350
o‗rtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo bo‗lgan ixtilof
natijasida vujudga kelgan. Shia so‗zining to‗liq shakli ―shi‘at Ali‖ (―Ali partiyasi‖)
bo‗lib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan.
VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yo‗nalishga
aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan bo‗lsada, keyinchalik
aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli o‗ziga xos jihatlar paydo bo‗ldi. Buning natijasida
Sh. ham mustaqil oqim sifatida faoliyat ko‗rsata boshladi. Sh.da
musulmonlar jamoasi
yoki davlatida faqat Muhammad (s.a.v.) avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari)
hukmron bo‗lish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning ta‘limotiga ko‗ra, rahbar jamoa
tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida o‗tadi. Imomlik payg‗ambarlik kabi
ilohiy mansab hisoblanadi.
SHIKOYAT
— buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni
himoya qilish to‗g‗risidagi talab bayon etilgan murojaat.
SHIMOLIY ATLANTIKA SHARTNOMASI TASHKILOTI, NATO
(
North
Atlantic Treaty Organisation - NATO
) — xalqaro davlatlararo harbiy-siyosiy tashkilot.
1949-yil 4-aprelda Vashingtonda 12 davlat: AQSh, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Belgiya,
Niderlandiya, Lyuksemburg, Kanada, Italiya, Portugaliya, Norvegiya, Daniya, Islandiya
vakillari tomonidan Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolangan. Tashkilotga 1952-yil
Gretsiya va Turkiya; 1955-yil GFR, 1982-yil Ispaniya, 1999-yil
Vengriya, Polsha va
Chexiya, 2004-yil Latviya, Litva, Estoniya, Slovakiya,
Sloveniya, Bolgariya va
Ruminiya qabul qilindi; 1966-yil Fransiya NATOning harbiy tuzilmalaridan chiqqan.
Shartnoma dastlab Sovet Ittifoqi tomonidan agressiya xavfiga qarshi birgalikda
himoyalanish va jamoaviy xavfsizlikni nazarda tutgan.
Bu ikkinchi jahon urushidan
keyin AQSh tomonidan tuzilgan birinchi uyushma bo‗lib, u G‗arb mamlakatlarining
ittifoqini anglatardi. Bunday shartnoma tuzilishiga ―sovuq urush‖ning tobora keng tus
olgani sabab bo‗lgan. Shartnoma BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq ishlab
chiqilgan bo‗lib, bu moddada mustaqil davlatlar yakka tartibda yoki jamoa bo‗lib o‗z
mudofaasini tashkil etish huquqiga egaligi ko‗rsatilgan.
Shartnoma NATOga kiruvchi
mamlakatlarga G‗arbiy Yevropa va Shimoliy Atlantikani himoya qilish vazifasini
yuklagan. Shimoliy Atlantika Kengashi NATO ning oliy siyosiy organi hisoblanadi. U
ittifoqqa a'zo mamlakatlar hukumatlari o‗rtasida maslahatlashib olinadigan va ishlarni
muvofiqlashtiruvchi asosiy forumdir. Harbiy masalalar Mudofaani rejalashtirish komiteti
(MRK) majlislarida muhokama qilinadi. ―Sovuq urush‖ tugagandan so‗ng NATOni
dunyoda yuzaga kelgan yangi vaziyatga moslashtirish boshlandi. 1991-yil
Shimoliy
Atlantika hamkorlik kengashi tuzildi. U Yevroatlantika hamkorlik kengashi (YEAHK)ga
aylantirildi (1997). 1994-yildan NATOning ―Tinchlik yo‗lida hamkorlik‖ (TYH) dasturi
amalga oshirila boshlandi. Bu dastur Yevroatlantika hududi xavfsizligining asosiy
tarkibiy qismiga aylandi va NATOda markaziy o‗rinni egallab kelmoqda. YEAHKga 46
mamlakat a‘zo (2004). O‗zbekiston 1992-yil 10-martda Shimoliy Atlantika hamkorligi
kengashiga a'zo bo‗lib kirdi. ―Tinchlik yo‗lida hamkorlik‖ dasturiga qo‗shilish
to‗grisidagi hujjatning O‗zbekiston tomonidan imzolanishi (1994) respublikaning xalqaro
tuzilmalarga integrasiyalashuvi jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. 1995-yil 16-
avgustda O‗zbekiston NATO bilan xavfsizlik to‗g‗risidagi bitimni imzoladi.
351
O‗zbekistonning NATO bilan o‗zaro aloqalari har yili ikkala tomondan tasdiqlanadigan
individual hamkorlik dasturi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: