tadbirkorlik, ijara, qishloq xo'jaligi shirkatlari, fermer xo'jaligi,
dehqon
xo'jaligi, suv va suvdan foydalanish to'g'risida hamda xo'jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risidagi qonunlar
orqali ham tartibga solinadi. Ayniqsa, qishloq xo'ajaligida iqtisodiy islohotlami
yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini
takomillashtirish, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini boshqarishning bozor
tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tadbiq etish, qishloq xo'jalik
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaming mustaqilligini
kengaytirish hamda
ularning manfaatlari himoyasini yana ham kuchaytirish maqsadida qabul
qilingan “Qishloq xo'jaligida islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim
yo'nalishlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil
24 martdagi PF3226-sonli Farmoni bu borada alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki, unda
yetishtiriladigan qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazib
berish hamda moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun
shartnomalarni faqat fermer xo'jaliklarining o'zlari tayyorlov,
qayta ishash
hamda xizmat ko'rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to'g'ridan-to'g'ri
tuzish huquqi kafolatlandi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi Qarori asosida paxta xom-ashyosi
yetishtirishni ko'paytirish uchun belgilangan prognoz hajmlaridan ortiqcha
yetishtirilgan paxta xom-ashyosi uchun joriy hisob-kitob yagona xarid
narxlaridan 20 foiz ortiq bo'lgan narxlar bo'yicha
amalga oshirilishining
belgilanishi paxta yetishtiruvchi qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat
xo'jaliklari) va fermer xo'jaliklarini rag'batlantirishda, ularning tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishda muhim o'rin tutib kelmoqda.
Bevosita qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va
xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzish tartibi O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi-ning 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli Qarori bilan
tasdiqlangan “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan
tayyorlov, xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida
shartnomalar tuzish,
ularni ro'yxatdan o'tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi
monitoringini olib borish tartibi to‘g ‘risida”gi Nizom asosida belgilanadi.
Kontraktatsiya shartnomasini tuzish va bajarishda tomonlar
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, yuqorida ko'rsatilgan Nizomga,
shartnoma shartlariga hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid
qilish to'g'risidagi boshqa normativ hujjatlarga amal qilishlari lozim.
Agar Fuqarolik Kodeksida boshqacha tartib
belgilangan boim asa yoki
u s h a r tn o m a v iy -m a jb u r iy a t m o h iy a tid a n k e lib ch iq m a sa ,
kontraktatsiya shartnomalariga nisbatan mahsulot yetkazib berish
shartnomasi to'g'risidagi qoidalar, ba’zi hollarda esa davlat ehtiyojlari
uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti to'g'risidagi
qoidalar, shuningdek, shartnomada yoki qonun
hujjatlarida boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, oldi-sotdi shartnomasining qoidalari
ham qo'llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: