“SHIMOL-JANUB” TALQINI — industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlar
bilan sanoati asta-sekinlik bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan qo‗llanuvchi
termindir. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha Parijda bo‗lib o‗tgan konferensiyada
norasmiy ravishda ―Shimol-Janub dialogi‖ termini ishlatilgan. Ushbu konferensiyada
Yevropaning industrial rivojlangan mamlakatlari bilan Osiyo va Afrikaning hamda Lotin
Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari ishtirok etgan. Hozirgi kunga kelib bunday
termin o‗z ahamiyatini yo‗qotib bormoqda.
SHIOR — g‗oya, maqsad, talabni, vazifani, prinsipni qisqa ko‗rinishda ifodalovchi
chaqiriq. Sh. siyosiy agitatsiya va propagandaning ko‗rinishlaridan biridir.
SHO„RO (arab. maslahat, kengash) — 1) Qur‘onning 42-surasi nomi. 53 oyatdan
iborat. Makkada nozil bo‗lgan. Bu surada musulmonlar dunyoviy va diniy ishlarni o‗zaro
maslahat va kengash asosida amalga oshirishlari maqsadga sazovor ekanligi aytilgan.
1917-yilda Turkiston taraqqiyparvarlari (jadidlari) va ulamolari tuzgan tashkilotlar
nomida ham Sh. so‗zi uchraydi: ―Sho‗roi islomiya‖, ―Sho‗roi ulamo‖. 2) Sovet
hokimiyati (sovetlar) ning XX asr 20–40-yillargacha o‗zbek va boshqalar turkiy tillarda
ishlatilgan nomi. Keyinchalik Afg‗oniston va boshqalar Sharq mamlakatlari xalqlari ham
sovet hokimiyatiga nisbatan bu so‗zni qo‗llagan. 1990-yillar oxirida o‗zbek tilida yana
qo‗llanila boshladi.
“SHO„ROI ISLOMIYA” (―Islom kengashi‖) — Turkiston taraqqiyparvar
ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti (jamiyati). 1917-yil 14-martda Toshkentda
tuzilgan va 1918-yil bahorigacha faoliyat olib borgan. Tashkilot faoliyatida
Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‗ja Behbudiy, Mustafo Cho‗qay, Ahmad
Zakiy Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpo‗lat Norbo‗tabekov kabi
ma'rifatparvarlar faol qatnashgan. Tashkilot tashabbusi bilan Butun Turkiston
musulmonlarining 1qurultoyi o‗tkazildi (1917-yil aprel). Qurultoyda qabul qilingan
tashkilot dasturida o‗lka musulmonlari orasida islohotlar o‗tkazish g‗oyalarini tarqatish,
mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib,
Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo‗yilgan. Tashkilot
―Sho‗roi islom‖ nomli gazazeta ham chiqargan. Oktabr to‗ntarishidan tashkilot faoliyati
taqib ostiga olinadi va uning a‘zolari birin-ketin yo‗q qilinadi.