Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Kontraktatsiya shartnomasining huquqiy belgilari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Kontraktatsiya shartnomasining huquqiy belgilari: 
birinchidan, 
konsensual bo'lib, shartnoma taraflar o'rtasida kelishilib 
(tuzilib) imzolangandan so'ng darhol kuchga kiradi hamda huquq va 
majburiyatlar yuklaydi;
ikkinchidan, 
u ikki tomonlama bo'lib, shartnomada xo'jalik va 
tayyorlovchi o'zlariga tegishli huquq va majburiyatlar- oladi;
uchinchidan, 
u haq baravariga tuziladi, ya’ni yetkazib berilgan 
mahsulot evaziga ikkinchi taraf uning haqini to'lashga majburdir;
to'rtinchidan, 
shartnoma ham rejali, ham erkin kelishuvda bo'lishi 
mumkin.
Kontraktatsiya shartnomasini huquqiy tartibga solish manbalari.
Shartnoma subyektlari hisoblangan xo'jaliklaming, tadbirkorlaming huquq 
va erkinligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida 
mustahkamlangan. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirib berish, qayta 
ishlash va xarid qilish bilan bog'liq munosabatlari esa amaldagi Fuqarolik 
Kodeksining 465-moddasida “Kontraktatsiya shartnomasi”, 466-moddasida 
“Qishloq xo'jaligi mahsulotini 
yetishtiruvchining majburiyatlari”, 467- 
moddasida “Tayyorlovchining majburiyatlari” kabi qoidalar asosida 
belgilangan. Shuningdek, ushbu munosabatlar Yer kodeksi, mulkchilik,
1 А б д у с а л о м о в М. С и н д а р о в К. К^ишлок хуж алиги сохаси д а ги та д б и р к ор л и к  
ш артно м алари.Т : "Консаудитинф орм " 2002. 17-бет.


tadbirkorlik, ijara, qishloq xo'jaligi shirkatlari, fermer xo'jaligi, dehqon 
xo'jaligi, suv va suvdan foydalanish to'g'risida hamda xo'jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risidagi qonunlar 
orqali ham tartibga solinadi. Ayniqsa, qishloq xo'ajaligida iqtisodiy islohotlami 
yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini 
takomillashtirish, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini boshqarishning bozor 
tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tadbiq etish, qishloq xo'jalik 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaming mustaqilligini kengaytirish hamda 
ularning manfaatlari himoyasini yana ham kuchaytirish maqsadida qabul 
qilingan “Qishloq xo'jaligida islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim 
yo'nalishlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 
24 martdagi PF3226-sonli Farmoni bu borada alohida ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, unda 
yetishtiriladigan qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazib 
berish hamda moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun 
shartnomalarni faqat fermer xo'jaliklarining o'zlari tayyorlov, qayta ishash 
hamda xizmat ko'rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to'g'ridan-to'g'ri 
tuzish huquqi kafolatlandi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi Qarori asosida paxta xom-ashyosi 
yetishtirishni ko'paytirish uchun belgilangan prognoz hajmlaridan ortiqcha 
yetishtirilgan paxta xom-ashyosi uchun joriy hisob-kitob yagona xarid 
narxlaridan 20 foiz ortiq bo'lgan narxlar bo'yicha amalga oshirilishining 
belgilanishi paxta yetishtiruvchi qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat 
xo'jaliklari) va fermer xo'jaliklarini rag'batlantirishda, ularning tadbirkorlik 
faoliyatini rivojlantirishda muhim o'rin tutib kelmoqda.
Bevosita qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va 
xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzish tartibi O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi-ning 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli Qarori bilan 
tasdiqlangan “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan 
tayyorlov, xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish, 
ularni ro'yxatdan o'tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi 
monitoringini olib borish tartibi to‘g ‘risida”gi Nizom asosida belgilanadi.
Kontraktatsiya shartnomasini tuzish va bajarishda tomonlar 
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, yuqorida ko'rsatilgan Nizomga, 
shartnoma shartlariga hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid 
qilish to'g'risidagi boshqa normativ hujjatlarga amal qilishlari lozim. 
Agar Fuqarolik Kodeksida boshqacha tartib belgilangan boim asa yoki 
u s h a r tn o m a v iy -m a jb u r iy a t m o h iy a tid a n k e lib ch iq m a sa , 
kontraktatsiya shartnomalariga nisbatan mahsulot yetkazib berish 
shartnomasi to'g'risidagi qoidalar, ba’zi hollarda esa davlat ehtiyojlari


uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti to'g'risidagi 
qoidalar, shuningdek, shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, oldi-sotdi shartnomasining qoidalari 
ham qo'llanilishi mumkin.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish