Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Tovarlar yetkazib berish bo'yicha davlat kontrakti



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. Tovarlar yetkazib berish bo'yicha davlat kontrakti
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo'yicha davlat 
kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi' 
tushunchasi va huquqiy belgilari.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat ehtiyojlari 
uchun tovarlar yetkazib berish bo'yicha davlat kontrakti asosida, 
shuningdek uning asosida tuziladigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan, davlat budjeti 
va moliyalashning budjetdan tashqari manbalari hisobiga ta’minlanadigan 
O'zbekiston Respublikasining ehtiyojlari davlat ehtiyojlari deyiladi.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish borasidagi 
munosabatlarga mahsulot yetkazib berish shartnomasining qoidalari ham 
tatbiq etiladi. Bundan tashqari, davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib 
berishni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlar ham mavjud.
Davlatning faoliyati fuqarolik huquqi bilan amalga oshiriladigan 
munosabat bilan cheklanmay, undanda kengroq munosabatlarni qamrab 
oladi. Davlatning asosiy funksiyalaridan biri bu aholini turli tovarlarga 
boigan ehtiyojlarini ta’minlash uchun barcha choralarni ko'rishidir. Ya’ni 
davlat bu ishlarni to'g'ri yoiga qo'yish majburiyatiga ega. Hozirgi kunda 
buning umumiy ikki yo'li mavjud:


- birinchidan, barcha ishlar davlat va uning mutasaddi tashkilotlari 
orqali bajarilishi;
- ikkinchidan, tadbirkorlikka keng imkoniyat yaratib, bu ishlarni 
amalga oshirishni yuridik va jismoniy shaxslar ( yakka tadbirkorlar) ga 
yuklashi va ular faoliyatini qonunlar orqali tartibga solib, uni nazorat 
qilish orqali^
Hozirgi kunda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir 
vaqtda aholining turli xildagi tovarlarga bo‘lgan deyarli barcha ehtiyojlarini 
tadbirkorlik subyektlari ta’minlamoqda. Ammo, deyarli degan so'zning 
zamirida davlatning strategik ahamiyat kasb etadigan mahsulotlarni, ya’ni 
turli yoqilg'i - moylash materiallari, oziq - ovqat mahsulotlari, dori -
darmon vositalari va boshqa davlatning moddiy ehtiyojlarini ta’minlovchi 
tovarlarni, jumladan, tegishli iqtisodiy va siyosiy ( tashqi va ichki) faoliyatni 
olib borish, davlat boshqaruv apparatini moddiy va texnik ta’minlash 
hamda saqlash, davlat xavfsizligi va mudofaa ishlari uchun, ularning 
qudratini oshirish uchun, ijtimoiy-madaniy ishlar uchun xullas barcha 
davlatning asosiy ehtiyojlarini ta’minlanishi uchun davlat o‘zi sarf-xarajat 
qiladi Ya’ni oldi-sotdi munosabatlarga bilvosita va bevosita kirishadi.
Bevosita tovarlar yetkazib berish to‘g‘risidagi davlat kontrakti tuzish 
orqali Bilbosita davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi 
tuzish orqali. Ikkala shartnoma ham ulgurji oldi-sotdi shartnomasi turkumiga 
kiradi Shuningdek ular xo'jalik shartnomasi hisoblanadi1.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish