X
XALIFA
(ar. o‗rinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining
diniy hamda dunyoviy boshlig‗i. X. Muhammad payg‗ambar (sav) ning o‗rinbosari,
ummaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad
(sav)dan keyingi to‗rt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, ya‘ni
to‗g‗ri yo‗ldan boruvchi X.lar deb atashgan.
XALIFALIK
— VII-VIII asrlarda arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli,
Yaqin va O‗rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‗z
ichiga olgan davlat. Ibn Xaldunning yozishicha, ―johiliya arablari‖ faqat diniy sifatdagi
(payg‗ambarlik, valiylik, kohinlik va h.k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham
hijratdan so‗ng Madinada barpo bo‗lgan va 630–632-yillarda butun Arabiston yarim
orolini o‗z ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan.
Bu davlatning boshlig‗i – rasululloh – Allohning elchisi, ammo u abadiy emasligi
payg‗ambarning o‗zi tomonidan qaytaqayta ta‘kidlab kelingan. Bu davlatni kelajakda
boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav)
– payg‗ambarlarning oxirgisi. X. islom teokratik davlati tarixda bir marta tuzilgan va
Muhammad paygambar shaxsi bilan bevosita bog‗liq. Hozir nafaqat islom, balki boshqa
har qanday dinga asoslangan teokratik davlat tuzish samarasiz va befoydadir, zero XX
asrning yirik tarixchisi A.Toynbi ta‘biri bilan aytganda, cherkov zamin muammolarini
zamin vositalari orqali hal qilishga qodir emas. Bizning ko‗z o‗ngimizda ―Tolibon‖ islom
dinini niqob qilib olib, teokratik davlat tuzishga urinib ko‗rdi. Hozirgi paytda ―Hizb
uttahrir alislomiy‖ partiyasi xalifalik shaklidagi yagona musulmon davlatini tashkil
etishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan. Ammo uning bu xattiharakatlari batamom
asossiz, g‗ayriqonuniy va islom shariatiga ziddir. Qur‘oni karimda X.ni barpo qilish
bo‗yicha buyruq berilmagan, qat‘iy dalil ham mavjud emas.
XALQ
— 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi; 2) umumiy tarixiy taqdir,
o‗xshash turmush tarzi belgilari va axloqiy qadriyatlar, shuningdek, yagona tarixiy
jamoaga mansublik hissi asosida birlashuvchi ijtimoiy guruhlar birligi; tarixiy birlikning
turli shakllari (qabila, elat, millat). X.larning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va
shakllanish jarayonini o‗rganishda ijtimoiy fanlarda ―etnos‖ (yun. ―xalq‖) va ―etnik
birlik‖ iboralari qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |