Menejmentni tashkil etishning Fransiya tajribasi
Reja
1.Menejment haqida tushuncha
2.Menejment qonunlari, tamoyillari, funksiyalari va usullari
3.Xalqaro menejment
1. Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan. AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va Teylor nomi bilan bog'lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial sotsiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davmi «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar.Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslami, odamlami boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolami, iqtisodni rivojlantirish yo'lidagi hamma qiyinchiliklami agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin.Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi.Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlaming vazifasiga kiraadi.Menejment esa ayni firmaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishini anglatadi.Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida Menejment 19-asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar.Ayrim tadqiqotlar Menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal Menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.
2.Menejment nazariyasi va amaliyotining iqtisodiy qonun va metodlari o‘zgarishiga bog‘liqligi Tashkilot boshqaruvini tanlash va shakllantirishga tashqi omillarning ta’siri, Boshqaruvning tashkilot qaysi mulkchilik shakli asosida yuritilishi bilan bog‘liqligi,Boshqaruv faoliyatida nazorat qilish, hisobga olish va analiz funksiyalaridan optimal foydalanish.Menejmentnig asosiy tamoyillari :
1.yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili,
2.Ilmiylik tamoyili,
3.Rejalilik tamoyili,
4.Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili,
5.Agentlar mustaqillik va erkinligi tamoyili,
6.SHaxsiy tashabbus tamoyili
7. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili.
1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo’ysunushini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo’g’in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo’yishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshkaraligi bilan qo’shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs irodasigaso’zsiz bo’ysunush bilan birga amalga oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o’z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi.
2. Ilmiylik tamoyili. Boshqaruv tamoyillari orasida valyutarizmni inkor qiluvchi har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining ob’yektiv yo’nalishlari, bu sohada milliy va chet el tajribasini
qo’llashini taqozo qiluvchi o’rin egallaydi.
3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish - biznes va trategik rejasini tuzish - iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo’ljallangan yo’nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning xozirgi xolatini ilmiy taxlil etish, ehtiyotlarni istiqbolini aniqlash texnikaviy va tashkiliy qarorlarni zabul qilish asosida amlaga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish - u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi resurslardan samarali foydalanish yo’llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim axamiyatga ega bo’ladi.
4. Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o’zi to’liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi kamchiligini esasarsoyaning uncha katta bo’lmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga majburlidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, yo’qatosh zarar va boshqalarga shaxsan bo’lishdadir.
5. Agentlar mustaqillik va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi kerak.
6. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon,
omilkor, shaxsiy foyda uchun harakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak.
7. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham hisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o’z huquq va majburiyatlari bo’lishi kerak.Qonun va prinsiplarda menejmentning ob’yekti va sub’yekti o’rtasidagi ob’yektiv, muhim, takrorlanadigan, nisbiy, turg’un, aniq, muayyanlik va mohiyat bilan umumiy bog’lanish va aloqadorlik o’z ifodasini topadi. Bu umumiy bog’lanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqyealar rivojining yo’nalishi va xususiyatini belgilab beradi.
3.Xalqaro menejment xorijda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalarni ayirboshlash, qõshma korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va kõrsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni tõg'ri boshqarish nazariyasi va amaliyotidir.Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalar ayirboshlash, qo’shma korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri boshqarish nazariyasi va amaliyotidir.
Fransiya jahonda iqtisodiy tarqqaiyoti buyicha beshlar qatoriga kiradi.Fransiya iqtisodiyotida yuz beryotgan tarkibiy-tuzumiy õzgarishlarda tashqi iqtisodiy aloqalar alohida õrin egallaydi.Buning ichida tashqi savdo eng ahamiyatli hisoblanadi.Fransiya iqtisodiyoti tashqi aloqalar uchun doimo ochiq hisoblanadi.Fransiya iqtisodiyotida Jyuppe va Jospen islohotlari yetakchi rol õynaydi.jyuppe islohotlarining asosiy yunalishi ijtimoiy kafolatlilikni pasaytirishga va bu bilan bogliq davlat xarajatlarini kamaytirish,byujet hajmini qisqartishga qaratilgan.Jospen islohoti ham shu yunalishda bõlib,undaggi asosiy vazifalar tadbirkorlikni kuchaytirish va iqtisoddagi davlat aralashuvini pasaytirishdan iborat edi.Bundagi muhim tomonlar aksionerlar manfaatini kuchaytirib,mehnat bozorini isloh qilish,egiluvchan mehnat haqini qullash,kasaba uyushmalari rolini pasaytirish,valyutani kuchaytirish kabilardan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |