311
mustamlakalarida vitse-qirollar (qirol hokimiyati vakillari) boshqaruvi ostida bo‗lgan
ma‘muriy-hududiy birliklar.
VIZA
(ruxsatnoma, rozilik, imzo) — 1) davlatlararo
munosabatlarda va
diplomatiyada - davlatdan chiqib ketish, davlat hududiga kirib kelish yoki davlat hududi
orqali tranzit o‗tib ketish uchun shaxsga ruxsat etilishi to‗g‗risida pasportga yoki uning
o‗rniga o‗tadigan hujjatga qo‗yilgan belgi. V. muayyan muddatga beriladi.
Davlatlar
vizasiz kirib kelish va chiqib ketish haqida bir-birlari bilan kelishib olishlari mumkin.
Chiqib ketish uchun V. odatda davlatning tashqi ishlar vazirligi tomonidan, kirib
kelish
yoki tranzit o‗tib ketish uchun tegishli davlatning boshqa davlatdagi konsullik muassasasi
yoki diplomatik vakolatxonasi tomonidan beriladi. Shuningdek, diplomatik V. ham
mavjud bo‗lib, bu pasportga qo‗yiladigan, shaxsning diplomatik maqomi e‘tirof etilishini
bildiradigan belgidir. 2) Davlat va munitsipal organlar amaliyotida - ma‘muriyat
bo‗linmasi rahbarining, deputatlar komissiyasi raisining, boshqa mas‘ul shaxsning hujjat
loyihasiga qo‗yiladigan, ushbu matn qo‗llab-quvvatlanishini,
unga rozilikni anglatuvchi
imzosi. Hujjatning bunday shaxs tomonidan imzolanishini odatda rozilik bildirilishi deb
ataydilar.
VIZIT
(fr.
visite
- tashrif buyurish) — 1) Diplomatik vakilning o‗zi turgan
mamlakatning rasmiy jamoat va ishga aloqasi bo‗lgan vakillari oldiga tashrif buyurishi.
2) Davlat yoki hukumat boshlig‗ining chet mamlakatga rasmiy tashrifi.
VOIZ
(arab.) — jamoat oldida nutq so‗zlovchi, voizlik bilan shug‗ullanuvchi kishi,
professional notiq. V.lar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati
(chiroyli va ta‘sirchan ovozi,
aniq va ravshan talaffuz, o‗z zamonasi uchun yetakchi
tillarni mukammal bilish va b.) ga ega bo‗lgan. Musulmon Sharqining yirik olimlari, din
arbobi, adib va b. ko‗pincha yetuk V.lar ham bo‗lganlar.
VOLOST
(rus.) — Rossiyada uezd tarkibiga kirgan quyi ma‘muriy-hududiy
bo‗linma. Turkistonda bo‗lis, vo‗lis deb yuritilgan. V. 1861-yilgacha
Rossiya hududida
davlatga va monastirlarga tegishli qishloq joylarida ma‘muriy-hududiy tuzilma sifatida
tashkil qilingan. 1861-yilgi islohotdan so‗ng, Rossiyaning hamma qishloq joylarida V.
quyi ma‘muriy-hududiy birlik bo‗lib qolgan. Rossiya Turkistonni bosib olgandan so‗ng,
Turkistonning butun hududi (Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari) oblast, uezd,
V.larga bo‗lingan. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli joylar 5 oblast, 27 uezd va
603 V. ga bo‗lingan (1917). O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishi o‗tkazilgandan
so‗ng (1925-yilda) O‗zbekiston hududida 241 V. bo‗lgan va 1926-yilgi
iqtisodiy-
ma‘muriy hududlashtirishga qadar saqlanib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: