Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi. 
Oldi- 
sotdi shartnomalarini bekor bo'lishining umumiy asoslari FKning 455- 
moddasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi xususiyatlaridan kelib 
chiqib aniqlashtirildi. Shunday qilib, shartnomani bajarishdan bir 
tomonlama (to'liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani 
jiddiy buzgan taqdirda yo'l qo'yiladi.
M ahsulot yetkazib b eru vch in in g m ahsulot yetkazib berish 
shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: 
-tegishli darajada sifatli bo'lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul 
muddatda bartaraf qilib bo'lmaydigan kamchiliklarga ega bo'lgan 
tovarlarni yetkazib berish;
-tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi 
quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
-tovarlar haqini to'lash muddatlarini bir necha bor buzish; 
-tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik.
Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini 
bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama 
o'zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki 
o'zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki 
taraflar kelishuvida belgilanmagan bo'lsa, shartnoma bir taraf boshqa 
tarafdan shartnomani bajarishdan to'la yoki qisman bir taraflama bosh 
tortish to'g'risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o'zgartirilgan yoki 
bekor qilingan hisoblanadi.
Shartnomani bekor qilish vaqtida zararni hisoblash masalasi juda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar sotuvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma 
bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotib oluvchi shartnomada 
nazarda tutilgan tovar o'miga boshqa shaxsdan birmuncha yuqori, ammo 
oqilona bahoda tovar sotib olsa, sotib oluvchi sotuvchidan shartnomada 
belgilangan baho bilan uning o'rniga tuzilgan bitimdagi baho o'rtasidagi 
farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Agar sotib oluvchi 
tom onidan m ajbu riyat buzilganligi oqibatida shartnom a bekor 
qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotuvchi tovarni boshqa shaxsga 
shartnomada nazarda tutilganidan birmuncha pastroq, biroq oqilona


bahoda sotgan boisa, sotuvchi sotib oluvchidan shartnomada belgilangan 
baho bilan uning o'rniga tuzilgan bitimdagi baho o ‘rtasidagi farqdan 
iborat zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Agar yuqoridagi asoslar bo'yicha shartnoma bekor qilinganidan keyin 
uning o'rniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud 
boisa, taraf shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor 
qilingan paytdagi joriy baho o'rtasidagi farqdan iborat zararni qoplash 
to'g'risida talab qo'yishi mumkin boiadi.
Tovar topshirilishi lozim boigan joyda, odatda o'xshash sharoitlarda 
bir xil tovar uchun undiriladigan baho joriy baho deb e’tirof etiladi. 
Agar bu joyda joriy baho mavjud boimasa, tovarni tashish xarajatlaridagi 
farqni hisobga olgan holda boshqa joydagi uning o'rnini bosa oladigan 
oqilona joriy bahodan foydalanadi.
Bunday talablarni qondirish o'z majburiyatini bajarmagan yoki 
lozim darajada bajarmagan tarafni boshqa tarafga yetkazgan o'zga zararni 
qoplashdan ozod qilmaydi. (FKning 456-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish