Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Shartnomaning mazmuni. 
Ma’lumki, shartnomalaming mazmunini 
taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Sotuvchining 
majburiyatlariga sotib oluvchiga tovarlarni to'liq barcha kerakli jihozlari 
va hujjatlari bilan kelishilgan miqdorda, assortimentda va komplektda, 
belgilangan sifatdagi, o'ram dagi va turdagi shuningdek uchinchi 
shaxslarning huquqlaridan holi holda topshirishi kiradi. Sotuvchining 
bunday majburiyatlari oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan FKning 29- 
bobini l-§ talablariga rioya qilishi jumladan, 398, 400, 402, 403, 414- 
moddalari talablariga ko'ra amalga oshirishi talab etiladi. Shuningdek, 
taraflar kelishuviga m uvofiq 423-modda talablariga ko'ra tovarni 
sug'urtalanishi sotuvchi zimmasiga yuklanishi ham mumkin.
Tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish majburiyati tovarni sotib 
oluvchiga (yoki shartnomada u ko'rsatgan qabul qilib oluvchi uchinchi 
shaxsga) ortib yuborish orqali amalga oshiriladi. FKning 440, 441 va 442
- moddalari mazmunidan mahsulotni yetkazib berish sotuvchining 
zimmasida ekanligi anlashiladi. Shunday ekan, agar tovarni yetkazib 
berilishi haqida shartnomada hech qanday shartlar belgilanmagan bo'lsa 
tovarni yetkazib berish majburiyati sotuvchi zimmasida bo'ladi.
Mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq 
yetkazib berishi lozim Jumladan, tovarlarni birdaniga hammasini yetkazib 
berish majburiyati yuklatilgan bo'Lsa, ulami shartnomada belgilangan vaqtda, 
uning sifatiga, assortimentiga va boshqa tovarga nisbatan belgilangan 
talablarga javob beradiganini sotib oluvchiga yetkazib beradi.
A gar taraflar tovarlarni shartnomaning amal qilish muddati 
mobaynida turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan bo'lsalar 
va unda alohida turkumlarni yetkazib berish muddatlari (yetkazib berish 
davrlari) belgilangan bo'lsa ushbu belgilangan muddatda yetkazib berishi 
shart. Agarda, bunday muddat belgilanmagan bo'lsa, tovarlar har oyda 
bir xil turkumlarda yetkazib berilishi lozim. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, 
ushbu munosabatni tartibga solishga qaratilgan qonun 
hujjatlarida hamda majburiyatning o'ziga xos mohiyati va mazmuni


yoki ish muomalasi odatlari boshqacha tartibni nazarda tutmagan bo'lsa 
yuqoridagi muddatlarda, nazarda tutilgan bo'lsa ushbu shartlarga asosan 
amalga oshirilishi kerak.
Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan 
bir qatorda tovarlarni yetkazib berish (o'n kunlik, sutkalik, soatlik va 
hokazo) jadvali ham belgilanishi mumkin. Bunday jadvallami belgilanishi 
juda muhim sababi ushbu shartnoma tovarlar oldi-sotdisini ta’minlovchi 
asosiy xo'jalik shartnomasi bo'lgani tufayli uning qanchalik aniqlik bilan 
tuzilsa, m a jb u riy a tla r aniq belgilansa shartnom a yuzasidan 
tushunmovchiliklar bo'lmasa tovarlarning savdo aylanmasi shunchalik 
tez bo'ladi natijada barcha faqat foyda ko'radi.
Tovarlar shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib 
berilishiga faqat sotib oluvchining roziligi bilangina yo'l qo'yiladi. Bunga 
sabab mahsulot yetkazib berilganda uni saqlash, realizatsiya qilish tegishli 
tayyorgarlikni va xarajatlami talab qiladi. Tovar muddatidan ilgari yetkazib 
berilishi sotib oluvchiga turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Masalan, saqlash uchun joy i va imkoniyati bo'lm asligi mumkin. 
Shuningdek yuqorida aytganimizdek sotib oluvchi rozi bo'lsa, ya’ni unga 
tovarlarni muddatidan oldin yetkazib berilishi hech qanday muammolarni 
yuzaga keltirmasa, balki aksincha juda xaridorgir tovar bo'lsa uni qabul 
qilishga hech ikkilanmaydi. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib 
oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib 
berilishi lozim bo'lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi.
Shartnomada tovarlarni yetkazib berish tartibini kelishib olinishi 
juda muhim. Aksariyat hollarda bunday majburiyat mahsulot yetkazib 
beruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tovarlarni yetkazib berish mahsulot 
yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma bo'yicha sotib oluvchiga 
yoki shartnomada oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsga jo'natish (topshirish) 
yo'li bilan amalga oshiriladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga 
jo'natish to'g'risida sotib oluvchining sotuvchiga ko'rsatmalar berish 
huquqi (jo'natish raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot 
yetkazib beruvchi tovarlarni jo'natish raznaryadkasida ko'rsatilgan 
oluvchilarga jo'natadi (topshiradi). Jo'natish raznaryadkasi — mahsulot 
yetkazib beruvchiga yozma shaklda sotib oluvchi tomonidan belgilangan 
shaxslarga topshirish uchun yetkazib berilishi kerak bo'lgan tovarlarni 
bir yo'la yoki belgilangan grafik asosida ortib yuborish (jo'natish) 
yoki topshirish bo'yicha ko'rsatmasini mujassamlaydi. Bu esa o'z 
navbatida, mahsulot yetkazib beruvchiga ham qulayliklarni keltirib


chiqaradi. Jumladan, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni aniq, 
o ‘z vaqtida yetkazib berishi belgilansa boshqa tomondan qulayligi 
o ‘z ishini tartibli olib borishga asos bo'ladi. Bu esa, bir yo'la bir necha 
mijoz buyurtmasini vaqt va transport xarajatlarini kamroq qilgan 
holda yetkazib berilishiga olib keladi. Shuningdek, shartnoma shartlariga 
rioya qilinishi ta’minlanadi va tovarni yetkazib berilganlik uchun 
qo'shiladigan qiymat kamayishi hisobiga tovarlar tannarxini ham 
kamayishiga olib keladi.
Jo'natish raznaryadkasining mazmuni va muddati mahsulot yetkazib 
berish shartnomasida belgilanadi. Ayrim hollarda jo'natish raznaryadkasini 
yuborish muddati shartnomada nazarda tutilmasligi ham mumkin1. Bunga 
sabab shartnoma konsensual harakterda bo'lganligi tufayli va shartnoma 
harakteridan kelib chiqib sotib oluvchi ushbu muddatni aniq belgilashga 
ikkilanishi mumkin. Bunday hollarda sotib oluvchi zimmasiga mahsulot 
yetkazib beruvchini mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida 
30 kun oldin jo'natish raznaryadkasining aniq muddatlarni ma’lum qilishi, 
ya’ni yuborishi lozim boiadi.
Sotib oluvchining belgilangan muddatda jo'natish raznaryadkasini 
taqdim qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib 
berish shartnomasini bajarishdan bosh tortish, yoki sotib oluvchidan 
tovarlar haqini to'lashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari 
mahsulot yetkazib beruvchi jo'natish raznaryadkasini taqdim qilmaslik 
tufayli yetkazilgan zararni to'lashni talab qilishga haqli (FK 441-modda).
Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni 
mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va 
unda belgilangan shartlarda jo'natish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni qay yo'l bilan 
yetkazib berilishi juda muhim. Sababi, yuqorida aytganimizdek, olib 
borib berish qaysi transport turida (havo, suv tarsportida hamda temir 
yo'l yoki avto yoilar transportida) yoki qanday shartlarda amalga 
oshirilishi amalda taraflarning tortishuvining asosiy sababchisi hisoblanadi. 
Chunki u mahsulotning tannarxiga ta’sir ko'rsatadi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni yetkazib 
beruvchidan (uning mahsulotlari saqlanadigan omboridan yoki boshqa 
joydan) olib ketishni sotib oluvchi o'zining bunga imkoniyati mavjudligi va

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish