Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Davlat kontraktini tuzish tartibi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Davlat kontraktini tuzish tartibi 
Davlat kontrakti loyihasi davlat 
buyurtmachisi tomonidan ishlab chiqiladi va mahsulot yetkazib beruvchi 
(ijrochi)ga yuboriladi. Ammo shartnomada taraflar kelishuviga ko'ra 
aksincha boiishi ham mumkin.
Davlat kontrakti loyihasi ikki nusxada tuziladi. Ikkala nusxa ham 
ikkinchi tarafga yuboriladi. Davlat kontrakti loyihasini olgan taraf kechi 
bilan 30 kunlik muddatda uni imzolab, bir nusxasini birinchi tarafga 
qaytaradi, davlat kontrakti shartlari yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud 
boisa, 30 kunlik muddatda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va 
uni imzolangan davlat kontrakti bilan birinchi tarafga yuboradi yoki 
unga davlat kontraktini tuzishdan bosh tortishini ma’lum qiladi.
Davlat kontrakti bilan kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan 
birinchi taraf 30 kun ichida kelishmovchiliklarni ko'rib chiqishi, kontrakt 
shartlarini boshqa taraf bilan muvofiqlashtirish choralarini ko'rishi va 
unga davlat kontraktini kelishilgan tahrirda qabul qilishi yoki 
kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishi haqida xabar berishi lozim. 
Bu m uddat tugagach, m anfaatdor taraf hal qilinmagan barcha 
kelishmovchiliklarni 30 kunlik muddatda sud muhokamasiga topshirishi 
mumkin.
Davlat kontrakti davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish 
to'g'risidagi buyurtmani joylashtirish tanlovi natijalari bo'yicha tuziladigan 
hollarda davlat kontrakti tanlov o'tkazilgan sanadan boshlab 30 kun 
ichida tuzilishi lozim.
Agar davlat kontraktini tuzishi majburiy boigan taraf uni tuzishdan 
bosh tortsa, ikkinchi taraf boshqa tarafni davlat kontraktini tuzishga 
majbur qilish to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli boiadi 
(FK 460-modda).
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish 
tartibi 
Agar davlat kontraktida shartnoma loyihasini tayyorlashning 
boshqacha tartibi nazarda tutilgan boimasa yoki shartnoma loyihasi 
sotib oluvchi tomonidan taqdim qilingan boimasa, mahsulot yetkazib


beruvchi (ijrochi) biriktirish to'g'risidagi bildirish xatida ko'rsatilgan sotib 
oluvchiga davlat buyurtmachisidan bildirish xati olingan vaqtdan boshlab, 
30 kundan kechiktirmay davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib berish 
shartnomasining loyihasini yo'llashi lozim.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining 
loyihasini olgan taraf kechi bilan 30 kun muddatda uni imzolaydi va 
shartnomaning bir nusxasini ikkinchi tarafga qaytaradi, shartnoma 
shartlari bo'yicha kelishmovchiliklar boiganda esa xuddi shu muddatda 
kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan shartnoma 
bilan birgalikda boshqa tarafga yuboradi.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini 
kelishmovchiliklar bayonnomasi bilan olgan taraf 30 kun ichida 
kelishmovchiliklarni ko'rib chiqishi, shartnoma shartlarini boshqa taraf 
bilan muvofiqlashtirish choralarini ko'rishi va unga shartnomani kelishilgan 
tahrirda qabul qilishi yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishi 
haqida xabar berishi lozim. M an faatdor taraf hal qilinm agan 
kelishmovchiliklarni 30 kunlik muddatda sud muhokamasiga topshirishi 
mumkin.
Agar mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat ehtiyojlari uchun 
tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzishdan bosh tortsa, sotib oluvchi 
mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ni sotib oluvchi ishlab chiqqan 
shartnoma loyihasi shartlarida shartnoma tuzishga majbur qilish haqidagi 
talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.( FK 462-modda.)
Yuqoridagi solishtiruvdan ko'rinib turibdiki, qonunshunos muddatlami 
belgilashda juda qulay va to'g'ri yechimga kelgan Ya’ni shartnomani tuzish, 
e’tiroz bildirish, bekor- qilish va zararlarni undirishga oid talablarni qo'yish 
uchun 30 kunlik muddatlami belgilagan Umuman olganda tovarlar yetkazib 
berish to'g'risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
yetkazib berish shartnomasini tuzish tartibining bir-biridan farqi yo'q.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish