshirish 
uchun yuborgan tovarlarni saqlash uchun mas’ul bo'lmaydi. Chunki uning 
majburiyati faqat tovarlarni unga qanday topshirilgan boisa shunday 
topshirishdan iborat. Sotib oluvchi unga yetkazib berilgan tovarlarni qabul 
qilishni rad etgan taqdirda ushbu tovariarning toki mahsulot yetkazib 
beruvchi olib ketmagunga (yoki olib ketish chorasini ko'rmagunga) qadar


but saqlanishini ta’minlashi (mas’uliyatli saqlash) shart bo'ladi. Tovarlar 
yuzasidan e’tirozni va nima sababdan tovar rad etilayotganini darhol 
mahsulot yetkazib beruvchi xabardor bo'lishi yuzasidan barcha choralarni 
ko'rishi shart bo'ladi.
Mahsulot yetkazib beruvchi bunday xabami olganidan so'ng sotib 
oluvchi tomonidan mas’uliyatli saqlashga olingan tovarni zudlik bilan 
olib chiqib ketish chorasini ko'rishi yoki sotib oluvchini ogohlantirib barcha 
zararlarni qoplagan holda, oqilona muddat ichida ushbu tovami tasarruf 
etishi shart bo'ladi. Agar mahsulot yetkazib beruvchi o'zini mas’uliyatsiz 
tutib, oqilona muddatlarni buzib, tovarni tasarruf etmasdan yoki olib 
ketmasdan o'zini paysalga solsa, sotib oluvchi tovami realizatsiya qilib 
ko'rgan zararlarni undan chegirib qolib, qolgan mablag'larni mahsulot 
yetkazib beruvchiga qaytarishga yoki mahsulot yetkazib beruvchiga 
tovarlarni qaytarib yuborish bilan bog'liq zarur xarajatlari u tomonidan 
qoplanishi sharti bilan qaytarib yuborish choralarini ko'rishga haqli bo'ladi.
Sotib oluvchi o'zining harakatlarini qonun hujjatlariga va shartnoma 
shartlariga mos holda amalga oshirishi lozim bo'ladi. Agarda sotib oluvchi 
yetarli asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olishni 
rad etgan bo'lsa, mahsulot yetkazib beruvchi bu holat (asossiz mahsulotni 
qabul qilishni rad etish) ni isbotlay olsa sotib oluvchidan tovar haqini 
to'lashni talab qilishga hamda unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy 
zararlarni qoplanishini talab qilishga haqli bo'ladi.
Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib beruvchi shartnoma tuzish 
vaqtida tovarlarni sotib oluvchi tomonidan 

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish