Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

VOLYUNTARIZM
(lot. 
voluntas
- iroda) — ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning 
obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan, 
o‗zboshimchilik bilan siyosat yuritish, o‗z xohish - irodasini hamma narsadan yuqori 
qo‗yish. Ushbu atama 1883-yilda F.Tennis tomonidan muomalaga kiritilgan. V. sobiq 
Sho‗rolar davrida keng quloch yoydi. O‗zboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid 
qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. 
VORISLIK 
— 1) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti jarayonida hodisalar 
o‗rtasidagi aloqadorlik; jamiyatda ijtimoiy va madaniy qadriyatlarning avloddan avlodga 
o‗tishi hamda o‗zlashishi; an‘analarning amal qilishi;


312 
VOSITA
— maqsadni amalga oshirish quroli, sub‘ektning ob‘ektga ta‘sirini 
taminlovchi omillar.
 
VOSITACHILIK (diplomatiyada)
— ikki yoki bir necha davlatlar o‗rtasida 
muzokaralar olib borilishini yo‗lga qo‗yish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular 
muvaffaqiyatini ta‘minlovchi vositalardan biri. V. vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar, 
xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mash‘um ―sovuq urush‖ tugallanib, Sharq bilan 
G‗arb o‗rtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga o‗tilishi sharoitida 
mahalliy mojarolarni tinch yo‗l bilan hal qilish uchun V.dan keng foydalanilmoqda. 
Mas., BMTning, BMT Bosh kotibi, uning muovinlari, maxsus vakillari va ma‘lum 
maqsadlarda tuzilgan missiyalari V. faoliyati tufayli turli mintaqalar (Afrikada – Angola 
va Namibiya, Lotin Amerikasida – Nikaragua va Salvador, Osiyoda – Kampuchiya, 
Yevropada – Bosniya)-da yuz bergan qurolli mojarolar to‗xtadi, Yevropa Ittifoqining 
qator a‘zolari, AQSH va Rossiya vakillaridan iborat sobiq Yugoslaviya bo‗yicha aloqa 
guruhi Bosniya va Gersegovinada sodir bo‗lgan urushni tugallashga erishdi. 
VOTUM
(lot. 
votum
- iroda, xohish) — 1) vakillik organi tomonidan hukumatga, 
uning alohida a‘zosiga, boshqa ijro etuvchi organga, ijro etuvchi hokimiyatning 
mansabdor shaxsiga ishonch yoki ishonchsizlik bildirish. V.ning bir necha turlari 
mavjud: Ishonch V. i – parlament boshqaruv tizimi amalda bo‗lgan davlatlar parlament 
amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki ayrim vazirning siyosiy yo‗li, muayyan 
tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata tomonidan ma‘qullanishi. Ishonch V.i 
to‗g‗risidagi mas.,i qo‗yish tashabbusi bilan hukumatning o‗zi, parlament fraksiyalari 
yoki deputatlar guruhlari chiqishi mumkin. Ishonchsizlik V.i – parlament boshqaruv 
tizimi amalda bo‗lgan davlatlar parlament amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki 
ayrim vazirning siyosiy yo‗li, muayyan tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata 
tomonidan noma‘qul deb topilishi. Mazkur V. to‗g‗risidagi masala hukumatning o‗zi, 
parlament fraksiyalari yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan qo‗yiladi. 
Hukumatga ishonchsizlik V.i bildirilishi amalda hukumatning iste‘foga chiqishiga va 
yangi hukumat tuzilishiga (ya‘ni siyosiy tanglikka) yoxud parlament (quyi palata) 
tarqatib yuborilishiga hamda muddatidan avval parlament saylovlari o‗tkazilishiga sabab 
bo‗ladi. Majburiy V. – ayrim mamlakatlarda muomalaga layoqatli barcha fuqarolarning 
davlat hokimiyati organlariga saylovlarda, albatta, qatnashishini talab etuvchi yuridik 
majburiyat. Plyural V. – ayrim mamlakatlarda saylovchilarning muayyan toifalari 
saylovlarda ikki yoki undan ortiq ovozga ega bo‗lishini taqozo etadigan tartib. Saylov V.i 
– parlament, prezident, munitsipalitetga saylovlar bo‗yicha yakuniy natijalar. Ishonch 
yoki ishonchsizlik bildirish hukumat, hukumat a‘zosi, boshqa organ uchun ham, vakillik 
organining o‗zi uchun ham muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ba‘zi mamlakatlarda 
hukumat tomonidan taqdim etilgan uning faoliyati dasturini qo‗llab-quvvatlab parlament 
ovoz berishi ishonch bildirishga tenglashtiriladi. Bu dasturni qo‗llab-quvvatlashni rad 
etish parlamentning ishonchsizlik bildirishi tariqasida hukumatning iste‘foga chiqishini 
nazarda tutadi. Yoki ikkala masala bir vaqtda qo‗yiladi. Mas., Armaniston 
Konstitutsiyasining 74-moddasiga muvofiq, Hukumat yangi saylangan Milliy Majlis yoki 
o‗zi shakllantirilgandan keyin yigirma kunlik muddatda Milliy Majlis yig‗ilishida 
ishonch bildirish to‗g‗risidagi mas.,i qo‗yib, o‗z faoliyati dasturini ma‘qullash uchun 
Milliy Majlisga taqdim etadi. O‗z navbatida, deputatlar umumiy sonining kamida uchdan 


313 
bir qismi Hukumatga ishonchsizlik bildirish to‗g‗risida qaror loyihasini kiritishi mumkin. 
Agar bunday qaror loyihasi kiritilmagan yoki u qabul qilinmagan bo‗lsa, Hukumatning 
dasturi ma‘qullangan hisoblanadi. Agarda ishonchsizlik bildirish to‗g‗risida qaror qabul 
qilingan bo‗lsa, Bosh vazir Hukumatning iste‘fosi to‗g‗risida Respublika Prezidentiga 
ariza taqdim etadi. Ayrim chet mamlakatlarda, shuningdek RF tarkibidagi 
respublikalarda umuman hukumatgagina emas., balki hukumatning alohida a‘zosiga 
ishonch (ishonchsizlik) bildirish imkoniyati nazarda tutilgan. Mas., Dog‗iston Xalq 
Majlisi Respublika Hukumatiga va (yoki) Hukumat a‘zosiga ishonchsizlik bildirishi 
mumkin. Biroq RF Konstitutsiyasi bo‗yicha Davlat Dumasida bunday imkoniyat yo‗q. 
Parlament yoki parlament palatasi tomonidan hukumatga ishonchsizlik bildirish hamisha 
ham hukumatning iste‘foga chiqishiga, parlamentning, palataning tarqatib yuborilishiga 
olib kelavermaydi. Bir qator konstitutsiyalarda masala parlament foydasiga hal qilinadi: 
hukumatga ishonchsizlik bildirilgan taqdirda parlamentni tarqatib yuborish masalasi 
mavjud bo‗lmaydi, hukumat iste‘foga chiqishi kerak bo‗ladi yoxud prezident uni 
iste‘foga chiqarishi lozim. Mas., Udmurtiya Davlat Kengashi tomonidan respublika 
Hukumatiga ishonchsizlik bildirilishi uning to‗liq tarkibi iste‘foga chiqishiga sabab 
bo‗ladi. Tatariston Davlat Kengashi Vazirlar Mahkamasiga ishonchsizlik bildirishi ham 
shunday oqibatlarga olib keladi.Ba‘zi mamlakatlarda hukumat rahbariga ishonchsizlik 
bildirish hukumatning yangi boshlig‗ini saylash va avvalgisini ishdan ozod qilish 
to‗g‗risida mamlakat prezidentiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakat 
muayyan vaqt hukumatsiz bo‗lib qoladigan hukumat tangligining oldini olish imkonini 
beradi. Bunday tartib, mas., Germaniyada qo‗llaniladi va konstruktiv (amaliy) 
ishonchsizlik bildirish deb ataladi. 2) Saylov yoki vakolatli muassasada saylovchilar 
ko‗pchiligi tomonidan ifodalangan yoki qabul qilingan fikr (qaror).
―Votum‖ tushunchasi 
ovoz berish natijasini ham anglatishi mumkin. Bunda ovoz berish natijasida biror organ 
saylangan yoxud saylanuvchilar yoki organning ko‗pchiligi tomonidan qaror qabul 
qilingan bo‗ladi. Mas., ―konstitutsiya referendumda saylovchilar votumini oldi‖ degan 
jumlani umumxalq ovoz berishida (referendumda) ishtirok etgan saylovchilar 
ovozlarining ko‗pchiligi mazkur konstitutsiyani yoqlab berilgan deb tushunmoq kerak. 


314 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish