Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining bahosi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining bahosi. 
Tovarlar 
yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontraktida baho masalasiga oid o'ziga 
xos qoidalar mavjud. Albatta barcha oldi-sotdi shartnomalari singari davlat 
kontraktida ham tovar bahosini belgilashda taraflar erkindir. Ammo 
davlatgagina xos bo'lgan ustivorlik, sotib olish maqsadini o'ziga xos 
xususiyatilaridan kelib chiqib sotuvchiga taqdim etiladigan imtiyozlar evaziga 
bozor narxidan ancha arzon narxlarda tovarlarni sotib olishi mumkin. 
Misol uchun, davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovarlarga nisbatan 
ayrim soliqlardan ozod holda ishlab chiqarilish tannarxida yoki respublikaga 
kirib kelish narxida (bojxona to'lovlaridan holi) sotib olishi mumkin.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasida 
shartnoma bahosi taraflar o'zaro kelishuvi asosida, tovarning xususiyatidan 
kelib chiqib belgilanadi. Oldi-sotdi shartnomalariga oid umumiy qoidalarga 
ko'ra baho shartnomaning muhim belgisi hisoblanmaydi. Tovar bahosi 
taraflar o'zaro kelishuviga ko'ra shartnomada aniq qiymat misolida 
ko'rsatilmasligi ham mumkin. Jumladan, tovar yetkazilib berilayotgan 
davrdagi bozor narxini nazarda tutishi mumkin.
Shuni alohida ta’ kidlash lozimki, ayrim turdagi tovariarning 
narxlarini davlat qat’iy qilib belgilab qo'ygan bo'lsa, ana shu narxlar 
asosida sotuvchidan sotib olishi mumkin. Sotuvchi tomonidan davlat 
belgilagan narxlarda ushbu tovarlar sotilmaydigan bo'lsa davlat keskin 
choralarni, jumladan jazo choralarini ko'rishi mumkin. Shu o'rinda 
sotuvchiga tovarlarni davlat belgilagan narxlarda sotishi unga zarar 
keltiradigan bo'lsachi degan savol tug'ilishi tabiiy. Ammo davlat tadbirkor 
(ishlab chiqaruvchi, sotuvchi) ni bunday hollarda zarar ko'radigan 
vaziyatga solib qo'yishi mumkin emas. Agar tadbirkor zarar ko'rganini 
isbotlasa uning ko'rgan zararini davlat to'liq hajmda qoplab beradi. Bunday 
ayrim turdagi tovariarning narxini qat’iy qilib belgilanishidan asosiy 
ko'zlangan maqsad, ushbu tovarlar narxini bozorda asossiz oshirib 
sotilishini oldini olish va aholining sotib olish qobiliyatidan kelib chiqib 
uni tartibga solishdir.


Tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining muddati. 
Shartnomaning muddati muhim shartlardan biri hisoblanadi. Barcha oldi- 
sotdi shartnomalari kabi tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat 
kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish 
shartnomasida ham shartnoma shartlarining aniq bajarilishi uchun taraflar 
shartnoma muddatlarini aniq kelishib olishlari shart. Albatta shartnoma 
muddati deganda uning amal qilish muddatiga birinchi navbatda to'xtalish 
kerak bo'ladi. Shuningdek, tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat 
kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish 
shartnomasining o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, unda oraliq va 
shartnomaning muhim majburiyatlarini belgilab qo'yilishi uchun 
ishlatiladigan muddatlar mavjud bo'lishi mumkin. Yuqorida aytib 
o'tganimizdek, tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontrakti va 
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi uzoq 
muddatli shartnomalardan hisoblanadi. Umumiy qoidaga ko'ra shartnoma 
asosan bir yilgacha bo'lgan muddatga yoki bir yildan ortiq muddatga 
yoinki taraflar o'zaro kelishuviga binoan boshqa muddatga tuzilishi 
mumkin. Shartnoma muddati shartnomaning muhim shartlaridan biri 
bo'lganligi tufayli qonunshunos agarda shartnomada taraflar tomonidan 
muddat masalasi hal qilinmay qoldirilgan bo'lsa, ushbu shartnoma bir 
yilga tuzilgan deb hisoblanishi to'g'risidagi qoidani belgilab qo'ygan.
Agar uzoq muddatli shartnomada yetkazib berilishi lozim bo'lgan 
tovarlar miqdori yoki shartnomaning boshqa shartlari bir yilga yoki 
undan ortiq muddatga belgilangan bo'lsa, shartnomada taraflarning bu 
shartlami shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar keyingi 
davrlar uchun kelishib olish tartibi belgilanishi lozim. Shartnomada bunday 
tartib bo'lmasa, shartnoma tegishlicha bir yilga yoki shartnoma shartlari 
kelishilgan muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Uzoq muddatli shartnoma taraflaridan biri yetkazib berilishi lozim 
bo'lgan tovarlar miqdorini yoki shartnomaning boshqa shartlarini keyingi 
davrlar uchun shartnomada belgilangan tartibda kelishib olishni rad 
qilgan yoki undan bosh tortgan taqdirda boshqa taraf tegishli davrlarda 
tovarlarni yetkazib berish shartlarini belgilash to'g'risidagi yoxud 
shartnomani bekor qilish to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilish 
huquqiga ega. (FK 438-modda)
Tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining shakli va tuzish 
tartibi. Tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontrakti va davlat


ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining shakli va tuzish 
tartibiga doir masala FKning mahsulot yetkazib berish shartnomasiga oid 
umumiy qoidalarda nazarda tutilgan normalar asosida belgilanadi.
Tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi yozma shaklda 
tuziladi.
Davlat kontraktini tuzish tartibi davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
yetkazib berish shartnomasini tuzish tartibidan farq qiladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish