Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet450/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

SH 
SHAHID
(arab. guvoh) — 1) islomda din yo‗lida halok bo‗lgan shaxs. Hadislarda 
aytilishicha, o‗z obro‗si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahlu oilasining 
himoyasi yo‗lida qurbon bo‗lganlar ham Sh.dir. Boshqa bir hadisda vabodan, ichki 
xastalik bilan, g‗arq bo‗lib, tom bosib o‗lganlarni Sh. hukmida o‗lganlar deyiladi. Sh.lar 
dafn etilishidan oldin yuvilmaydi. O‗zini o‗zi portlatish, o‗ziga o‗zi o‗t qo‗yish, o‗zini 
o‗zi boshqa usullarda o‗ldirish Sh. hukmida bo‗lmaydi. Qur‘onda ―o‗zlaringizni (bir-
biringizni) o‗ldirmang!‖ (Niso surasi, 29-oyat) deb, o‗zini o‗zi o‗ldirish shariatda yo‗q 
ekanligi bildirilgan; 2) Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‗lida qurbon bo‗lgan, 
jonini fido qilgan odam. Islom dinida noto‘gri yo‘lni tanlagan mazxablar va diniy 
ekstremistik tashkilotlar sh. tushunchasini aks ma‘noda talqin etib kelmoqda. buning 
natijasida bunday aqidaparast oqimlar ta‘siriga tushib qolganlar ko‘pchilik orasida o‘zini 
portlashini sh.lik deb tushunmoqda. 
SHAJARA
(arab. daraxt, genealogiya) — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va 
qonqarindoshlik aloqalari majmui. 
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI (SHHT)
— tichlik, xavfsizlik va 
barqarorlikni mustahkamlash, o‗zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish 
maqsadida tuzilgan mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning 
Shanxay shaxrida 6 mamlakat - Qozog‗iston, Xitoy, Qirg‗iziston, Rossiya, Tojikiston va 
O‗zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001-yil 15-iyun). A‘zo davlatlar: 
Qozog‗iston, Xitoy, Qirg‗iziston, Rossiya, Tojikiston va O‗zbekiston. Kuzatuvchi 
davlatlar: Hindiston, Eron, Mo‗g‗uliston, Pokiston, Afg‗oniston. SHHTning vujudga 
kelish tarixi ―Shanxay beshligi‖ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog‗liqdir. Dastlab 
Qozog‗iston, Xitoy, Qirg‗iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari (―Shanxay 
beshligi‖) uchrashuvi bo‗lib o‗tgan. SHHTning Dushanba (2000) sammitida O‗zbekiston 
Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda ―beshlik‖ 
negizida ko‗p tarmoqli tashkilot tuzish to‗g‗risida taklif ilgari surildi. SHHT 
ta‘sischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni O‗zbekiston o‗z milliy 
manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni 
hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning 
maqsad va prinsiplarini e‘lon qilgan Deklarasiya, shuningdek, «Terrorizm, separatizm va 
ekstremizmga qarshi kurash to‗g‗risida Shanxay konvensiyasi» imzolandi. Mazkur 
sammitda tashkilotga oltinchi bo‗lib O‗zbekiston qo‗shildi. Tashkilotning Sankt-
Peterburgda bo‗lgan ikkinchi sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati - SHHT Xartiyasiga 
imzo chekildi. SHHTning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot 
strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari 
kengashi, 
Tarmoq 
vazirliklari 
va 
idoralari 
rahbarlari 
kengashi, 
Milliy 
muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida 
joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida 
joylashgan)dan iborat.
Hozirgi kunda SHHTdoirasida 130 dan ortiq hamkorlik loyihalari 
amalga oshirilmoqda. SHHT faoliyatida: 1) 2004-yili Aksilterror guruhiga birgalikda 


349 
kurash markazi tuzildi. 2) 2005-yili SHHTning ishbilarmonlar kengashi o‗z faoliyatini 
boshladi. 3) 2006-yili Banklararo assotsiyasiyasi faoliyati yo‗lga qo‗yildi. SHHTning 
Xartiyasi (Nizom) 2002 yil 7 iyunda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qabul qilindi.
SHHT tarkibiga kiruvchi davlatlarning hududi Yevrosio hududining 61 foizi, ya‘ni 
hududning 3/5 qismi 30,2 mln. km.kv.ni tashkil etadi. Demografik jihatdan esa, dunyo 
aholisining to‗rtdan bir qismi (1.5 mln.kishi) tashkilotga a‘zo davlatlar hududlarida 
istiqomat qiladi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish