308
vositasi hisoblanadi. Davlat boshlig‗iga parlament qabul qilgan qonunlarga Veto qo‗yish
(qarorlarni taqiqlash) huquqining berilishi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Vetoning
mutlaq (yoki rezolotiv), bunda davlat boshlig‗i parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil
qaytarish huquqiga ega bo‗ladi va nisbatan (kechiktiradigan yoki suspensiv) turlari
farqlanadi. Bunda davlat boshlig‗ining qonunni tasdiqlashni rad etishi uning kuchga
kirishini to‗xtatadi, xolos. Chunki, parlamentga bu qonunni
ikkinchi marta ovoz berish
bilan qabul qilish huquqini beradi. Bunda qonun loyihasini ikkinchi (yakuniy) ovoz
berish bilan qabul qilishda qator parlamentlarda ovozlarning alohida ko‗pchiligi (mas.,
AQSH va RFda har bir palataning 2/3 ovozi) talab qilinadi. Davlat boshlig‗ining fikricha
qonunning konstitutsiyaga zidligi, uning huquqiy hujjat sifatida takomiliga
yetkazilmagani, boshqa qonunlarga uyg‗unlashtirilmagani, tegishli munosabatlarni qonun
bilan tartibga solishning asossizligi, qonunning bajarilishi moddiy va tashkiliy jihatdan
ta‘minlanmaganligi, qonunni ko‗rib chiqish va qabul qilishning belgilangan tartib-
taomiliga parlament tomonidan rioya etilmaganligi V. sabablari bo‗ladi. Ko‗pgina
parlamentariylar va tadqiqotchilarning fikricha, qonunning davlat boshlig‗i
tomonidan
rad etilishiga faqat uning konstitutsiyaga zidligi yoki qonunni qabul qilish tartibi
buzilganligi asos bo‗lishi mumkin. Parlament qabul qilgan qonunni imzolash va e‘lon
qilishning davlat boshlig‗i tomonidan rad qilinishi qonunning parlamentda, uning
palatalarida qayta muhokama qilinishi yakunlari bo‗yicha o‗tkaziladigan ovoz berish
orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda ba‘zi mamlakatlarda parlament (uning palatalari)
a‘zolari umumiy sonining oddiy (mas., Italiya, Vengriya), boshqalarida asosiy (mas.,
AQSH, RF) ko‗pchiligining ovozlari talab qilinishi mumkin. AQSHda tadqiqotchilar
Prezidentning ―cho‗ntakdagi vetosi‖ deb atagan imkoniyat bor: agar Kongress
sessiyasining tanaffusigacha qonun loyihasini imzolash uchun
Prezidentga ajratiladigan
10 kundan kam vaqt qolgan, Prezident uni imzolamay qoldirgan bo‗lsa, Kongress bu
qonun loyihasini keyingi sessiyada qabul qiladi. Ba‘zi mamlakatlarda (mas., Fransiya,
Qozog‗iston) Prezidenti tanlama V. deb ataluvchi huquq bor. Bunda u qonun
loyihasining ayrim moddalari va qoidalariga V. qo‗yadi. Yuqori palataning quyi palatada
qabul qilingan qonun loyihasini ma‘qullashni rad etishi ham nisbiy V. ning bir turi
hisoblanadi: qonun (qonun loyihasi) quyi palatada qayta ko‗rib chiqilishi va ovozlarning
asosiy ko‗pchiligi bilan qabul qilinishi mumkin - shu asnoda yuqori palataning qarori
bartaraf etiladi.
Shuningdek, umumiy va qisman (tanlov) Vetolari ham bor. Umumiy V
faqat hujjatning hammasini butunlayicha rad etilishini, ikkinchisi esa biror hujjatning
alohida qismi yoki moddasi rad etilganligini anglatadi. O‗zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida V. atamasi bevosita qo‗llanilmagan bo‗lsa-da, qonunning yuridik
kuchga ega bo‗lishi bilan bog‗liq jarayon uning 84-moddasida batafsil bayon qilingan.
Chunonchi, Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib,
Senat tomonidan
ma‘qullanib, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va belgilangan
tartibda rasmiy nashrlarda e‘lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‗ladi. O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun
qabul qilingan kundan e‘tiboran o‗n kundan kechiktirmay O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga yuboriladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
ma‘qullagan qonun imzolanishi va e‘lon qilinishi uchun O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentiga o‗n kun ichida yuboriladi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
309
qonun o‗ttiz kun ichida imzolanadi va e‘lon qilinadi. O‗zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O‗zbekiston Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‗rib chiqishda Qonunchilik palatasi
deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‗pchilik ovozi bilan qonunni
yana ma‘qullasa, qonun O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan
hisoblanadi hamda imzolanishi va e‘lon qilinishi uchun O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari
va Senati a‘zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‗rib
chiqilishi kerak. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‗z e‘tirozlari bilan
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul
qilingan tahririda tegishincha O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan
iborat ko‗pchilik ovozi bilan ma‘qullansa, qonun O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan o‗n to‗rt kun ichida imzolanishi va e‘lon qilinishi kerak. Qonunlarning va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e‘lon qilinishi ular qo‗llanilishining
majburiy shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: