Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Шартнома шартларини бузганлик учун жавобгарликка оид м асалаларга бир неча



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Шартнома шартларини бузганлик учун жавобгарликка оид м асалаларга бир неча 
бор юкорида хам тухталиб утилди. ФК кабул килиниши билан конуний неустойкаларни 
кулланиши анча кискарди. Унинг урнини ш артномавий неустойка эгаллади. М ахсулот 
етказиб бериш ш ар тн о м аси д а асосан ш ар тн о м ави й неустойканинг иккала шакли 
кулланилишини куриш имиз мумкин. Т о ва р етказиб бери ш ни ёки хакини ту л аш н и 
кечиктиргандан пеня шаклида ва товар сифати, бутлиги ва урами ю засидан белгиланган 
шартларни бузилганда жарима шаклида кулланилади.


yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni tegishli darajada sifatli 
tovarlar bilan darhol almashtirgan hollar bundan mustasno.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga binoan sotib oluvchiga 
yetkazilgan tovarlarni iste’molchiga chakana savdo orqali sotilganda, 
tovaming sifatsizligi va kamchiliklari aniqlanganda, sotib oluvchi unga 
iste’molchi tomonidan qaytarilgan tovami oqilona muddat ichida mahsulot 
yetkazib beruvchi tomonidan almashtirilishi va sotib oluvchi ko‘rgan 
zararlarni qoplashi lozim bo'ladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasining shartlarini buzgan holda 
but bo'lmagan tovarlar yetkazib berilganda mahsulot yetkazib beruvchidan 
sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra:
-xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
-tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega. Agar 
mahsulot yetkazib beruvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni 
butlash to'g'risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra: 
-butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga; 
-shartnomani bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to'langan 
pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni 
talab qilishga haqli bo'ladi (FKning 413-moddasi). Mahsulot yetkazib 
beruvchi yetkazib berilgan tovarlarning but emasligi to'g'risida sotib 
oluvchidan bildirish olganidan keyin tovarlarni darhol butlagan yoki 
ularni but tovarlar bilan almashtirgan bo'lsa bunday javobgarlikdan 
ozod bo'ladi.
Tovarlarni chakana narxlarda sotayotgan sotib oluvchi (oluvchi), 
agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo'lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan but bo'lmagan 
tovarlarni oqilona muddat ichida but tovarlar bilan almashtirishni talab 
qilishga haqlidir. (FKning 452-moddasi).
Sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga tovarlar to'liq yetkazib 
berilmagani, tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etilishi yoki tovarlarni 
butlab berilishi to'g'risidagi talablarini darhol yoki oqilona muddatlarda 
bajarilmay qoldirilganda quyidagi huquqlarga ega bo'ladi:
1. 
Agar mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni mahsulot yetkazib berish 
shar tnomasida nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan bo'lsa yoxud 
sotib oluvchining tegishli darajada sifatli bo'lmagan tovarlarni almashtirish 
yoki tovarlarni butlash to'g'risidagi talablarini belgilangan muddatda 
bajarmasa, sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan 
olib, ularni olish bilan bog'liq barcha zarur va oqilona xarajatlarni mahsulot 
yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega.


2. Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni to‘liq yetkazib bermagan 
yoki sotib oluvchining tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki 
tovarlarni butlash to‘g ‘risidagi talablarini bajarmagan hollarda sotib 
oluvchining boshqa shaxslardan tovarlar olishga qilgan xarajatlarini ushbu 
Kodeks 456-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga 
muvofiq hisoblab chiqariladi.
3. Sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning kamchiligi bartaraf etilguncha 
va ular butlanguncha yoki almashtirilguncha tegishli darajada sifatli 
bo'lmagan va but bo'lmagan tovarlar haqini to'lashdan bosh tortish, 
bordi-yu, tovarlar haqi to'langan bo'lsa, - to'langan summani qaytarishni 
talab qilish huquqiga ega. (FKning 453-moddasi).
4. Tovarlarni to'liq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish 
muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun qonunda yoki shartnomada 
belgilangan neustoykani to'lanishini mahsulot yetkazib beruvchidan 
shartnomaning amal qilish muddatida majburiyat amalda bajarilgunga 
qadar undirish huquqiga ega. (FKning 454-moddasi).
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlarini buzganlik uchun 
javobgarlikni belgilash nafaqat O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
Kodeksi, balki ushbu shartnoma xo'jalik shartnomalari guruhiga kirganligi 
sababli “Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnoma viy- 
huquqiy bazasi to'g'risida”gi 29.08.1998 y. N 670-1 Qonuni bilan ham 
tartibga solinadi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki qonun hujjatlarida 
boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, shartnomani bajarmaganlik yoki 
lozim darajada bajarmaganlik uchun “Xo'jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g ‘risida”gi qonunning 25- 
32-moddalarida quyidagi javobgarlik choralari qo'llanilishi belgilangan.
1. 
Mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, 
to'liq yetkazib berilmagan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi sotib 
oluvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan 
qismining 0,5 foizi miqdorida penya to'laydi, biroq bunda penyaning 
umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosining 50 foizidan 
oshib ketmasligi lozim. Penyani to'lash shartnoma majburiyatlarini buzgan 
tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to'liq 
yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. 
(“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to‘g'risida”gi qonunning 25-moddasi.)
2. 
Agar yetkazib berilgan mahsulotlar sifati, assortimenti va navi 
bo'yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun


hujjatlarida yoki xo‘jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy 
shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi mahsulotni qabul qilish hamda 
ularning haqini toiashni rad etib, mahsulot yetkazib beruvchidan sifati, 
assortimenti va navi lozim darajada boimagan mahsulotlar qiymatining 
20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar mahsulotlar haqi toiab 
qo'yilgan boisa, to'langan summani belgilangan tartibda qaytarishni 
talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada 
boimagan mahsulotlar yetkazib berganlik uchun jarima mahsulot yetkazib 
beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.
Jarimani undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi bank muassasasiga 
mahsulotlarning sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to'g'risidagi 
dalolatnoma tuzilgandan keyin o'n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani 
undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi belgilangan o'n kunlik muddatni 
buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda 
amalga oshiriladl( “Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy- 
huquqiy bazasi to'g‘risida”gi qonunning 26-moddasi.)
3. But boimagan mahsulotlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi:
-tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Mahsulot yetkazib
beru vch i sotib oluvchining talabini olgan paytdan boshlab, agar 
taraflarning kelishuvida o'zga muddat belgilangan boimasa, o'n besh 
kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;
- tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini to'lashdan bosh 
tortishga, agar tovariarning haqi toiab qo'yilgan boisa, belgilangan 
tartibda to'langan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli;
- yetishmayotgan qismlar qiymatini qo'shgan holda, mahsulot 
yetkazib beruvchidan but boim agan tovarlar qiymatining 20 foizi 
miqdorida jarima undirishga haqli.
Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab 
bermasa, sotib oluvchi but boimagan tovarlarni qaytarib berishga hamda 
but boim agan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga 
haqlidir (“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy- 
huquqiy bazasi to'g'risida”gi qonunning 27-moddasi).
4. Marka belgisi qo'yilm agan yoki lozim darajada markirovka 
qilinmagan tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki o'ralmagan tovarlarni 
yoxud tegishli idishga joylanmagan yoki lozim darajada o'ralmagan 
tovarlarni yetkazib berganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchi sotib 
oluvchiga bunday tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima to'laydi. 
Tovarlar qabul qilingandan keyin yana jo'natilishi yoki saqlanishi kerak 
b oig a n hollarda sotib oluvchi jarima undirishdan tashqari o'z kuchi


bilan, lekin mahsulot yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni o‘rashga 
va idishlarga joylashga, yoxud bir shahardagi mahsulot yetkazib 
beruvchidan tovarlarni o‘rab berish yoki idishlarga joylab berishni talab 
qilishga haqlidir (“ X o ‘jalik y u ritu vch i subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g ‘risida”gi qonunning 28-moddasi).
5. Mahsulot yetkazib beruvchi talabiga binoan qo'yilgan akkreditiv u 
amal qiladigan muddat ichida foydalanilmasa, mahsulot yetkazib beruvchi 
sotib oluvchiga akkreditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi 
miqdorida jarima to'laydi. (“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g ‘risida”gi Qonunning 29-moddasi).
6. Jo'natilgan tovarlarga oid to'lov yoki tovar-transport hujjatlarining 
nusxasini belgilangan m uddatda yu borm agan lik yoki tovarlar 
jo'natilganligi to'g'risidagi boshqa axborotni taqdim etmaganlik uchun 
mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga axborot taqdim etilmagan 
har bir holat uchun yetkazib berilayotgan tovar qiymatining 1 foizi 
miqdorida jarima to'laydi(“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida”gi Qonunning 30-moddasi).
7. Tovarlarni olib ketmaslik, shuningdek mahsulot yetkazib beruvchi 
shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda 
tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi mahsulot 
yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (o'z muddatida olinmagan) tovarlar 
qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo'yicha esa - 
10 foiz miqdorida jarima to'laydi.
Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, 
mahsulot yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar 
mavjudligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (o'z 
muddatida olinmagan) tovarlar qiymati to'lanishini talab qilishga haqlidir 
(“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to‘g'risida”gi qonunning 31-moddasi).
8. To'lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman 
rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar 
haqini to 'la sh d a n bosh tortg a n lik (bank m uassasasiga to 'lo v
topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni 
taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi mahsulot yetkazib 
beruvchiga o'zi to'lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi 
miqdorida jarima to'laydi.
Yetkazib berilgan tovarlar haqini o'z vaqtida to'lamaganlik uchun 
sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga o'tkazib yuborilgan har bir 
kun uchun kechiktirilgan to'lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo


kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorida 
penya to 'la y d i ( “ X o 'ja lik y u ritu v ch i su b y ek tla r fa oliyatin in g 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida”gi qonunning 32-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish