345
O‗.R.O.x.s.ning Plenumi; O‗.R.O.x.s.ning Rayosati; fuqarolik huquqiy munosabatlaridan
kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo‗yicha sudlov hay‘ati; ma‘muriy
huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo‗yicha sudlov hay'ati. O‗.R.O.x.s.
Plenumi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi, Rayosatining majlislari har oyda kamida
bir marta o‗tkaziladi. O‗.R.O.x.s. sudyalarining maqomi, ularni saylash va tayinlash
tartibi qonunda ko‗rsatib o‗tilgan.
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI
— O‗zbekiston
Respublikasida davlat boshlig‗i. O‗zbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24
martda ta‘sis etilgan. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga
binoan, O‗.R.P. lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‗lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan,
bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‗zbekiston
hududida muqim yashayotgan
O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‗.R.P. 5 yil muddatga saylanadi.
Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‗zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili; O‗zbekiston Respublikasining
suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi
masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‗radi;
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‗zbekiston Respublikasi nomidan ish
ko‗radi. O‗.R.P. O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‗mondoni
hisoblanadi. Qurolli Kuchlarning oliy qo‗mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod
qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini
tuzadi. Favqulodda vaziyatlar (real,
tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat,
tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlashni
ko‗zlab, mamlakatning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy
etadi va qabul qilgan qarorini 3 kun ichida O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari tasdig‗iga kiritadi. O‗.R.P.ning vakolatlari
jumlasiga fuqarolik, siyosiy
boshpana berish, O‗zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, afv
etish to‗g‗risidagi hujjatlarni qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabi
masalalarni hal etish kiritilgan. O‗.R.P. Konstitutsiya va
qonunlarga asoslanib hamda
ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‗lgan
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat boshlig‗i sifatida O‗.R.P. davlat
hokimiyati organlari tizimida muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi. O‗.R.P.ning ijro
etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan vakolatlari avvalo uning O‗zbekiston Hukumatini
tuzishdagi ishtirokida ko‗rinadi. O‗.R.P. O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
taqdimiga binoan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlaydi
va
lavozimlaridan ozod qiladi; viloyat hokimlarini hamda Toshkent shahri hokimini
tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari
Kengashlarining tasdig‗iga kiritadi. O‗.R.P.ning shaxsi daxlsizdir va ―O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‗g‗risida‖gi qonun (2003-yil 25-
aprel) bilan muhofaza etiladi. O‗.R.P. betobligi sababli o‗z vazifasini bajara olmasligi
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo‗shma qaroriga ko‗ra tuzilgan
davlat tibbiy komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda O‗zbekiston Respublikasi
Oly Majlisi Senati raisi 3 oy muddatga O‗.R.P. vazifasini vaqtincha bajarib turadi. Bu
holda 3 oy muddat ichida O‗.R.P.ning umumxalq saylovi o‗tkazilishi shart. O‗.R.P. ning
davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi